Standartlari


 BHXS (IAS) 40 “Investitsion mulk”



Download 5,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/301
Sana01.01.2022
Hajmi5,36 Mb.
#302171
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   301
Bog'liq
Kurr

 

4.4. BHXS (IAS) 40 “Investitsion mulk” 

Mazkur standartning maqsadi investitsion mulkni hisobga olish hamda tegishli 

ma’lumotlarni ochib berish bo’yicha talablarni belgilashdan iborat. 

Mazkur Standart investitsion mulkni tan olishda, baholashda va ochib berishda 

qo’llanilishi lozim. 

Shu  o’rinda  ta’kidlash  lozimki,  mazkur  Standart  ijara  oluvchining  moliyaviy 

hisobotlarida moliyaviy ijara sifatida hisobga olingan ijara shartnomasi asosida egalik 

qilinayotgan  investitsion  mulkdagi  ulushlarini  baholashda  hamda  ijara  beruvchining 

moliyaviy hisobotlarida operativ ijara shartnomasi asosida ijaraga oluvchiga berilgan 



 

 

98 



 

investitsion  mulkni  baholashda  qo’llaniladi.  Mazkur  Standart  MHXS  17  ”Ijara”  da 

qamrab olingan masalalarga nisbatan qo’llanilmaydi. 

Mazkur Standart quyidagilarga nisbatan qo’llanilmaydi:  

(a) 

qishloq  xo’jaligi  faoliyatiga  tegishli  biologik  aktivlarga  (BHXS  41 



“Qishloq xo’jaligi” ga qarang); va 

(b) 


foydali  qazilmalar  bo’yicha  huquqlarga  va  foydali  qazilmalar 

zaxiralariga,  masalan,  neft,  tabiiy  gaz  va  shunga  o’xshash  qayta  tiklanmaydigan 

resurslarga. 

Balans  qiymati  -  bu  aktivning  moliyaviy  holat  to’g’risidagi  hisobotda  tan 

olinadigan qiymatidir.  

Tannarx  -  bu  aktivni  uning  xaridi  yoki  qurilishi  paytida  sotib  olish  uchun 

to’langan  pul  mablag’lari  yoki  pul  mablag’larining  ekvivalentidagi  summa  yoki 

boshqa  turdagi  tovonning  haqqoniy  qiymati  yoki,  tegishli  hollarda,  boshqa 

MHXSlarning, masalan MHXS 2 “Aktsiyaga asoslangan to’lov” ning aniq talablariga 

muvofiq ushbu aktivning dastlabki tan olinishidagi qiymatdir. 

Haqqoniy  qiymat  -  bu  baholash  sanasida  bozor  ishtirokchilari  o’rtasidagi 

odatdagi  operatsiyada  aktivni  sotishda  olinishi  mumkin  bo’lgan  yoki  majburiyatni 

o’tkazishda  to’lanishi  mumkin  bo’lgan  narxdir  (MHXS  13  “Haqqoniy  qiymatni 

baholash” ga qarang). 

Investitsion  mulk  –  bu  ijaradan  daromad  olish  maqsadida    yoki  kapitalning 

qiymati  qimmatlashishi  uchun  yoki  ikkalasi  uchun  (mulk  egasi  yoki  moliyaviy  ijara 

shartnomasi asosida ijara oluvchi tomonidan) egalik qilinayotgan mulk (er yoki bino 

– yoki binoning qismi – yoki ikkalasi) bo’lib, bundan quyidagi mulklar kirmaydi: 

(a) 

ishlab  chiqarishda  yoki  tovarlar  yetkazib  berish  yoki  xizmatlar 



ko’rsatishda yoki ma’muriy maqsadlarda foydalaniladigan; yoki 

(b) 


oddiy xo’jalik faoliyatidagi sotishga mo’ljallangan mulklar.  

Mulk-mulk-egasi-egallagan  mulk  –  bu  (mulk  egasi  yoki  moliyaviy  ijara 

shartnomasi  asosida  ijara  oluvchi  tomonidan)  ishlab  chiqarishda  yoki  tovarlar 

yetkazib  berish  yoki  xizmatlar  ko’rsatishda  yoki  ma’muriy  maqsadlarda 

foydalaniladigan egalikdagi mulk.  

Quyidagilar investitsion mulkka misoldir:  

(a) 

oddiy  xo’jalik  faoliyati  doirasida  qisqa  muddatda  sotish  uchun  emas, 



balki  uzoq  muddat  davomida  kapitalning  qiymati  qimmatlashishi  uchun  egalik 

qilinadigan yer. 

(b) 

kelgusida  qaysi  maqsadda  foydalanilishi  aniqlanmagan  egalikdagi  yer. 



(Agarda 

tadbirkorlik 

sub’ekti  yerdan  mulk-egasi-egallagan  mulk  sifatida 

foydalanishini  yoki  oddiy  xo’jalik  faoliyati  doirasida  qisqa  muddatda  sotish  uchun 

foydalanishini  aniqlamagan  bo’lsa,  yer  kapitalning  qiymati  qimmatlashishi 

maqsadida saqlanayotgan deb hisoblanadi.) 

(v) 

tadbirkorlik sub’ekti tomonidan egalik qilinadigan  (yoki  moliyaviy  ijara 



shartnomasi  asosida  tadbirkorlik  sub’ekti  tomonidan  egalik  qilinadigan)  hamda  bir 

yoki bir necha operativ ijara shartnomalari asosida ijaraga berilgan bino. 

(g) 

band bo’lmagan, ammo bir yoki bir necha operativ ijara bo’yicha ijaraga 



berishga mo’ljallangan bino. 


 

 

99 



 

(d) 


kelgusida investitsion mulk sifatida foydalanish uchun qurilayotgan yoki 

takomillashtirilayotgan mulk. 

Quyidagilar  investitsion  mulk  bo’lmagan  moddalarga  misoldir  va  shuning 

uchun ular mazkur Standartning qo’llanish doirasidan tashqaridadir:  

(a) 

oddiy xo’jalik faoliyatidagi sotishga mo’ljallangan yoki bunday sotishga 



mo’ljallangan  qurilish  yoki  takomillashtirish  jarayonidagi  mulk  (MHXS  2  “Tovar-

moddiy  zaxiralar”  ga  qarang),  masalan,  faqatgina  yaqin  kelajakda  qayta  sotish  yoki 

takomillashtirish va qayta sotish maqsadida xarid qilingan mulk. 

(b) 


uchinchi tomon nomidan qurilayotgan yoki takomillashtirilayotgan mulk 

(BHXS 11 “Qurilish shartnomalari” ga qarang). 

(v) 

mulk-egasi-egallagan  mulk  (MHXS  16  ga  qarang),  shu  jumladan  (shu 



o’rinda)  kelgusida  mulk-egasi-egallagan  mulk  sifatida  foydalaniladigan  egalikdagi 

mulk,  kelgusida  takomillashtiriladigan  va  o’z  navbatida  mulk-egasi-egallagan  mulk 

sifatida  foydalaniladigan  egalikdagi  mulk,  xodimlar  tomonidan  band  qilingan  mulk 

(xodimlar  bozor  stavkasida  ijara  haqi  to’lashi  yoki  to’lamasligidan  qat’iy  nazar)  va 

balansdan chiqarishga mo’ljallangan mulk-egasi-egallagan mulk. 

(g) 


boshqa  tadbirkorlik  sub’ektiga  moliyaviy  ijara  bo’yicha  ijaraga  berilgan 

mulk


12

Ba’zi  mulklar  ham  ijaradan  daromad  olish  yoki  kapital  qiymatining 



qimmatlashishi  maqsadiad  egalik  qilinadigan  qismni  ham  tovarlar  yoki  xizmatlarni 

ishlab  chiqarish  yoki  yetkazib  berish  yoki  ma’muriy  maqsadlarda  foydalanishga 

mo’ljallangan  qismni  qamrab  olishi  mumkin.  Agar  ushbu  qismlarni  alohida  sotish 

(yoki  moliyaviy  ijara  bo’yicha  alohida  ijaraga  berish)  mumkin  bo’lsa,  tadbirkorlik 

sub’ekti  qismlarni  alohida  hisobga  oladi.  Agarda  ushbu  qismlarni  alohida  sotish 

mumkin  bo’lmasa,  mulk  investitsion  mulk  bo’ladi,  qachonki  katta  bo’lmagan  qismi 

tovarlar  yoki  xizmatlarni  ishlab  chiqarish  yoki  yetkazib  berish  yoki  ma’muriy 

maqsadlarda foydalanishga mo’ljallangan bo’lsa.  

Ba’zi holatlarda, tadbirkorlik sub’ekti o’z egaligidagi mulkni band qilganlarga 

qo’shimcha  xizmatlar  ko’rsatadi.  Tadbirkorlik  sub’ekti  ushbu  mulkni  investitsion 

mulk  sifatida  hisobga  oladi,  qachonki  xizmatlar  butun  shartnomaning  katta 

bo’lmagan  qismi  bo’lsa.  Misol  tariqasida,  ofis  binosi  egasi  tomonidan  binoni  band 

qiladigan  ijarachilarga  qo’riqlash  va  saqlash  xizmatlarini  ko’rsatishini  keltirish 

mumkin. 


Boshqa  holatlarda,  ko’rsatiladigan  xizmatlar  katta  darajada  bo’lishi  mumkin. 

Masalan,  agarda  tadbirkorlik  sub’ekti  mehmonxonaga  egalik  qilsa  va  uni  boshqarsa, 

mehmonlarga  ko’rsatiladigan  xizmatlar  butun  shartnomaning  katta  qismini  tashkil 

etsa.  Shu  tufayli,  egasi-boshqaradigan  mehmonxona  investitsion  mulk  emas,  balki 

mulk-egasi-egallagan mulkdir. 

Ba’zida,  qo’shimcha  xizmatlar  shunchalik  katta  darajada  bo’lishi  mumkin  va 

bunda  mulk  investitsion  mulk  sifatida  tasniflanmasligini  aniqlash  qiyindir.  Masalan, 

ba’zi  hollarda  mehmonxona  egasi  boshqaruv  shartnomasi  asosida  ayrim 

javobgarliklarni uchinchi tomonga o’tkazadi. Bunday shartnomalarning shartlari turli 

                                            

12

 

M.Bonham and others.Generally accepted Accounting practice under IFRS. Ernst & Young LLP, United States, 2010.- part 2. 



p.1166-1174.

 



 

 

100 



 

xil  bo’ladi.  Bir  tomondan,  mulk  egasi  mohiyatan  passiv  investor  bo’lishi  mumkin. 

Boshqa  tomondan,  mulk  egasi  mehmonxona  faoliyatidan  keladigan  pul  oqimlari 

o’zgarishining  xatariga  katta  darajada  duchorligini  saqlagan  holda,  kunlik 

funktsiyalarni boshqa tomonga o’tkazib yuborgan bo’ladi. 

Mulk investitsion mulk sifatida tasniflanishini aniqlash uchun mulohaza qilishi 

zarur.  Tadbirkorlik  sub’ekti  mezon  ishlab  chiqadi  va  natijada  investitsion  mulk 

ta’rifiga muvofiq keladigan mulohazani qo’llash imkoniga ega bo’ladi.  

Ba’zi  holatlarda,  tadbirkorlik  sub’ekti  egaligidagi  mulk  uning  bosh  tashkiloti 

yoki boshqa shu’ba tadbirkorlik sub’ekti tomonidan ijaraga olingan va band qilingan 

bo’ladi.  Jamlangan  moliyaviy  hisobotlarda  ushbu  mulk  investitsion  mulk  sifatida 

tasniflanmaydi,  chunki  mulk  guruh  nuqtai  nazaridan  mulk-egasi-egallagan  mulkdir. 

Biroq,  mulkka  egalik  qilayotgan  tadbirkorlik  sub’ekti  nuqtai  nazaridan  qaraganda, 

agarda  mulk    ijaradan  daromad  olish  maqsadida    yoki  kapitalning  qiymati 

qimmatlashishi uchun yoki ikkalasi uchun egalik qilinsa, u investitsion mulkdir. Shu 

tufayli, ijaraga beruvchi o’z moliyaviy hisobotlarida mulkni investitsion mulk sifatida 

hisobga oladi.  

Investitsion mulk aktiv sifatida tan olinishi lozim, faqatgina qachonki:  

(a)  tadbirkorlik  sub’ekti  tomonidan  investitsion  mulk  bilan  bog’liq  kelgusi 

iqtisodiy foyda olinishi ehtimoli mavjud bo’lsa; va 

(b)  investitsion mulkning tannarxi ishonchli baholanishi mumkin bo’lsa. 

Tadbirkorlik  sub’ekti  ushbu  tan  olish  mezoniga  asosan  investitsion  mulkning 

barcha  xarajatlarini  ular  sarflangan  paytda  baholaydi.  Ushbu  xarajatlar  dastlab 

investitsion  mulkni  sotib  olish  uchun  sarflangan  xarajatlarni  hamda  keyinchalik 

mulkka  nisbatan  amalga  oshirilgan  qo’shimchalar,  o’zgartirishlar  yoki  xizmatlar 

xarajatlarini qamrab oladi. 

Investitsion  mulk  dastlab  uning  tannarxida  baholanishi  lozim.  Bitimga  oid 

xarajatlar dastlabki baholash tarkibiga kiritilishi lozim. 

Sotib  olingan  investitsion  mulkning  tannarxi  uning  sotib  olish  narxi  va  har 

qanday  bevosita  tegishli  xarajatlarni  qamrab  oladi.  Bevosita  tegishli  xarajatlarga, 

masalan,  professional  yuridik  xizmatlarga  xarajatlar,    mulkni  o’tkazish  bo’yicha 

soliqlar va boshqa bitimga oid xarajatlari kirishi mumkin. 

Ijara  bo’yicha  egalik  qilinadigan  va  investitsion  mulk  sifatida  tasniflanadigan 

mulk  ulushining  boshlang’ich  tannarxi  MHXS  17da  belgilangan  moliyaviy  ijaraga 

mos ravishda aniqlanishi lozim. 

MHXS  8  “Hisob  siyosatlari,  buxgalteriya  hisobi  maqsadida  baholashlardagi 

o’zgarishlar  va  xatolar”da  ta’kidlanadiki,  o’z  ixtiyoriga  ko’ra  hisob  siyosatini 

faqatgina  o’zgarish  moliyaviy  hisobotlarda  operatsiyalarning,  boshqa  hodisalar  yoki 

sharoitlarning  tadbirkorlik  sub’ektining  moliyaviy  holatiga,  moliyaviy  natijalariga 

yoki  pul  oqimlariga  ta’siri  to’g’risida  ishonchli  va  o’rinliroq  ma’lumotlarni 

ta’minlagan  holda  o’zgartirish  mumkin.  Haqqoniy  qiymat  bo’yicha  hisobga  olish 

modelini  tannarx  bo’yicha  hisobga  olish  modeliga  o’zgartirish  o’rinliroq  ma’lumot 

taqdim etishiga olib kelish ehtimoli judayam pastdir. 

Mazkur Standart barcha tadbirkorlik sub’ektlaridan baholash (agar tadbirkorlik 

sub’ekti  haqqoniy  qiymat  bo’yicha  hisobga  olish  modelidan  foydalansa)  yoki  ochib 



 

 

101 



 

berish  (agar  u  tannarx  bo’yicha  hisobga  olish  modelidan  foydalansa)  maqsadida 

investitsion  mulkning  haqqoniy  qiymatini  baholashni  talab  etadi.  Tadbirkorlik 

sub’ekti  tan  olingan  va  tegishli  professional  malakaga  ega  hamda  baholanayotgan 

investitsion  mulk  joyida  va  toifasida  yaqin  tajribaga  ega  mustaqil  baholovchi 

tomonidan  narxlash  asosida  investitsion  mulkning  haqqoniy  qiymatini  aniqlashi 

ma’qullanadi, ammo talab etilmaydi.  

Dastlab  tan  olingandan  so’ng,  haqqoniy  qiymat  bo’yicha  hisobga  olish 

modelini  tanlaydigan  tadbirkorlik  sub’ekti  o’zining  barcha  investitsion  mulklarini 

haqqoniy qiymatda baholashi lozim.  

Investitsion  mulkning  haqqoniy  qiymatining  o’zgarishi  natijasida  vujudga 

keladigan  foyda  yoki  zarar  u  qaysi  davrda  vujudga  kelgan  bo’lsa,  o’sha  davrning 

foyda yoki zararida tan olinishi lozim.  

MHXS  13  ga  muvofiq  investitsion  mulkning  haqqoniy  qiymatini  baholash 

paytida,  tadbirkorlik  sub’ekti  shuni  ta’minlashi  lozimki,  haqqoniy  qiymat,  shu 

o’rinda,  joriy  ijara  kelishuvlaridan  ijara  daromadlarini  hamda  bozor  ishtirokchilari 

joriy  bozor  sharoitlarida  investitsion  mulklarni  narxlashda  foydalanishi  mumkin 

bo’lgan boshqa farazlarni aks ettiradi.  




Download 5,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish