210
faoliyatini namoyon etadi. Ikkinchidan, san’atga alohida ahamiyat beradi. Chunki ayni shu erda insonning
nafosat olamini o‘zlashtirishi eng yuqori darajaga ko‘tariladi.
Estetika fanining ikki tomoni mutanosibligi nihoyat darajada murakkab tizimga ega bo‘lib, uni
soddalashtirib, qolipga solishga urinishlar ko‘p hollarda kulgili vaziyatlarga olib keladi. Uning bir tomonini
bo‘rttirib, ikkinchi tomonini unga bo‘ysundirib qo‘yish ham estetika fani mohiyatini buzilishiga olib keladi.
Masalan, atrof-muhitni go‘zallik mezoni bilan baholanishini bo‘rttirib yuborish estetikani faqat go‘zallik
falsafiy qolipiga zo‘rlab sig‘dirishga, inson badiiy faoliyati sohasini esa faqat san’at falsafasi darajasiga
tushirib yuborishga sabab bo‘ladi. Estetikaning fan, keyinchalik esa o‘quv darsi sifatida shakllanish
jarayonlarida uni bir qator mustaqil bilim sohalariga bo‘lib yuborishlar, ya’ni estetikani «estetik qadriyatlar
nazariyasi», «estetik idrok etish nazariyasi» va «umumiy san’at nazariyasi» sohalariga ajratib o‘rganish
hamda o‘qitish maqsadga muvofiq deb ko‘rsatilgan edi. Insonning estetik faoliyati badiiy faoliyati bilan,
aksincha uning badiiy faoliyati estetik faoliyati bilan bab-baravar degan aqida tarixiy taraqqiyot tajribasida
o‘zini oqlamadi. Aslida bu ikki nisbiy mustaqil maqomga ega bo‘lgan inson faoliyati sohalari o‘zaro shu
qadar chirmashib ketganki, ularni bir-birisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Insonning estetik faolligi jarayonida tabiat va jamiyat qad-riyatlari munosabatlari tizimidagi estetik
xususiyatlar (go‘zallik va xunuklik, ulug‘vorlik va tubanlik, fojialilik va kulgililik) qonuniyatlari namoyon
bo‘ladi. Insonning estetik faoliyati sifati va darajasi esa estetik qadriyatlar bilan estetik baholash qobiliyati,
estetik idrok etish bilan estetik amaliyot o‘rtalaridagi uzviy aloqadorlik madaniyatning barcha sohalaridagi
badiiy va estetik o‘zaro bog‘liq mezonlari bilan o‘lchanadi.
Estetikaning ikkinchi tarkibiy qismi bo‘lgan san’atni yaxlit birlikda mushohada etib o‘rganish, uning
faoliyati boshqa turlari qatorida tizimi va amal qilish xususiyatlarini anglab, badiiy ijod, uning samarasi
bo‘lgan san’at asarlari bilan ularni odamlar idrok qilishining uzviy bog‘liqligini ilg‘ab olish, badiiy faoliyat
aniq shakllarini yaratuvchi qonunlarini o‘rganish faoliyat badiiy taraqqiyoti qonunlarini san’at ravnaqining
istiqbollarini ko‘ra bilish qobiliyatining vujudga kelishi jarayonlarini tadqiq etish estetika fanining eng
muhim mavzusi hisoblanadi. Estetika fani hech vaqt faqat atrof-voqelikni estetik va badiiy idrok etish
qonuniyatlarini o‘rganish bilan chegaralanib qolmay, u tadqiq va tahlil ishlarini istiqbol maqsad-
manfaatlariga yo‘naltirib turgan. Estetikaning istiqbolga mo‘ljallanganligi shu bilan izohlanadiki, u
voqelikni nafosat nuqtai nazaridan baholashda, badiiy mezon o‘lchovlarini ilmiy jihatdan ishlab chiqib,
amaliy faoliyatga tatbiq etishda o‘z ifodasini topadi. Insonning estetik tafakkuri shakllanib, rivojlanib va
takomillashib borgani sari uning ijtimoiy-ruhiy, mafkuraviy-g‘oyaviy, siyosiy-ma’naviy intilishlari ham
tobora tiniqlashib boradi. Chunki estetik tafakkur insonning maqsad-manfaatlarini estetik-badiiy vositalarda
nazariy asoslab beradi, estetik madaniyat va badiiy amaliyot asoslarini o‘rganish, tahlil qilish bilan boyitadi,
estetik nazariyalarning falsafiy asoslarini ochib beradi, voqelikni estetik in’ikos etish jarayonlarini ko‘rsatib
beradi. SHunday qilib: estetika fani va o‘quv darsi voqelikni estetik mushohada qilish va badiiy ijod
jarayonlarining uzviy mutanosibligini namoyon qiladi va ifodalaydi. Boshqacha qilib aytganda, estetika – bu
nafosat olami, san’at va badiiy ijod jarayonlari qonuniyatlarini his-tuyg‘u, sezish, idrok qilish vositalari
orqali o‘rganadigan va o‘rgatadigan fandir.
Estetika mavzui bilan bevosita aloqador bo‘lgan «estetik mu-nosabatlar», “borliqni estetik
o‘zlashtirish”, “estetik bilish”, “estetik tafakkur”, “estetik faoliyat” kabi o‘zaro yaqin, ma’nodosh bir qator
tushunchalar bor. Ular orasidagi “borliqni estetik o‘zlashtirish” tushunchasi qolgan «estetik munosabat»,
«estetik bilish», «estetik tafakkur», «estetik faoliyat» tushunchalarini ham qamrab oladi. Shu bois estetika
fani insoniyat tomonidan borliqni estetik o‘zlashtirish mohiyati va qonuniyatlarini o‘rganadi, desak
to‘g‘riroq bo‘ladi. Borliqni estetik o‘zlashtirish esa san’atning asosiy mazmunini tashkil etadi. Shu bois
estetika fani san’atning asosiy uslubiy-metodologik zamini bo‘lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |