www.ziyouz.com kutubxonasi
188
— Hayvon! Fohisha! Yo‘qol! — deb baqirdi.
Mardona zaharli jilmaydi.
— Betahorat benamozni bo‘yniga qo‘ygan ekan. Men o‘z xohishim bilan kelmadim. Siz
chaqirdingiz, haydasangiz ketaman. Ammo keyin yalinsangiz ham qaytmayman. O‘ylab
ko‘ring, ko‘chada mashina kutyapti. Bir necha lahzada yetamiz. Og‘riqlardan qutulasiz.
Rohatlanasiz. Rohat o‘rniga azobni yaxshi ko‘rsangiz, nima derdim, men ketdim...
Zaynab Mardona darvozaga yetguniga qadar chidadi. So‘ng og‘riqqa ortiq bardosh bera
olmay baqirdi:
— To‘xtang!
Mardona darvoza ostonasida to‘xtadi. Zaynab esa buzuqlik ostonasida o‘zini to‘xtata
olmadi. Uning ostona hatlashi Asadbekning Krasnoyarda kasalxonaga yotgan kuniga
to‘g‘ri keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |