www.ziyouz.com kutubxonasi
94
g‘aribu g‘urabolarni yo‘qlab qolibsiz?
Hosilboyvachcha «kelib ko‘rishar» deb o‘ylagan edi, Elchin buni «unutganday»
Shomilning yonidagi bo‘sh kursiga o‘tirdi.
— Toqqa tog‘ning ishi tushmas ekan, odamga odamning ishi tushib turarkan.
— Shomil, eshitdingmi? Hofizda aql ko‘p. Nardaga hushingiz qalay, bir tashlashamizmi?
— Xohishingiz.
— Mors bo‘lmasangiz, do‘ppingizni osmonga otasiz, — u shunday deb donalarni terdi.
Elchin qarasaki, yana o‘yinni g‘irromdan boshladi. «Noto‘g‘ri yuryapsiz», deb o‘tirmay u
ham g‘irromga o‘tdi.
— Yurishlaringiz sal boshqacharoqmi? — dedi Hosilboyvachcha buni sezib.
— Yurishlarim binoyi. Men raqib taklif etgan usulda o‘ynashni yaxshi ko‘raman.
— Men... raqibmanmi sizga?
— Men o‘yinni nazarda tutyapman.
— Hayot ham nardiga o‘xshaydi.
— Buni sezmagan ekanman.
— Siz baloni sezasiz, Hofiz, — Hosilboyvachcha shunday deb o‘yinni bas qildi. — Endi
ayting, qanday shamol uchirdi?
— Bu akamning shamollari, — dedi Elchin Shomilga qarab qo‘yib.
— Shomil, odam uchiradigan shamoling bor ekan, a? Qoyilman, — dedi kulib
Hosilboyvachcha. — Shamoling Hofizniki uchiribdimi, yomon emas ekansan. Nima balo
qilib qo‘ydi, bu g‘ilay? Qattiqroq aksirvordimi?
— Shunaqa bo‘libdi, jiyanimga qarab aksiribdi.
— Jiyaningiz kim?
Elchin voqeaning qisqa tafsilotini aytdi.
— Ilojsiz ish ekan, qizning otasi bilan oldi-berdimiz bor. Jiyaningizga jon shirin bo‘lsa,
qurisin. Bizning yaxshiligimiz shu.
— Oldi-berdini Bek akamga qo‘yib bersangiz-chi?
Hosilboyvachcha «nahot shu ishdan Bek xabardor?» deganday Elchinga tikildi. Kecha
Shomil ishni nihoyasiga yetkazmay, «yigit Bekning nomini aytdi», deb bahona qilganida
yetti pushtini o‘qib, bo‘ralab so‘kkan edi. «Ko‘chadagi uchragan iprisqi Bekning nomini
aytsa cho‘chiyverasanmi!» deb baqirgan edi. Elchinning tashrifi Shomilning gaplarini
tasdiqlab uni o‘ylantirdi. Elchin Hosilboyvachchaning qarashi ma’nosini anglab, xotirjam,
hatto bir oz kulimsiragan holda turaverdi. U bir narsadan tashvishda edi — agar
Hosilboyvachcha bu gapga ishonmay, Asadbekka telefon qilguday bo‘lsa, ish oldinga
siljimay, Halimjonning taqdiri o‘zgarishsiz qoluvi mumkin edi. Xayriyatki,
Hosilboyvachcha bunday qilmadi. Ammo u Elchinga to‘la ishona qolmadi. «Bu ishga Bek
aralashsa, buni yubormas edi», — Hosilboyvachcha shu to‘xtamga kelib, ishshaydi.
— Oldi-berdini men qildim, dallolga hojat yo‘q. Lekin bu ishning bir ilojisi ham bor.
Jiyaningiz uylanmoqchimi unga?
— Ha.
— Shomil, qiz qanaqa ekan o‘zi?
— Shikalad!
— Unda qizni tabarruk qilib beraman. Keyin uylanaveradi. Ha, uylanganidan keyin ham
kelinposhsha u-bu xizmatlarni qilib yuradi. Rozimisiz?
Elchinning g‘azabi qo‘zg‘ab, labi uchdi.
— Toshni yaxshi tashlamayapsiz, boy, — dedi u nardiga ishora qilib.
— Toshni yaxshi tashlamasam ham oshiqni yaxshi tepaman. Meniki hamisha olchi!
— Omadingizni bersin, — Elchin bu xildagi gaplar yaxshilik bilan tugamasligini bilib,
o‘rnidan turdi.
Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik
Do'stlaringiz bilan baham: |