Ma’ruza -6
Mavzu: Internet- global komyuter tarmog‘i
Reja:
1.
Đ
nternet tizimi haqida asosiy tushunchalar
2.
Đ
nternetning texnik tarkibiy qismi
3.
«
Đ
nternet» tizimiga ulanish
Đ
nternet tizimi haqida asosiy tushunchalar.
Đ
nternet deb atalgan elektron ma`lumotlar uzatish tizimi kaysidir bir insonning ikki
komp`yuterni bir-biri bilan ulab, ma`lumot uzatish mumkinligini isbotlagandan so’ng paydo
bo’ldi desak hech ham mubolag`a qilmagan bo’lar edik. Dunyo miqyosidagi hisoblash
tarmog’ining ilk modeli xuddi shu tarzda vujudga keldi va shiddat bilan rivojlanib ketdi. Kurrai
zaminning deyarli barcha davlatlari xududlarida mavjud bo’lgan o’rgimchaksimon ma`lumot
almashinish va hisoblash tarmog’i (World Wide Web) planetamizning istalgan joyidagi insonlar
bilan aktiv muloqot qilishga imkon beradi va bu bilan xilma-xil mamlakatlardagi turfa xil
insonlarga ular orasidagi sigsiy, madaniy, irkiy, diniy va jugrofiy farklarga karamay, erkin
muloqot qilish imkonini beradi. Bu esa o’z navbatida informatsion fazodagi tub ma`nodagi
virtual informatsion erkinlikka olib keladi va ushbu doirada xur fikrlashga keng imkoniyatlar
yaratadi. Bu ma`noda biz xozir kelajakda shaxs erkinligiga katta imkoniyatlar yaratadigan tub
ma`nodagi va ozod informatsion jamiyat tashkil bo’lishi hamda rivojlanishi boskichidamiz desak
aslo yanglishmagan bo’lar edik.
Đ
nsonlar ushbu «virtual» muloqot vositasining axamiyati va uning insoniyat jamiyatining
rivojlanishiga revolyutsion va evolyutsion ta`sirini yana ko’p marta fikrlab hamda chukur
muloxoza kilib ko’radilar.
Đ
nternet jamiyatning rivojlanishida va bu bilan boGlik xilma xil
imkoniyatlar xosil bo’lishida juda katta axamiyatga molik bo’lishi haqida shubxalanmasa ham
bo’ladi. Misol sifatida quyidagi dikkatga sazovor rakamlar va ma`lumotlarni keltirishimiz
mumkin. Ommabop ma`lumot olish va uzatish vositasi sifatida 50 millionlik faol mijozlarni
to’plash uchun radioga 30 yil, televideniyaga esa 13 yil ketgan bo’lsa, xuddi shu natijaga erishish
uchun internetga atigi 4 yil zarur bo’ldi xolos. Bundan bugun ham internet ommaviy axborot
vositalari orasida eng oldingi o’rinlardan birini egallab turishi aniqligi uning rivojlanishi va
amalda ko’llanishi imkoniyatlaridan yaqqol ko’rinib turibdi. Bugungi kunda internet tarmog’i
ko’rinishidagi kiberfazo 120 milliondan ortiq xilma xil turdagi kompyuterlarni bir biri bilan
birlashtirib turgan holda ularning samarali ishlashini ta`minlab turibdi. O’zbekistonda ham
internet tarmog’iga ulangan komp`yuterlarning soni kun sayin o’sib, foydalanuvchilar miqdori
ham ortib bormoqda. Maktablarda, oliy o’kuv yurtlarida, xilma xil turdagi litseylarda, kollejlarda
va boshqa turdagi o’kuv muassasalarida internetdan foydalanishni o’rganish darslari tashkil
etilgan va o’quvchi-talabalar uni katta qiziqish bilan o’rganmokdalar.
Đ
nternet - bu avvaldan qabul qilingan kelushuvlar asosida faoliyat ko’rsatuvchi jahon
global komp`yuter tarmog`idir. Uning nomi «tarmoqlararo» degan ma`noni anglatadi. U
mahalliy (lokal), mintaqaviy va global komp`yuter tarmoqlarini birlashtiruvchi axborot tizimi
bo’lib, o’zining alohida axborot maydoniga ega bo’lgan virtual (hayoliy, faqat komp`yuter
xotirasida mavjud bo’lgan) to’plamdan tashkil topadi.
Đ
nternet unga ulangan barcha komp`yuterlarning o’zaro ma`lumotlar almashish
imkoniyatini yaratib beradi. O’zining komp`yuteri orqali internetning hap bir mijozi boshqa
shahar yoki mamlakatga axborot uzatishi mumkin. Masalan, Toshkentdagi Navoiy kutubxonasi
katalogini ko’rib chiqishi, Amir Temur muzeyining oxirgi ko’rgazmasiga qo’yilgan eksponatlar
bilan tanishishi, xalqaro anjumanlarda ishtirok etishi, bank muomalalarini amalga oshirishi va
hatto boshqa mamlakatlarda istiqomat qiluvchi tarmoq mijozlari bilan shaxmat o’ynashi
mumkin.
22
Đ
nternet XX asrning eng buyuk kashfiyotlaridan biri hisoblanadi. Ushbu kashfiyot tufayli
butun jahon bo’ylab yoyilib ketgan yuz millionlab komp`yuterlarni yagona axborot muhitiga
biriktirish imkoniyati tug`ildi.
Foydalanuvchi nuqtai-nazaridan tahlil kiladigan bo’lsak, internet, birinchi navbatda,
tarmoq mijozlariga o’zaro ma`lumotlar almashish, virtual muloqot qilish imkonini yaratib
beruvchi axborot magistrali vazifasini o’taydi, ikkinchidan esa, unda mavjud bo’lgan
ma`lumotlar bazasi majmuasi dunyo bilimlar omborini tashkil etadi. Bundan tashqari, internet
bugungi kunda dunyo bozorini o’rganishda, marketing ishlarini tashkil etishda zamonaviy
biznesning muhim vositalaridan biriga aylanib bormoqda.
Đ
nternet o’zini o’zi shakllantiruvchi va
boshqaruvchi murakkab tizim bo’lib, asosan uchta tarkibiy qismdan tashkil topgandir:
texnik;
dasturiy;
axborot.
Đ
nternetning texnik tarkibiy qismi har xil turdagi komp`yuterlar, aloqa kanallari (telefon,
sputnik, shisha tolali va boshqa turdagi tarmoq kanallari) hamda tarmoq texnik vositalaridan
tashkil topgandir.
Đ
nternetning ushbu texnik vositalarining barchasi doimiy va vaqtinchalik
asosda faoliyat ko’rsatishi mumkin. Ulardan ixtiyoriy birining vaqtinchalik ishdan chiqishi
Đ
nternet tarmog`ining umumiy faoliyatiga aslo ta`sir etmaydi.
Đ
nternetning dasturiy ta`minoti (tarkibiy qismi) tarmoqqa ulangan xilma-xil
komp`yuterlar va tarmoq vositalarini yagona standart asosida (yagona tilda) muloqot qilish,
ma`lumotlarni ixtiyoriy aloqa kanali yordamida uzatish darajasida qayta ishlash, axborotlarni
qidirib topish va saqlash hamda tarmoqda axborot xavfsizlikni ta`minlash kabi muhim
vazifalarni amalga oshiruvchi dasturlar majmuasidan iboratdir.
Đ
nternetning axborot tarkibiy qismi
Đ
nternet tarmog`ida mavjud bo’lgan turli elektron
hujjat, grafik rasm, audio yozuv, video tasvir va hokazo ko’rinishdagi axborotlar majmuasidan
tashkil topgandir. Ushbu tarkibiy qismning muhim xususiyatlaridan biri, u butun tarmoq bo’ylab
taqsimlanishi mumkin. Masalan, komp`yuteringizda o’qiyotgan elektron darsligingizning matni
bir manbadan, rasmlari va tovushi ikkinchi manbadan, videotasvir va izohlari esa uchinchi
manbadan olinishi mumkin. Shunday qilib, tarmoqdagi elektron hujjatni o’zaro moslashuvchan
"giper-bog`lanishlar" orqali bir necha manbalar majmuasi ko’rinishida tashkil etish mumkin
ekan. Natijada millionlab o’zaro borlangan elektron hujjatlar majmuasidan tashkil topgan
axborot muhiti hosil bo’ladi.
Nega insonlar internet bilan ishlashga bunchalik qiziqadilar, degan savolga javob berish
uchun undan foydalanib xosil qilinagtgan imkoniyatlar bilan boGlik bir kancha misollar ko’rib
chiqamiz. Buni internetdagi «Rambler» deb atalgan rusiyzabon informatsion sistema bilan
sodda usulda tanishtirishdan boshlaymiz.
Uni katta shaxarning katta bir maydoni sifatida tushunib, undan bir kancha xar xil
nomlangan ko’chalar xilma xil tomonlarga tarkalib ketgan deb faraz kilsak, ko’chalarning biri
sportga qiziqkanlar uchun, ikkinchisi ta`limga qiziquvchilar uchun, keyingisi san`atga
ishkibozlar uchun,yana biri ishga kirish uchun imkonyat kidiruvchilar uchun va xakozolar desak
bo’ladi. Siz fakat nimani tanlaganingizni tegishli adresni tergan holda aniqlashingiz lozim
bo’ladi xolos. Ushbu elektron ko’chalarda xilma xil ranglarda virtual reklamalar – bannerlar
tovlanib turgan bo’ladi. Tanishuv klublari, yangi xajviyalar, turistik byurolar, virtual kazinolar va
shunga o’xshash qiziqarli imkoniyatlar sizda internet bilan ishlashga yana ham katta ishtigk
xosil kiladi.
Kerakli elektron adreslarni bilmagan kimsalarga rambler ma`lumotlar byurosini taklif
kiladi va undan juda ko’p xil ma`lumotlar olish imkoniyati yaraladi. Masalan, «klyuchevıe
slova» darchasida «kurs dollara» so’zini tersangiz, sizga o’sha zaxoti bunday ma`lumotlar
olinishi mumkin bo’lga bir kancha saytlarning elektron adreslari ko’rsatiladi. Agar internetda
ishlovchida biroz bo’sh vaqt bo’lsa, unda xilma xil joylarga sagxat qilish imkoniyati yaraladi.
Bunday sagxatni masalan
Do'stlaringiz bilan baham: |