Endogen nazariyalar
siklik tebranishlar iqtisodiy tizimning ichidagi
(o‗zidagi) sabablar bilan izohlaydilar.
Endogen nazariya tarafdorlarining fikricha,
iqtisodiy
sikllarga aynan
iqtisodiy
omillar sabab bo‗ladi. Bunday iqtisodiy sabablarga, masalan, quyidagilar
kiradi:
♦ Markaziy bankning rag‗batlantiruvchi yoki to‗xtatib turuvchi kredit-pul
siyosati;
♦ iste‘molchilar faoliyatining faollashuvi yoki so‗nishi;
♦ innovatsiyalar;
♦ asosiy kapitalning yangilanishi.
Endogen nazariyalar orasida siklik tebranishlarni asosiy kapitalning
yangilanishi bilan izohlovchi nazariya eng keng tarqalgan. Bu yangilanish o‗rtacha
aynan 8-10 yilda yuz beradi va siklning yuksaltiruvchi to‗lqinining boshlanishnini
keltirib chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |