Toshkent moliya instituti "ijtimoiy fanlar" kafedrasi



Download 4,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/643
Sana01.01.2022
Hajmi4,93 Mb.
#302989
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   643
Bog'liq
Mantiq

 

 

 

75 



 

1.  Mohiyat  ichki  aloqalarni,  hodisa  esa  tashqi  aloqalarni  ifodalaydi.  Masalan,  inson  daraxtning 

shitirlashini,  qushlarning  sayrashini  eshitadi.  Bu  hodisalarning  sababi  turlicha  bo‘lsada,  ularning  mohiyati 

bittadir, ya’ni havo zarralarining tebranishidir. Biroq inson buni birdan payqay olmaydi. Dastlab u hodisa 

sifatida yuz bergan narsani faxmlaydi, so‘ng uning mohiyatini bila boshlaydi. 

Mohiyat narsalarning ichki aloqadorligi bo‘lgani sababli, u chuqur tahlil qilish va izlanish natijasida, 

amaliyot jarayonida bilib boriladi. Hodisa esa aksincha, hissiy organlar orqali bevosita idrok etiladi. U hissiy 

organlarimizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etib, u yoki bu sezgi va idroklarimizni hosil qiladi. 

2. Mohiyat bilan hodisa o‘zaro birlikda bo‘lishi bilan, ular bir-biriga qarama-qarshi ham, shu sababli 

ular  hech  vaqt  bir-biriga  aynan  mos  kelmaydi.  Ularning  qarama-qarshiligi  borliqdagi  narsalarning  o‘z 

tabiatidan  kelib  chiqadi.  Mohiyat  hodisada  yashirin  bo‘ladi  va  uni  bevosita  hissiy  organlar  orqali  bilish 

mumkin  emas.  Hodisa  —  narsalarning  namoyon  bo‘lishi  shakli  sifatida  mohiyat  bilan  hech  vaqt  mos 

kelmaydi. Agar narsalarning namoyon bo‘lish shakli bo‘lgan hodisa mohiyat bilan bevosita mos kelganda 

edi, u holda har qanday fan ortiqcha bir narsa bo‘lib qolgan bo‘lur edi. Fanning vazifasi borliqning ko‘pdan-

ko‘p  hodisalari,  ularning  tashqi  tomonlari  va  belgilari  ostida  yashirinib  yotgan,  ularning  asosini  tashkil 

qiladigan mohiyatlarni izlab topishdan iborat. 

3.  Mohiyat  nisbatan  doimiyligi  va  barqarorligi  bilan  hodisadan  farq  qiladi.  Mohiyat  va  hodisa 

munosabatini  daryoning  yuzidagi  ko‘piklar  va  uning  ostidagi  suvning  tez  oqimiga  o‘xshatish  mumkin. 

Bundagi  daryo  harakatining  yuzidagi  ko‘piklar  hodisa  bo‘lsa,  ularning  ostidagi  suvning  tez  oqimlari 

mohiyatdir. Lekin uning ustidagi ko‘piklar ham mohiyatning o‘ziga xos ifodasidir. 

4.  Mohiyatning  nisbiy  doimiyligi  va  barqarorligini,  hodisaning  o‘zgaruvchanligini 

mutlaqlashtirmaslik  lozim.  Chunki  mohiyat  ham,  hodisa  ham  o‘zgarib  boradi.  Lekin  mohiyat  hodisaga 

nisbatan sekin o‘zgaradi, u ma’lum barqarorlikka ega. 

Mohiyat  va  hodisa  o‘zaro  umumiy  tomonlarga  ega.  Masalan:  a)  har  qanday  mohiyat  hodisada 

namoyon  bo‘ladi,  hodisa  esa  mohiyatning  u  yoki  bu  holda  ko‘rinishidir:  b)  mohiyat  va  hodisa  ob’ektiv 

xarakterga ega bo‘lib, ular inson ongiga bog‘liq bo‘lmagan holda ham mavjuddir; v) mohiyat ham, hodisa 

ham  doimo  o‘zgarishda  va  rivojlanishda  bo‘ladi.  Biroq  mohiyat  va  hodisa  ziddiyatli  xarakterga  ham  ega. 

Shu  bilan  birga,  mohiyatning  o‘zi  ham  ziddiyatlidir.  Dialektika  buyumlarning  o‘z  mohiyatidagi  ana  shu 

ziddiyatlarni o‘rganadi. 

Dialektikaning mohiyat va hodisa kategoriyalari konkret fanlarning shu sohada erishgan yutuqlarini 

umumlashtirish  asosida  doimo  boyib,  rivojlanib  boradi.  Ular  inson  amaliyoti  va  barcha  fanlar  yutuqlarini 

umumlashtirish  natijasida  kelib  chiqqandir.  SHu  jihatdan  mohiyat  va  hodisa  kategoriyalari  inson  bilimlari 

tizimining hamma sohalariga tegishli bo‘lib, dunyoni bilishning metodologik vositasi sanaladi. 

Mohiyat  va  hodisa  bog‘lanishlari  fan  va  amaliyotda  ham  muhim  o‘rin  tutadi.  Bunda  hodisani 

mohiyatdan  ajrata  bilish  muhim.  Mohiyatni  hodisadan  ajrata  bilmaslik  nazariya  va  amaliyotda  jiddiy 

xatolarga olib keladi. 




Download 4,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   643




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish