Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

www.ziyouz.com kutubxonasi 
90
Qaynonasi ham kamgap: «Sog‘lig‘i yaxshi, yotibdi», degan gapdan nariga o‘tmaydi. 
Elchin bugun «o‘rnidan turib, yuryaptimi?» deb so‘rab, «ha, yuryapti» degan lo‘nda 
javob oldi. «Yurayotgan bo‘lsa, nima uchun chiqmaydi?» deb so‘ramoqchi edi, negaligini 
o‘zi bilgani uchun savoldan o‘zini tiydi. 
Ziyrak Manzura kuyovining ko‘zlariga qarab, so‘ramoqchi bo‘lgan so‘rog‘ini angladi. 
«Huzuringizga qanday chiqsin? Jon achchig‘ida bema’ni gapni aytib yubordi. Endi yuzi 
shuvut. Bundan keyingi turmushinglar qanday bo‘ladi, men hayronman», demoqchi 
bo‘ldi-yu, kuyovidan sado chiqmagani uchun indamay qo‘yaqoldi. Sukut bilan berilgan 
savolga javob ham sukut bilan bo‘ldi. 
Bolasini ko‘mib kelganidan beri Elchinning ko‘ziga dunyo qorong‘u bo‘lib ko‘rinadi. 
«Bolang o‘lik tug‘ildi», degan xabarni eshitganida avvaliga «bu chirkin dunyoning sassiq 
havosidan nafas olib yashashni istamabdi» degan xayolga bordi. Bolani tuproqqa 
topshirgach, go‘yo yuragidan bir narsa uzildi, go‘yo o‘sha «bir narsa» ham tuproq ostiga 
ko‘mildi. O‘sha — «bir narsa» nima edi? Umidmi edi? Bu dunyoda baxt ham mavjudligini 
anglatishi mumkin bo‘lgan najotmi edi? Umid o‘ldimi, najot ko‘mildimi? U holda bu 
dunyoda nima qoldi? Faqat qasosmi? Faqat qo‘rquvmi? Faqat hasadmi?.. Endi 
yashamoqdan maqsad nadir? O‘lik ruhi endigina qayta jonlanayotgan edi, yuragida ko‘z 
yumib yotgan mehr endigina uyg‘onayotgan edi. Alhol bu ruhning tirilmog‘iga hojat 
bormi? Bu yurakka mehr lozimmi endi?.. 
Elchin aql-hushidan ayrilib, devona holiga keldi, deyish haqiqatga xilofdir. Agar u 
devonavash bo‘lganida edi, bu dunyoda yashab yurmog‘i osonroq kechardi. Mol-
dunyosini ko‘paytirish uchun qumursqaday g‘imirlab, kezi kelganida esa vahshiy hayvon 
singari bir-birini g‘ajiydigan odamlardan kulib yuraverardi. 
Uning esi joyida edi. Oqni qoradan ajrata olardi. Ammo katta shaharga kelib, chorrahada 
gangib turgan odam holida edi — qaysi ko‘chaga kirishni aniq bilmasdi. Qamoqda 
ekanida tuzgan rejalari xom ekan, tuzdan solingan qasr ekan — bir yomg‘irning zarbiga 
ham dosh berolmadi — erib ketdi. Asadbek bilan sherdek olishaman, deb o‘ylagan edi, 
ammo g‘animning quyon emas, o‘z nomiga yarasha arslon ekanini hisobga olmabdi. Endi 
nima qilsin? Zelixon ketdi. Qachon qaytishi noma’lum. Suyanadigan tog‘i o‘sha edi. Endi 
kimga suyanadi, kimdan maslahat so‘raydi? Anvardanmi? U falsafa so‘qishdan boshqa 
narsa bilmaydi. Bugun kelib «Asadbekning otasiga taalluqli arxivni o‘rganyapman, zo‘r 
odam bo‘lgan ekan katta qaynotang», deb ketdi. Elchinning dardi qay-    da-yu, 
Anvarniki qayda! 
Anvar gapirib-gapirib, o‘zi ham charchab, Elchinni ham charchatib ketdi. U ketgach, 
Elchin yumshoq o‘rindiqqa yastanib, ko‘zi ilinibdi... 
Elchin ko‘ngil xiraligi tarqalarmikin, degan niyatda hovliga chiqib muzdek suvda yuvindi. 
Bir oz rohatlanganday bo‘ldi. Ammo bu huzur uzoq davom etmadi. Uyga qaytib kirishi 
bilan etagiga ilashib yurgan dardli o‘ylar yana vujudini qamrab oldi. Ko‘z oldiga oq 
libosdagi Zaynab keldi. 
«Bolangiz tug‘ilgandan keyin meni o‘ldiring!.. Men... sizga xiyonat qildim... Men... 
Yashashni istamayman... Jamshid akamning yonlariga borishni xohlayman... Erkak 
bo‘lsangiz meni o‘ldirasiz!..» 
Yo‘q, bu gaplarni tushida eshitmadi, o‘ngida o‘z qulog‘i bilan eshitgan. Ba’zi odamlarning 
o‘ng qulog‘idan gap kirib, chap qulog‘idan chiqib ketsa, Elchinning ikki qulog‘idan kirib, 
to‘g‘ri yuragiga       borib, muhrlanib qolgan. Bo‘sh qoldi deganicha g‘imirlab 
kuydiraveradi. Hozir ko‘rgan tushi eski yaralarni yana timdaladi. 
Ruhi shu zaylda azob chekib o‘tirganida eshik qo‘ng‘irog‘i jiringladi. To‘y mavsumi 
boshlangani uchun uni yo‘qlab keluvchilar ko‘paygan, hatto joniga ham tekkan edi. 
Hozirgi tashrif ham shulardan biridur, deb o‘ylab, g‘ijindi. Tashqariga chiqqisi kelmadi. 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish