xatlar tizimidir. Tarmoqdagi munozaralarni ta`minlash borasida yangiliklar guruhi deb
nomlanuvchi global holda tarqalgan tizim belgilangan. Ana shu tizimlardan eng mashxuri Usenet
yangiliklar guruhidir. Internet xizmati yiroqlashtirilgan komp`yuter tarmog`i bilan bog`lanish
hamda uning resurslaridan foydalanish imkonini beradigan tizim bu – Telnet dir. Nihoyat
internetda IRC (chat) tizimi bor. Bu tugmalar yordamida jonli muloqotga kirishish mumkin. IRC
– bu jonli muloqotda bo`lish va foydalanuvchiga klaviatura orqali Internet imkoniyatlaridan
3
Internet – bu Internet texnologiyasi, dastur ta`minoti va qaydnomalari asosida tashkil
etilgan, hamda ma`lumotlar bazasi va elektron xujjatlar bilan kollektiv ravishda ishlash imkonini
beruvchi korxona yoki kontsern miqyosidagi yagona informatsion muhitni tashkil etuvchi
komp`yuter tarmog`idir. Internet boshqa komp`yuter tarmoqlaridan quyidagi bilan farqlanadi.
Bir yoki bir nechta serverlardan tashkil etilgan tarmoq mijozi undagi elektron xujjat, ma`lumotlar
bazasi va fayllardan foydalanish uchun, ularning qaysi serverda, qaysi direktoriyada qanday nom
bilan saqlanganligini, ularga kirish usul va shartlarini bilishi zarur bo`ladi. Internetda esa bunday
noqulayliklarni oldi olingan bo`lib, uning foydalanuvchisi bunday ma`lumotlarni bilishi shart
emas. Bundan tashqari, Internet tarmog`ida mavjud bo`lgan barcha elektron xujjat va
ma`lumotlar bazasini giper bog`lanishlar yordamida o`zaro bog`lab yagona informatsion muhit
qurish, unda qulay informatsion qidiruv tizimlarini tashkil etish mumkin bo`ladi. Internet o`z-
o`zini shakllantiruvchi va boshqaruvchi murakkb tizim bo`lib, asosan uchta tarkibiy qismdan
tashkil topgandir:
•
Texnik
•
Dasturiy
•
Informatsion
Internetning texnik tarkibiy qismi har xil turdagi komp`yuterlar, aloqa kanallari(telefon,
sputnik, shisha tolali va boshqa turdagi tarmoq kanallari), hamda tarmoq texnik vositalari
majmuidan tashkil topgandir. Internetning ushbu texnik vositalarining barchasi doimiy va
vaqtinchalik asosda faoliyat ko`rsatishi mumkin. Ulardan ixtiyoriy birining vaqtinchalik ishdan
chiqishi Internet tarmog`ining umumiy faoliyatiga aslo ta`sir ko`rsatmaydi.
Internetning dasturiy ta`minoti tarmoqqa ulangan xilma-xil komp`yuterlar va tarmoq
vositalarini yagona standart asosida muloqot qilish, ma`lumotlarni ixtiyoriy aloqa kanali
yordamida uzatish darajasida qayta ishlash, axborotlarni qidirib topish va saqlash, hamda
tarmoqda informatsion xavfsizlikni ta`minlash kabi muhim vazifalarni amalga oshiruvchi
dasturlar majmuidan iboratdir.
Internetning informatsion tarkibiy qismi Internet tarmog`ida mavjud bo`lgan turli elektron
xujjat, grafik rasm, audio yozuv, video tasvir va hokazo ko`rinishdagi axborotlar majmuasidan
tashkil topgandir. Ushbu tarkibiy qismning muhim xususiyatlaridan biri, u butun tarmoq bo`ylab
taqsimlanishi mumkin. Masalan, shaxsiy komp`yuteringizda o`qiyotgan elektron darsligingizni
matni bir manbadan, rasmlari va tovushi ikkinchi manbadan, video tasvir va izoxlari esa uchinchi
manbadan yig`ilishi mumkin. Shunday qilib, tarmoqdagi elektron xujjatni o`zaro moslashuvchan
giper bog`lanishlar orqali bir necha manbalar majmuasi ko`rinishida tashkil etish mumkin ekan.
Natijada millionlab o`zaro bog`langan elektron xujjatlar majmuasidan tashkil topgan
informatsion muhit xosil bo`ladi. Bir qarashda inernetning texnik tarkibiy qismi blan
informatsion tarkibi o`zaro o`xshashdek tuyuladi. Chunki ikkla xolda ham biz «birni ko`plikka»
usulda tashkil etilgan ob`ektlar borligiga duch kelamiz. Aslida bunday emas. Texnik nuqtai
nazardan internetda mavjud bo`lgan ixtiyoriy komp`yuter ko`plab komp`yuterlar bilan
bog`langan bo`ladi. Bunday bog`lanish «XARMSK»( Net) deb ataladi. Informatsion nuqtai
nazardan internetda e`lon qilingan har bir elektron xujjat tarmoqdagi bir nechta xujjatlar bilan
o`zaro bog`lanishda bo`lishi mumkin. Bu xoldagi informatsion bog`liqlik «to`r» (Web) nomini
olgan. Shunday qilib, «tarmoq»( Net) haqida so`z yuritilganda o`zaro bog`langan komp`yuterlar
majmuasi tushunilsa, «to`r» (Web) haqida so`z yuritilganda esa yagona informatsion muhitni
tashkil etuvchi elektron xujjatlar majmuasi tushuniladi. Amaliyotda internetning real, fizik
bog`lanishlar orqali tashkil topgan tarmog`idagi komp`yuterlar bilan virtual informatsion fazoni
tashkil etuvchi elektron xujjatlari har xil manzillar yordamida ifodalanadi.
Internetda axborot almashish standart qoidalar asosida amalga oshiriladi. Internetdagi
ma`lumotlarni uzatish qoidalari qaydnomalar deb ataladi. Internet tarmog`ining ishlash printsipi
TCP/IP (Transmission Control Protocol/Internet Protocol – ma`lumotlarni uzatish
qaydnomasi/Internet qaydnomasi) dan foydalanishga asoslangan. TCP/IP qaydnomalari Internet
global tarmog`ida ham, shuningdek boshqa ko`pgina lokal tarmoqlarda ma`lumotlarni uzatish
uchun xizmat qiladi. Albatta, Internetdan foydalanuvchilarga TCP/IP qaydnomalari haqida hech
4
qanday maxsus bilim talab qilinmaydi, biroq umumiy tavsifdagi, echilishi mumkin bo`lgan
muammolarni hal qilish uchun asosiy ishlash printsiplarini tushunish, xususan elektron pochtalar
tizimini joylashtirish (sozlash)ni bilish kerak. Shuningdek, TCP/IP qaydnomalari Internetning
boshqa bazali qaydnomalari FTP va TelNet qaydnomalari bilan uzviy bog`langan.
Ko`pchilik foydalanuvchilar TCP/IP ni bitta dastur deb o`ylashadi. Aksincha, u tarmoqning
bir vaqtning o`zida ma`lumot uzatish uchun ishlab chiqilgan, o`zaro bog`langan
qaydnomalarning butun bir dasturlar oilasidir. TCP/IP tarmoqning dasturlar qismi bo`lib,
TCP/IP oilasidagi har bitta qism ma`lum bir aniq maqsadga qaratilgan: elektron pochtalarni
yuborish, tizimga olis masofalardan kirishni ta`minlash, fayllarni manzillarga jo`natish,
xabarlarga yo`l ko`rsatish yoki tarmoqlardagi buzilishlarni talqin qilish.
TCP/IP tarkibiga kiruvchi turli servis va ularning bajaradigan vazifalariga qarab har xil
sinflarga bo`linadi. Quyida qaydnoma guruhlari va ularning vazifalari keltirilgan.
TCP (Transmission Control Protocol) – qabul qiluvchi va uzatuvchi komp`yuterlarning
mantiqiy bog`lanishiga asoslangan ma`lumotlarni uzatilishini qo`llab-quvvatlovchi qaydnoma.
UDP (User Datagram Protocol) – mantiqiy bog`lanishlar o`rnatilmasdan, ma`lumotlar
uzatilishini qo`llab-quvvatlaydi. Bu yuboruvchi va qabul qiluvchi komp`yuterlar o`rtasida
oldindan bog`lanish o`rnatilmasdan ma`lumotlarni yuborishni anglatadi.
IP (Internet Protocol) – ma`lumotlarni uzatishni ta`minlaydi.
RIP (Routing Information Protocol) – manzilga xabarlarni etkazuvchi eng yaxshi yo`llarni
tanlovchi qaydnomalardan biri.
OSPF (Open Shortes Path First) – yo`llarni aniqlovchi muqobil qaydnoma.
ARP (Adress Resolution Protocol) – tarmoqdagi komp`yuterning sonli manzilini aniqlaydi.
DNS (Domain Name System) – tarmoqdagi komp`yuterlarni nomlari bo`yicha sonli
manzilini aniqlaydi.
RARP (Reverse Adress Resolution Protocol) – tarmoqdagi komp`yuterlarning manzilini
aniqlaydi, biroq ARP ga teskari holatda.
Amaliy servislar – bu shunday dasturlarki, ulardan foydalanuvchi yoki komp`yuter har xil
xizmatlar uchun ruxsat oladi.
BootP (Boot Protocol) – serverning boshlang`ich ma`lumotlarini o`qish bilan tarmoqdagi
komp`yuterlarni ishga tushiradi.
FTP (File Transfer Protocol) – komp`yuter o`rtasida fayllarni bir-biriga uzatadi.
TelNet (Telephone Network-telefon tarmog`i) – tizimga uzoqdagi terminal ruxsatini
ta`minlaydi, ya`ni bitta komp`yuterdan foydalanuvchi boshqa uzoqdagi komp`yuter bilan xuddi
qo`lidagi klaviaturada ishlayotgandek muloqot qiladi. U uzoqqa uzatish qaydnomasidir.
Shlyuzli qaydnomalar – tarmoq bo`ylab uzatilayotgan xabarlar yo`llari haqida va
tarmoqdagi ma`lumotlar holati, shuningdek lokal tarmoqdagi ma`lumotlarni talqin qilishga
yordam beradi.
EGP (Exterior Gateway Protocol) – yo`llari ko`rsatilgan ma`lumotlarni tashqi tarmoqqa
uzatish uchun xizmat qiladi.
GGP (Gateway to Gateway Protoco) – yo`llari ko`rsatilgan ma`lumotlarni uzatish uchun
xizmat qiladi.
IGP (Interior Gateway Protocol) – yo`llari ko`rsatilgan ma`lumotlarni ichki tarmoqda
uzatishga xizmat qiladi.
Quyidagi qaydnomalar yuqoridagi kategoriyalarga tegishla emas, ammo tarmoqlarda
ahamiyati kattadir.
NFS (Network File System) – lokal komp`yuterlarda mavjud bo`lgan katalog va fayllardan
foydalanish imkonini beradi.
NIS (Network Information Service) – parollarni tekshiradi va tizimga kirishni
molellashtiradi. Tarmoqdagi bir nechta komp`yuterlar foydalanuvchilari haqidagi ma`lumotlarni
ko`rsatadi.
RPC (Remote Procedure Call) – o`chirilgan amaliy dasturlarni bir-biri bilan sodda va
samarali holatda biriktiradi.
5
SMTP (Simple Mail Transfer Protocol) – elektron pochtani komp`yuterlarga yuboruvchi
qaydnoma.
SNMP (Simple Networc Management Protocol) – ma`muriy qaydnoma - tarmoq holati va
unga ulangan boshqa qurilmalarga ma`lumotlarni uzatadi.
Shunday qilib, servisning barcha turlari majmui TCP/IP – kuchli va samarali qaydnomalar
majmuini tashkil qiladi.
Tekshiruv savollari:
1.
Internet nima? Uning kelib chiqish tarixi.
2.
Internetning asosiy tarkibiy qismlari.
3.
Internetning asosiy resurslariga nimalar kiradi?
4.
Internet qaydnomalari. TCP/IP qaydnomasi haqida tushuncha.
5.
TCP/IP qaydnomasining guruhlari va ularning vazifalari.
Do'stlaringiz bilan baham: