Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

www.ziyouz.com kutubxonasi 
171
Asadbek uning bu bahonasidan kuldi: 
— Bo‘sh kelmaysan-a, ko‘p narsani hali bilmayman, deb qo‘ya qolsang-chi. 
— Sen jim o‘tiraver. Harholda sendan ko‘proq bilaman. 
Shundan so‘ng yo‘lda bora-borguncha bunday jiddiy mavzularga qaytmadilar. 
Peshinga yaqin katta yo‘ldan burildilar. O‘rmonchining uyini eslatuvchi ovloqroq yerda 
ularning kelishlariga turli taomlar tayyorlab qo‘yilgan edi. 
— Mehmondorchilikni o‘rniga qo‘yyapti-a, — dedi Asadbek Chuvrindiga. 
— Buxoroga olib borganimizda har ikki soatda bir ziyofat bergan edik. Esida qolgan 
ekan-da. 
— Harna bo‘lganda ham yomon bola emas, bu. Aloqani sira buzmaslik kerak. 
Manzilga yetgunlariga qadar yana ikki yerda shunday hordiq chiqarishdi. 
— Yarim soatda yetamiz, — dedi Kozlov oqshomga yaqin. — Oltmishinchi yildan beri 
lagerga odam qo‘yilmayotgan edi. Eshitishimcha, yana odam qo‘yishga 
tayyorlashayotgan emish. Lager yonida qabriston bor. Otang o‘sha yerda. Yigitlar lager 
arxivini titib, raqamiga qarab aniqlab qo‘yishgan. 
Zanglagan simtikonlar bilan o‘ralgan, Kozlov «lager» deb atagan ulkan qamoqxona 
yaqinida ularni ikki yigit kutib oldi. 
— Asad, — dedi Kozlov, yigitlar bilan salomlashib olgach, — lagerni ko‘rasanmi yo 
qabristonga borasanmi? 
Asadbek simtikonlar ortidan ko‘rinib turgan, yarmi yer ostida bo‘lgan bostirmalarning 
xunuk manzarasiga tikilib qoldi. Shu yerlarda otasi yurgan... Hozir qiyshayib qolgan 
yog‘och minoralar ustida soqchilar turgan... Itlar akillagan... Zobitlar baqirgan... Qariyb 
o‘ttiz yildan beri bu qamoqxona tashlandiq holda. Simtikonlarga atayin tegilmaganday. 
Go‘yo bu simtikonlarning bugun ham xizmati borday... Avval uning vazifasi odamlarni 
qochirmaslik edi. Endi-chi? Bu simtikonlar ortida odam bo‘lmasa-da, necha     ming 
yurakning zorli nolalari qolgan, necha ming marhumning ruhlari tunlari sarsari kezadi 
bunda... Zorli nolalar bu simtikonlarga urilib aks-sado beradi. Shu qadar kuchli aks-sado 
beradiki... uni hech kim eshitmaydi. Qaqshagan ruhlar erk ilinjida o‘zlarini shu 
simtikonlarga urib faryod uradilar. Ularning faryodlari shu qadar kuchliki... ularni hech 
kim eshitmaydi... Asadbek simtikonlarga qarab shularni o‘ylaydi. Qulog‘i shang‘illadi. 
Nazarida u otasining faryodini eshitganday bo‘ldi. Yuragi zirilladi. Nafasi qaytdi. Ko‘zi 
tindi. Gandiraklab ketay dedi. Ziyrak turgan Chuvrindi uni bilagidan ushlab qoldi. 
Asadbek chuqur nafas olib, sir boy bermaslik uchun: 
— Qabristonga boramiz, — dedi. 
Kozlov bu gapni eshitib imo qilgan edi, buyruqqa ilhaq bo‘lib turgan yigitlar chaqqon 
ravishda «Jiguli»ga o‘tirib, yo‘l boshladilar. 
O‘nqir-cho‘nqir yo‘l bo‘ylab ancha yurishdi. 
— Lager degani bitta kolxozning yericha bor ekan-da, a? — dedi Jalil hayratlanib. — 
Ming-ming odam siqqandir bu yerga? Daraxt kestirishganmi ularga? 
— Omadi borlar daraxt kesishgan. Qolganlari shaxtada ishlashgan. O‘n chaqirim narida 
shaxta bor, — dedi Kozlov. 
«Otam nima qilgan? Kim biladi? Hech kim...» deb o‘yladi Asadbek. 
Nihoyat tikonli simdevor tugab, yo‘l chapga qayilgach, kichkina yog‘och uy qarshisida 
to‘xtashdi. Ular mashinadan tushgunlariga qadar uy ostonasida bir keksa odam ko‘rindi. 
Uzun soqolli, qoshlari oppoq oqargan, ustiga eskiroq, ammo ozoda kostyum kiygan bu 
odamning yuzidagi nur barchalariga birdek ta’sir qildi. 
— Shu qabristonga qarab turarkan. Otalarini tanir ekan, — dedi yigitlardan biri 
Kozlovga. 
Bu gapni eshitib Asadbekning yuragi hapriqib ketdi. Yugurib borib qariyani quchoqlab 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish