77
kengroq sistemani hosil qila boradi. Bu holat yanada yuqorilashib borib, natijada, bir-biriga kiruvchi, bir-biri
bilan bog‘liq, biriga nisbatan ikkinchisi kengroq bo‘lib boradigan sistemalarning oliy birligi — bir butun
borliqni qaror toptiradi. Umuman, har bir sistemaning tashkil topishi va mavjud bo‘lishida uning strukturasi
muhim rol o‘ynaydi. Ayni shu struktura sistemadagi o‘zaro ta’sir va aks ta’sir qiluvchi moddiy tarkiblarni
elementlarga aylantiradi. Dialektika uchun sistema, struktura va element kategoriyalarining o‘zaro
aloqadorligini, ularning bir-biriga o‘tishlarini va har biriga xos alohida xususiyatlarini ko‘rsatish, ularning
o‘zaro umumiyligi va bir-biridan farqlarini aniqlash ayniqsa muhimdir.
Struktura narsa va hodisalardagi, ulardan tashkil topgan sistemalardagi o‘zaro bog‘liq quyidagi uch
ma’noni ifodalaydi:
1. Struktura narsa yoki hodisaning bir xil yoki har xil jinsligini, uning muayyan nisbiy mustaqil
qismlarga, elementlarga, komponentlarga bo‘linishini ifodalaydi.
2. Struktura narsa yoki hodisani tashkil etuvchi qismlar, bo‘laklar, komponentlar va elementlarning
o‘zaro bir-biriga ta’sir va aks ta’sirlarini, ular o‘rtasidagi aloqadorlik va bog‘lanishlarni, bu bog‘lanishlarga
oid qonuniyatlarni ifodalaydi.
3. Struktura, nihoyat, narsa yoki hodisaning qanday elementlardan tashkil topganligidan qat’iy nazar,
bu elementlarning organik birligini, ularning yaxlitligi va bir butunligini ifodalaydi. SHuning uchun
strukturani bilish bu, birinchidan, uning elementlarini aniqlash, ikkinchidan, mazkur elementlarning o‘zaro
aloqadorliklarini aniqlash, nihoyat, uchinchidan, bu elementlar bir butunligining o‘ziga xos tabiatini
tushunib olishdir.
Demak, struktura kategoriyasi butun bir sistemani tashkil etuvchi elementlar aloqadorligining o‘ziga
xos usullarini va bu bir butunlik doirasidagi elementlarning o‘zaro munosabatlarini ifodalaydi. Bunda har
bir element strukturaning nisbiy mustaqil komponent bo‘lishi bilan birga, o‘zaro muayyan qonuniyatlar
asosida birlashib, bir butun sistemani vujudga keltiradi.
Keyingi vaqtlarda tabiatshunoslik va ijtimoiy fanlar sohalarida tadqiqot ob’ektini chuqurroq
o‘rganish maqsadida sistemali yondashish, strukturaviy analiz usullari ishlab chiqildi. Bu usullarning
qo‘llanilishi ularning samaradorligi va istiqbolli ekanligini ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, sistemali yondashish
usuli o‘zining muhimligi, o‘rganilayotgan predmet va hodisalardagi barcha aloqadorlik va bog‘lanishlarni
hisobga olishi bilan dialektik usullarning tarkibiy qismini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |