www.ziyouz.com kutubxonasi
203
yozilgan: «Sotsialistik mehnat zarbdori, ajoyib inson, mehribon do‘st Sayfi Turdiev...»
Qara-ya, ajoyib inson ekansan.
— O‘lgandan keyin hamma ajoyib insonga aylanadi.
— Xullas, nimadan o‘lganingni bilolmay uyg‘onib ketdim. Tushda o‘lik ko‘rsang,
o‘ngingda tirik ko‘rasan, deyishadi, yur, bi-ir aylanib kelaylik.
Hamdam shunday deb ko‘cha tomon yurdi. Bir necha daqiqadan so‘ng Sayfi mashinasini
haydab chiqdi. Hamdam o‘tirgach:
— Qayoqqa boramiz, okaxon? — deb so‘radi.
— O‘likxonaga qarab hayda,— dedi Hamdam sovuq ohangda.
Sayfi yengil titrab oldi-yu, sir boy bermaslikka harakat qilib:
— Qaysi o‘likxonaga? — dedi.
— Yigirma sakkizinchi mayda o‘lik sotib olgan joylaringga.
Sayfi bu gapdan cho‘chib, Hamdamga qaradi:
— Menga qarama, yo‘lga qara. Qo‘rqma, men seni qamamayman. Sen men uchun
guvohsan. Agar o‘zingni go‘llikka solsang, jinoyatchilarning sherigi deb ro‘yxatga tirkab
qo‘yish ham qo‘limdan keladi.
— Jon okaxon...
— Yo‘lga qara, deyapman. O‘likxonaga hayda, gap bor. Kallasi yo‘q bola ekansan.
Tayyor o‘likni olib borib yoqib yuborganlaringni bilishimiz o‘zinglar uchun yaxshi-ku?
Odam o‘ldirish yomonmi, yo tayyor o‘likni yoqib yuborish yomonmi? Bilib qo‘y: bizning
oldimizda gunohlaring kamaydi, lekin xo‘jayinlaring oldida yomon gunohga botding.
Ba’zan guvoh bo‘lgandan ko‘ra jinoyatchi bo‘lib o‘tirgan ham ma’qulroq.
— Bu nima deganingiz?
— Bu deganimki, seni kim yollagan bo‘lsa, o‘sha yo‘q qilishga urinishi mumkin. Sen
ovsar, dovdirab kirib qolgan olamda guvohlar hech qachon uzoq yashamaydi. U olamda
yo o‘ldirishing kerak, yo o‘lishing kerak, arosat degan gap yo‘q. Mashinani to‘xtat!
Sayfi bu gaplardan dovdirab qolgani uchun, Hamdamning o‘zi rulni boshqardi.
— O‘lik sotib olganlaringni bizga birov aytmadi, o‘zimiz topdik. Lekin baribir buni ham
sendan ko‘rishadi. Sen uchun hozir ikki yo‘l bor: birinchisi qamoq, qamab qo‘ysam,
joningni saqlaysan. Ikkinchisi, hech kim bilmaydigan yerda yashirinib turasan. Qamab
qo‘ya qolaymi?
— Yo‘q, yo‘q,— dedi Sayfi duduqlanib.— Berkinaman.
— Bugunoq qorangni o‘chir. Men qo‘rqitayotganim yo‘q. Anavi o‘zing topib bergan ikki
kavkazlikni o‘ldirib ketishgan. Senga ham yopishishlari mumkin, deb o‘ylayapman. Sen
dovdirama, menga to‘g‘risini ayt: seni kim yollagan edi?
Sayfi javob bermadi. Qaltirayotgan barmoqlariga qarab o‘tiraverdi.
— Shu quyonyurak bilan bunaqa shilta ishlarga aralashib yuribsanmi?
— Men bunaqaligini bilmovdim.
— Bilganingda-chi? Ukangning ishini to‘g‘rilash oson ekanmi? Kimligini aytasanmi yo
yo‘qmi? Bilib qo‘y, hozir hotamtoyligim tutib turibdi. Yomonligim tutib qolsa, onangni
Uchqo‘rg‘ondan ko‘rsataman.
Hamdam shunday deb shartta tormozni bosdi. Sayfi munkib, peshonasini oldtokchaga
urib olay dedi.
— Aytmasang, bekorga o‘lib ketvorasan, bola. Men ovozingni yozib olayotganim yo‘q,
protokol ham yo‘q. Aytsang, o‘zingga yaxshi. Xo‘sh?
— Aytaman, mayli, nima bo‘lsa, Xudodan. Haydar aka bilan gaplashganman.
— O‘zining shuncha yigiti turib, nima uchun senga buyurdi? Ilgari ham bordi-keldi
qilarmiding?
— Yo‘q. Uch-to‘rt oy oldin bir odam keluvdi taksoparkka. O‘sha bilan gaplashayotib,
Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik
Do'stlaringiz bilan baham: |