Toshkent davlat sharqshunoslik instituti mikro makro iqtisodiyot



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/214
Sana01.01.2022
Hajmi1,33 Mb.
#301691
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   214
Bog'liq
mikro va makro iqtisodiyot

2.

 

Davriy tebranishlarning turlari 

So‗nggi  paytlarda  siklik  tebranishlarning  tabiatini  izohlashga  kompleks 

yondashuvdan  ko‗proq  foydalanilmoqda,  bunda  yuksaltiruvchi  va  pasaytiruvchi 

to‗lqinlarning almashinib kelishi sanab o‗tilgan turli sabablarning majmuasi bilan 

izohlanadi. 

Iqtisodiy sikllarning boshqa tasniflari ham bor. Davomiylik bo‗yicha tasnif 

juda  keng  tarqalgan  bo‗lib,  unda  odatda  siklik  tebranishlarning  uch  turi  alohida 

ajratib ko‗rsatiladi: 

♦ 3,5-4 yil davom etadigan qisqa muddatli sikllar; 

♦ 8—10 yil davom etadigan o‗rta muddatli sikllar; 

♦ 48—55 yil davom etadigan uzoq muddatli sikllar. 

Qisqa muddatli sikllar

 ularning muallifining ismi bilan Kitchin sikllari yoki 

cho‗chqa  sikllari  deb  ham  ataladi,  chunki  Kitchin  ularni  o‗rganishda  cho‗chqa 

go‗shti bozorini tadqiq qilgan. Bugungi kunda ular ko‗proq «zahira sikllari» degan 

nom bilan mashhurdir. 

Amerikalik  iqtisodchi  Kitchin  cho‗chqa  go‗shti  bozorini  o‗rganishda 

zahiralarning  to‗planishi  va  qisqarishi  (kamayishi)  siklik  tebranishlarni  keltirib 

chiqarishi mumkinligiga e‘tibor qaratgan. 

Aytaylik,  cho‗chqa  go‗shti  bozorida  juda  yuqori  narx  belgilab  qo‗yildi. 

Shunda  fermerlar  bu  narxga  mo‗ljal  qilib,  cho‗chqalarni  zo‗r  berib  semirtira 

boshlaydilar.  Cho‗chqalarni  semirtirish  ma‘lum  vaqt  talab  qiladi,  ana  shu  davr 

mobaynida boshqa fermerlar ham cho‗chqa semirtirishga kirisha boshlaydilar. 

Ko‗rinib turibdiki, shu davr oxiriga kelib bozorga katta miqdorda cho‗chqa 

go‗shti kelib tushadi va narx keskin pasayib ketadi. Cho‗chqa go‗shtining bir qismi 

zahiraga «ketadi», fermerlar esa cho‗chqa semirtirishni to‗xtatadilar. Narxlar asta-

sekin ko‗tarila boshlaydi va shu tariqa bozor siklik (davriy) rivojlanaveradi: tovar-

moddiy zahiralarning to‗plash va sarflash jarayonlari galma-gal yuz beraveradi. 

So‗nggi  paytlarda  tovar-moddiy  zahiralari  sikllarining  qisqarayotganligi  va 

hatto  yo‗qolib  borayotganligi  haqida  tobora  ko‗proq  gapirilmoqda.  Bu  esa  ishlab 



chiqaruvchilarning  potensial  mijozlarning  ehtiyojlaridan  xabardorligi,  texnologik 

zanjirni avvaldan mo‗ljal qilish darajasining oshganligi bilan izohlanmoqda. Biroq 

bu sikllarni umuman e‘tibordan chetda qoldirishga hali erta. 

O„rta  muddatli  sikllar

  –  makroiqtisodiy  beqarorlikni  o‗rganishda  eng  katta 

e‘tibor  qaratiladigan  sikllardir,  chunki  hukumatning  siyosati  aynan  shu  siklik 

tebranishlarni  silliqlashga  qaratilgan  bo‗ladi.  Bu  sikllar  ba‘zan  o‗zining  bir  qator 

asarlarini  ularni  o‗rganishga  bag‗ishlagan  muallifning  ismi  bilan  Juglyar  sikllari 

deb ham ataladi. Ushbu sikllar quyida batafsilroq ko‗rib chiqiladi (13.2-bo‗lim). 



Uzoq 

muddatli 

sikllar

 



Kondratevning  uzun  to‗lqinlari  yoki 

kon‘yunkturaning  katta  sikllaridir.  Ularning  muallifi  –  mashhur  rus  agrar 

iqtisodchisi Nikolay Dmitrievich Kondratevdir (1892—1938). U Angliya, Fransiya 

va AQShning XVIII asr so‗ngidan keyingi asosiy makroiqtisodiy ko‗rsatkichlariga 

(narx  darajasi,  foiz  stavkasi,  ish  haqi,  tashqi  savdo  aylanmasi,  iqtisodiyotning 

taraqqiyotini  belgilovchi  tarmoqlarning  ba‘zi  ko‗rsatkichlari)  oid  statistik 

materiallarni umumlashtirib, o‗tkazilgan tahlillar asosida «kichik» sikllar (u kichik 

sikl deganda biz bugun o‗rta muddatli deb atayotgan sikllarni tushunar edi) bilan 

bir  qatorda  48-55  yil  davom  etadigan  «katta»  sikllar  ham  bor,  degan  xulosaga 

kelgan. Natijada  kichik sikllar  katta  sikllarning  ustiga  «qo‗yilgan»  bo‗ladi, kichik 

sikllarning dinamikasi u yoki bu kichik sikl katta siklning qaysi bosqichiga to‗g‗ri 

kelganligiga qarab o‗zgarib turishi mumkin. 

Kondratev  kon‘yunkturaning  katta  sikllarini  asosiy  kapitalning 

passiv 

qismining

 yangilanishi bilan izohlar edi. 

O‗rta  muddatli  sikl  (Kondratev  bo‗yicha  kichik  sikl)  asosan  asosiy 

kapitalning  aktiv  qismining  (mashina,  dastgoh,  asbob-uskunalarga  sarflangan 

investisiyalar) yangilanishi bilan bog‗liq bo‗lgani kabi, uzoq muddatli sikl asosiy 

kapitalning  passiv  qismining  (bino,  inshootlar,  kommunikatsiya  tizimlariga 

sarflangan investisiyalar) yangilanishi bilan bog‗liqdir. 

O‗rtacha  har  48-55  yilda butun iqtisodiy  tizimning  yangilanishi  yuz  beradi 

va uzoq  muddatli siklning  yuksaltiruvchi bosqichi boshlanadi. Kondratev  statistik 

materiallarini  umumlashtirgan  140  yil  ichida  2,5  ta  uzoq  muddatli  sikl  va  uchta 

yuksaltiruvchi  bosqichlar  kuzatilgan:  u  birinchi  bosqichni  to‗qimachilik 

sanoatining  hamda  cho‗yan  ishlab  chiqarishning  rivojlanishi  bilan,  ikkinchi 

bosqichni  –  temir  yo‗llar  qurilishi  bilan, uchinchi  bosqichni  esa  elektr  toki,  radio 

va telefonning joriy qilinishi bilan bog‗lagan. 

N.D.  Kondratev  yuksaltiruvchi  bosqichlarda  pasaytiruvchi  bosqichlarga 

nisbatan  ijtimoiy  g‗alayonlar  ko‗proq  sodir  bo‗lishini  aniqlagan.  Shuningdek,  u 

pasaytiruvchi bosqichlarning qishloq xo‗jaligiga ayniqsa yomon ta‘sir ko‗rsatishini 

ta‘kidlagan va qarz kapitalining uzoq muddatli sikllar rivojlanishidagi ulkan rolini 

ko‗rsatib  bergan:  yuksaltiruvchi  bosqichda  kapitalga  bo‗lgan  talab  keskin  ortib 

ketadi va oqibatda foiz stavkasi ham ko‗tariladi. Moliyaviy mablag‗lar asta-sekin 

tugab  boradi.  Qarz  kapitalining  tanqisligi  o‗z  navbatida  ishlab  chiqarish 

imkoniyatlarini cheklab qo‗yadi, bu esa pasaytiruvchi bosqichga o‗tishni anglatadi. 

Bunda investisiyalar sustlik bilan amalga oshiriladi, bu esa keyingi, yuksaltiruvchi 

bosqichga kredit resurslarni yig‗ib qo‗yish imkonini beradi. 




Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish