O`ZBEKISTAN RESPUBLIKASI XALQ
TA’LIM VAZIRLIGI
AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT
PEDAGOGIK INSTITUTI
Fizika-matematika fakul`teti
Informatika va axborot texnologiyalari kafedrasi
5110700 – «Informatika o’qitish metodikasi» bakalavr
ta`lim yo’nalishi
«Kompyuter tarmoqlari»
fanidan
N U K U S -2014
2
Ma`ruza-1
Mavzu: Kompyuter kommunikasiya texnologiyalari
.
Reja:
1. Internet tarixi.
2. Komp`yuterlar haqida umumiy ma`lumot.
3. Komp`yuterlarning ishlash printsipi va tashkil etuvchilari.
4. Kommunikasiya texnologiyalari
Internet – dunyo bo`ylab joylashgan va yagona tarmoqqa birlashtirilgan minglab
komp`yuter tarmoqlarining majmuidir.
Internet «sovuq urush» mahsuli bo`lib, uning yaratilishiga yadro zarbalaridan qisman
zararlanganda ham ishlay olishga mo`ljallangan tajribaviy aloqa tizimi sifatida XX asrning 70-
yillar boshlarida AQSh Mudofaa vazirligi tomonidan ishlab chiqarilgan ARPANET aloqa
tarmog`i asos bo`lgan. ARPANET – buzilgan aloqa bo`g`inlarini avtomatik ravishda aylanib
o`tishga va tarmoqdagi komp`yuterlarning ma`lumot almashinishiga imkon yaratuvchi
kommunikatsiyalar paketidir. ARPANET da ma`lumotlarni uzatish texnologiyasi «aloqali-
informatsion paketlar» deb nomlanadi. Bu texnologiyada yuborilayotgan ma`lumotlar bir nechta
paketlarga bo`linadi va har bir bo`lingan paket o`zining manziliga ega bo`ladi. Paketlar aloqa
tizimi orqali mustaqil joylashtiriladi. Ma`lumotlarni jo`natish uchun foydalanuvchi o`z manzili
orqali boshqa foydalanuvchilarni manzilini aniq ko`rsatishi kerak.Aloqa shunday yo`lga
qo`yilganki, foydalanuvchilar tomonidan konkret tizimdagi struktura haqida hech qanday
ma`lumot so`ralmasligi loyixalashtirilgan va dasturlashtirilgan. Barcha paketlar belgilangan
manzilga uzatilgach, raqamlanishga keladi va butun ma`lumot tiklanadi. Paketlar butunligi
tekshiriladi. Agar bu jarayon davomida axborot qismiga zarar etgan bo`lsa, qabul tizimi butun
tizimni emas, balki kerakli axborot qismlarini qayta yuborishni so`raydi. Axborot uzatishning bu
modeli paketlar kommutatsiyasi deyiladi. Telefon tarmoqlarini taqqoslash uchun kanallar
kommutatsiyasi deb ataluvchi model qo`llaniladi. Bu siz va sizning abonentingiz o`rtasidagi
aloqa boshlangach doimiy aloqa o`rnatiladi va sizdan boshqa hech kim sizning muloqotingiz
davrida foydalana olmaydigan aloqa kanali o`rnatilishini va suxbat tugaguncha saqlanishini
anglatadi. Aynan shu TCP/IP deb nomlangan standartlar mavjud tarmoqlar yordamida global
komp`yuter tarmog`ini yaratish uchun asos bo`lgan.
AQSh da oliy ma`lumot uchun NSFALET deb ataluvchi infra strukturasining
yaratilishi(1985 - 1988) aloqaning tezkor magistral kanallari tarmog`ini yaratadi va universitet
o`z foydalanuvchilarining tarmog`i dasturini kodlash sharti bilan unga butun Amerika
universitetlarini uladi. Internetning chinakam rang - barangligi 1992 yilda «butunjaxon
o`rgimchak to`ri» deb nomlangan yangi xizmatlarni yuzaga kelishi bilan boshlanadi. World
Wide Web – har bir foydalanuvchiga internetga o`z axborotini kutilmagan holatda kiritish va uni
juda tez fursatda ommaga tarqatish imkonini beradi.
Internetning asosiy resurslari. Internetning eng mashhur xizmati WWW sanalib, u o`zida
juda ko`plab mul`timediya xujjatlarini jamlagan. Internetning navbatdagi resursi FTP bo`lib, u
barcha fayllar ombori va tizimi sanaladi. Internetning eski resursi