KIRISh
O‗zbekistonda iqtisodiyotni erkinlashtirish, modernizatsiya qilish va milliy
iqtisodiyotning jahon xo‗jaligiga oqilona va samarali integratsiyalashuvi
bosqichida bozor qonuniyatlariga asoslangan milliy xo‗jalik bosqichma-bosqich
shakllanib bormoqda, uning tarkibi, xususan, tarmoq va hududiy tuzilishi brogan
sari takomillashtirilmoqda. Shuningdek, bozor transformatsiyasi jarayonlarida
milliy iqtisodiyot amal qilishi va rivojlanishida o‗ziga xos tendensiya va
qonuniyatlar yuzaga chiqmoqda.
Mamlakatimizda mavjud moddiy, iqtisodiy, intellektual resurslardan oqilona
foydalanish, cheklangan zahiralardan yuqori samara olish, jfhon moliyaviy-
iqtisodiy inqirozi davrida aholi turmush darajasining pasayib ketishining oldini
olish va muttasil oshirib borish, inqirozning salbiy oqibatlarini yumshatish va
barqaror iqtisodiy o‗sishni ta‘minlash bo‗yicha chora-tadbirlar ko‗rilmoqda,
tegishli islohotlar olib borilmoqda. Xususan, 2011-2015 yillarga mo‗ljallangan
Oliy o‗quv yurtlarini rivojlantirish dasturi amalga oshirilmoqda. Bu dasturning
amaliy ahamiyatiga e‘tibor qaratib, Prezidentimiz Islom Karimov ―Dasturdan
ko‗zlangan asosiy maqsad – oliy ta‘lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini
yanada mustahkamlash, ularni zamonaviy o‗quv, laboratoriya va ilmiy uskunalar
bilan jihozlash, pirovardida o‗quv dasturlarini takomillashtirish, tobora kuchayib
borayotgan zamon talablariga javob beradigan kadrlarni tayyorlashda sifat
jihatidan yangicha yondoshuvlarni hayotga tatbiq etishdan iboratdir‖, deb
ta‘kidladilar
1
. Ushbu fikrlarga asoslangan holda aytish o‗rinliki, talabalarga ta‘lim
va tarbiya berish jarayonida ham yangicha yondoshuvlar ishlab chiqish, mavjud
o‗quv adabiyotlari tarkibini va mazmunini takomillashtirib borish davr talabiga
aylanmoqda.
―Mikromakroiqtisodiyot‖ fanini o‘qitish ta‘lim texnologiyasi, o‘qituvchidan
talab qilinadigan puxta ilmiy-nazariy bilimga ega bo‘lish va pedagogik-tarbiyaviy
malakani kuchaytirib borish mas‘uliyatini pasaytirmaydi, balki, talabalarga
mavzularning asosiy materiallarini qisqa va tushunarli tilda etkazib berishga, bilim,
ma‘lumot va axborotlarni qiyoslash, guruhlash, ta‘riflash orqali talabalarning
iqtisodiy idrok va tafakkur jarayonini jadallashtirishga xizmat qiladi. Albatta,
―Mikromakroiqtisodiyot‖ fanini chuqur o‘zlashtirish, fanning asosiy masalalarini
talabalarga tushuntirish uchun 16-18 ta ma‘ruza mashg‘uloti etarli hisoblanmaydi,
18 ta seminar mashgulotlarida mavzularning ko‘p qirralarini qamrab olish qiyin
kechadi. Shu munosabat bilan mazkur ta‘lim texnologiyalari fan predmetining
muhim jihatlarini sodda shaklda muammoli tarzda etkazishga yo‘nalgan bo‘lib,
talabalarni iqtisodiy bilimlarni puxta egallashga rag‘batlantiradi.
Bunday sharoitda bozor mexanizmi amal qilishi, tadbirkorlik sub‘ektlarining
hatti-harakatlari, uy, korxona va davlat xo‗jaligining faoliyati xususiyatlari, davlat
iqtisodiy siyosatining asosiy yo‗nalishlari, makroiqtisodiy vaziyat va uning
barqarorligini ta‘minlash muammolarini ilmiy-nazariy o‗rganish, bu borada
1
Karimov I. Barcha reja va dasturlarimiz vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga
xizmat qiladi: 2010 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011 yilga mo‗ljallangan eng
muhim ustuvor yo‗nalishlariga bag‗ishlangan O‗zR Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma‘ruza, 2011 yil 21
yanv./I.A.Karimov.-T.: O‗zbekiston, 2011.- 37- bet.
iqtisodiy tafakkurni kengaytirish hamda mukammallashtirish, talabalarda tegishli
darajada amaliy ko‗nikmalarni ham shakllantirishga erishish lozim. Shu bilan birga
―Mikromakroiqtisodiyot‖ fani predmetini chuqur o‗rganish, bozor iqtisodiyotining
nazariy asoslari, qonuniyatlaridan xabardor bo‗lish, nazariy yondoshuvlarning
amaliy jihatlarini ilg‗ab olish, makroiqtisodiy jarayonlarning global va lokal
masalalarini tushunish muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi va ushbu fanni
o‗rganishning dolzarbligini ko‗rsatadi. Shu ma‘noda ushbu fanning ob‘ekti
kengayadi, predmeti toraymaydi.
Fanni o‗qitishdan maqsad
Do'stlaringiz bilan baham: