o‗zgarishlariga, demak, ishchi kuchiga bo‗lgan talabning tarkibiy o‗zgarishiga
Ma‘lumki, mehnatga bo‗lgan talab hosilaviy xarakterga egadir. U mazkur
mehnat turi qaysi tovar yoki xizmatni ishlab chiqarishda yoki ko‗rsatishda
qo‗llanilsa, shu tovar yoki xizmatga bo‗lgan talabga bog‗liqdir. Demak,
iqtisodiytdagi tarkibiy o‗zgarishlar ishchi kuchiga bo‗lgan talabda ham tarkibiy
xodimlarining mehnatiga bo‗lgan talab ham keskin qisqaradi. Ayni paytda
mehnatga bo‗lgan talab avvalgi darajada qolib, mehnatga bo‗lgan talabdan orta
bo‗lgan ishsizlik misol qilib keltiriladi. Ular «o‗layotgan» tarmoq vakillari
bo‗ladilar yoki ishlab chiqarishning boshqa omillari ta‘sirida siqib chiqariladilar.
Masalan, mehnatning o‗rnini kapital bosishi mumkin, natijada mehnatga bo‗lgan
talab susayadi.
Tarkibiy ishsizlik tushunchasiga «tirik», lekin muammolarga duch kelgan
tarmoqlardagi tarkibiy inqirozlar oqibatida vujudga keladigan ishsizlikni ham
kiritish lozim. Masalan, konversiya oqibatida Rossiyadagi ushbu tarmoqlarning
ko‗plab ishchilari tarkibiy ishsiz bo‗lib qoldilar.
Friksion va tarkibiy ishsizlikning umumiy jihati shuki, ularning ikkovi ham
har qanday mamlakatning iqtisodiyotida muqarrar ravishda vujudga keladi. Bunda
friksion ishsizlik darajasi qiymati mehnat bozoridagi aholining ijtimoiy-iqtisodiy
imkoniyat darajalarini, tarkibiy ishsizlikning ko‗rsatkichi esa tarkibiy o‗zgarishlar
darajasini xarakterlaydi.
Shuningdek, friksion va tarkibiy ishsizlik o‗rtasida tafovutlar ham bor.
Birinchidan, tarkibiy ishsizlik friksion ishsizlikka nisbatan uzoqroqqa
cho‗ziladi, chunki tarkibiy inqirozlarni qisqa muddat ichida bartaraf qilish qiyin.
Ikkinchidan, tarkibiy ishsizlarning tarkibi barqarorroq bo‗lib, bu
mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni keskinlashtiruvchi ziddiyatli guruhlarning
shakllanishiga olib kelishi mumkin.
Uchinchidan, agar friksion ishsizlar uchun qayta o‗qitish – ularning o‗z ishi
bo‗lsa, tarkibiy ishsizlar, agar ular tarkibiy inqiroz mobaynida ish topishni
rejalashtirgan bo‗lsalar, majburiy qayta o‗qitishga muhtojdirlar.
To‗rtinchidan, ko‗ngilli, friksion ishsizlikdan farqli ravishda, tarkibiy
ishsizlik har doim majburiy xarakterga egadir.
Umuman, tarkibiy ishsizlik – butun mamlakat uchun ham, ishsizlikning
ushbu toifasiga mansub bo‗lgan shaxslar uchun ham friksion ishsizlikdan ko‗ra
og‗irroq holatdir.
Friksion va tarkibiy ishsizliklarning yig‗indisi
Do'stlaringiz bilan baham: