Fanlararo tadqiqot metodlari
–
asosan fan sohalari tutashgan joyda amal qiladigan (metodologiyaning
turli darajasi elementlarini birlashtirish natijasida yuzaga kelgan) bir qancha sintetik va integrativ usullar
majmui.
Mazkur metodlar kompleks ilmiy dasturlarni amalga oshirishda keng
qo‘llaniladi.
Falsafa metodlari
.
Falsafa metodlarining asoslari bevosita amaliy faoliyat bilan bog‘liq.
Turli konkret
vazifalarni hal qilishning zaruriy shartlaridan biri universal xususiyatga ega bo‘lgan umumiy falsafiy
metodlarga
murojaat qilishdir. Bu metodlar haqiqatni anglashda umumiy yo‘lni ko‘rsatadi.
Mazkur
metodlarga falsafaning qonun va kategoriyalari, kuzatish va tajriba,
taqqoslash, analiz, sintez, induksiya,
deduksiya va hokazolar taalluqli. Agar
maxsus metodlar ob’ektning qonuniyatlarini o‘rganishning xususiy
usullari
sifatida namoyon bo‘lsa, falsafiy metodlar shu ob’ektlarda namoyon bo‘ladigan,
alohida
xususiyatlardagi harakat, taraqqiyotning eng umumiy qonuniyatlarini
o‘rganadi. Aynan shu o‘rinda tajriba
hal qiluvchi ahamiyatga ega. Har bir metod
ob’ektning alohida tomonini bilishga imkoniyat yaratadi.
Falsafaning eng
qadimgi keng tarqalgan metodlardan biri dialektika bo‘lsa, ikkinchisi metafizikadir. Biroq
falsafa metodlari bular bilan cheklanmaydi. Bugungi kunda uning sofistika, eklektika, analitik, (hozirgi
zamon analitik falsafasi), intuitiv, fenomenologik, sinergetik, germenevtik (tushunish) va boshqa turlari ham
mavjud. Endilikda turli metodlarni birlashtirish jarayoni ham ro‘y bermoqda (masalan, Gadamer
germenevtikani ratsional dialektika bilan birlashtirishga harakat qiladi).
«Dialektika» (yunon. «dialektike» – «bahs», «suhbat») tabiat, jamiyat va bilish taraqqiyoti qonuniyatlari
hamda ularning asosida shakllanadigan umumiy tafakkur uslubi va amaliy faoliyat haqidagi ta’limotdir.
U
grek tilida
bahs va suhbatlashish san’ati, degan ma’noni anglatadi. Antik dunyo faylasuflari uni haqiqatga
erishish yo‘li va usuli sifatida talqin etganlar. Hozirgi
davrga kelib, dialektika olamdagi narsa va hodisalar
doimo o‘zgarishda, o‘zaro aloqadorlik va bog‘liqlikda, taraqqiyot va rivojlanishda, deb tushunishga
asoslanadi. Unga ko‘ra, olamda o‘z o‘rniga va joyiga, yashash vaqti va harakat yunalishiga ega bo‘lgan
barcha narsalar va voqealar bir-birlari bilan bog‘liq va aloqador tarzda, bir-birlarini taqozo etadigan, doimiy
va takrorlanib turadigan bog‘lanishlar orqali namoyon bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |