Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet188/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

www.ziyouz.com kutubxonasi 
174
Samandarning o‘limi, o‘zining sarguzashtlarini... gapirib berardi. Qariya bilan uchrashuv, 
uning hikoyasi xayollarini to‘zitib yubordi. Hozir to‘zonga aylangan xayollariga bandi 
bo‘lib, qabrga tikilganicha nest holida o‘tirardi. 
Qariya uyiga yaqinlashgach, Kozlov mehmonlarni olib ketajagini ma’lum qildi. Qariya 
uning gaplarini eshitib, bosh chayqadi. 
— Avval uyga kiringlar. Bir piyoladan choy ichinglar. Kecha bu yigitlar kelishgandan beri 
yo‘lga ko‘z tikaman. Oshga unnab qo‘yganman, hozir guruch solsam, oshdan so‘ng 
mayli, siz mezbonga o‘xshaysiz, ixtiyor sizda. Unga qadar Asadjon bo‘tam ham bir nima 
der-lar. Bugun u kishining ko‘ngillariga qaramasak bo‘lmas. 
Qariya shunday deb mehmonlarni ichkari kirishga undadi. Kozlov «hozir bir joyga borib 
kelaman», deb yigitlari bilan «Jiguli»ga o‘tirdi. Jalil oldinda, Chuvrindi unga ergashgan 
tarzda torroq dahlizdan o‘tib, uyga kirdilar. Uy ichi sarishta, ozoda edi. To‘rda ensiz 
karavot, o‘rtada dumaloq stol. Ortiqcha ashyolar ko‘zga chalinmaydi. Qariya fotiha 
o‘qigach, o‘rnidan turdi-da, dasturxon yoydi. Tokchadagi mayiz, turshak, bodom, 
yong‘oq solingan likopchalarni olib qo‘ydi. Mo‘’jaz sandiqdan non olib, pichoq bilan kesdi. 
So‘ng «dasturxonga marhamat qilinglar», deb chiqdi-da, dam o‘tmay choynakda choy 
ko‘tarib kirdi. 
— Siz gazda qaynagan choyga o‘rganib qolgansiz. Samovarchoyni ham bir ko‘ringlar-chi, 
— dedi jilmayib. 
Choy icha turib, qariya Jalilga qaradi: 
— Bo‘tam, endi haligi savolingizga javob berayin. 
— Unchalik shart emas, — dedi Jalil o‘ng‘aysizlanib. 
— Shart emas-ku, ammo qiziq-da. O‘rislarning ovloq bir makonida bu o‘zbek chol 
qaydan paydo bo‘ldi deb ajablanasiz-da. Aslida-ku, bu joylar keyinoq o‘risniki bo‘lgan. 
Bu yerlarda azaldan turk qavmlari yashab kelgan. Bu yog‘i Enasoy, u yog‘i Boyko‘l, 
Yoqutistonu Tuman, Jeta... Zamonaning zayli bilan endi o‘risniki bo‘lib ketdi-da. Men asli 
marg‘ilonlikman, bo‘tam. Dadam rahmatli hofizi qur’on bo‘lganlar. Atlas to‘qishda 
dadamga teng keladigani bo‘lmagan. Yigirma to‘qqizinchi yili «Hamzaxonni mullalar 
o‘ldirdi», deb ilmi borlarni terib, qamashdi. Dadam rahmatlini ham o‘shanda olishgan. 
Kosibchilik qilib ro‘zg‘or tebratayotgan odam Marg‘ilonda yashasa, Hamzaxonni 
Shohimardonda o‘ldirishgan bo‘lishsa... Sho‘rolarga bir bahonai sabab kerak ekan-da. 
Agar dadam hofizi qur’on bo‘lmaganlarida birov tegmas edi. Asadjon bo‘tam bilan 
taqdirimizning shu yeri o‘xshash ekan. Rahmatli dadamni boshqa ko‘rmadik. Mana 
shunaqangi turmalarda azob chekib o‘tgandirlar, deyman. Eslasam, hali ham yuragim 
o‘rtanib-o‘rtanib ketadi. Ko‘p o‘tmay bizni ham quloq qildilar. Ukrainaga tushdik. 
Shunisiga ham shukr qilib, dehqonchilikdan nasibamizni terib yeb yuruvdik, urush 
boshlansa deng. Qismatimizda bu ham bor ekan. Baquvvat yigit edim. Nemis 
kattalaridan birining nazariga tushibman. Xizmatkor kerak ekan, Olmoniyaga jo‘natdi. 
Onam, ikki ukam, singlim faryod solib qolaverishdi. Ularni shu bo‘yi ko‘rmadim. 
Qamoqdan chiqqanimdan keyin ham ko‘p qidirdim, yo‘q, topmadim. Nemis nima uchun 
menga xaridor bo‘lib qoldi, desam, u urushdan oldin Turkiyada yurib musulmonlarning 
ozodaligiga, to‘g‘riligiga tan bergan ekan. Biron oylardan so‘ng o‘zi ham uyiga qaytdi. 
Xizmatini halol bajarib yuraverdim. Men borgan joy urushdan holi ekan. Urushning 
tamom bo‘lganini bilmabman ham. Bir kuni xo‘jayin: «Urush tugadi, istasang uyingga 
qayt, istasang boshqa xizmat qil, istasang men bilan yur, Amerikaga ketyapman», deb 
qoldi. «Amerikada menga nima bor», deb uyga qaytmoqchi bo‘ldim. Marg‘ilonga qaytish 
qayda, to‘ppa-to‘g‘ri turmaga tiqdilar. Odam bolalari shu darajada to‘g‘ri yo‘ldan 
toyganlarki, faqat bir-birlarini aldab yashaydilar. Yolg‘on gap topilmay qolgan damdagina 
bir-ikki rost gapirishga majbur bo‘ladilar. Shu sababli bir-birlariga ishonmaydilar. Shu 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish