Maktabgacha ta'lim muassasalarini frontal
у alpi tekshir ishning asosiy yo'Hari
Amalda nazorat qilishning asosiy turlari frontal-yalpi va
tematik tekshirish turlaridan foydalaniladi
Frontal-yalpi tekshirishi - bu maktabgacha ta'lim muassa-
sasi ishini hayotiy har tomonlama, atroflicha tekshirish
shaklidir. Ya'ni, muassasaning kadrlar tarkibi, maktabgacha
ta'lim dasturi talablarini bajarilishi, mudira va metodistning
ta'lim-tarbiyaviy va metodik, moliyaviy-xo'jalik ishlariga,
ularning kadrlar bilan ishlashi, ota-onalar va jamoatchilik
bilan ish faoliyati, ish shakllari, tibbiy yordam xizmati, maktab
bilan aloqa, ilg'or ish tajribalarini o'rganish, umumlashtirish va
ommalashtirish ishlarini amalga oshiruvchi tekshirish turidir.
Frontal-yalpi tekshirishga barcha tipdagi maktabgacha
ta'lim muassasalari, ularning kuchli yoki kuchsizligidan qat'i
nazar tekshiriladi. Kuchsiz muassasalarga ahamiyatni ko'proq
jalb qilishi lozimdir.
Frontal-yalpi tekshirish 4 yilda bir marta maktabgacha
ta'lim bo'limlari (viloyat MTM, shahar, tuman MTM) tomonidan
o'tkaziladi.
Frontal-yalpi tekshirish o'tkazishda avval to'la-to'kis
tuzilgan, tasdiqlangan tekshirish plani, unda nazariyadagi
asosiy masalalar, savollar aniq yoziladi, tekshirish metodi,
tekshiruvchilarning ish vazifalari, majburiyatlari va tekshirish
muddati ko'rsatiladi
So'ngranazoratchi-metodistyanabirbormaktabgacha ta'lim
bo'yicha chiqarilgan qaror, ko'rsatma, buyruqlarni, pedagogik
va metodik jurnallarini eng oxirgi yangi sonlarini ko'zdan
kechirib, maktabgacha ta'lim dasturi talablarini yaxshilab o'qib
oladi, shu muassasa hujjatlari bilan tanishadi. Bu ish uchun u
637
bu muassasada xalq xo'jaligi rejasi, bolalarning muassasaga
qatnash rejasining bajarilishi tahlil qilinadi. Kadrlar, ularning
tuman, shahar metodik ishlaridagi qatnashuvlari, malaka
oshirish ishlarini qarab, o'rganib chiqadi.
Muassasani kuchli yoki kuchsiz tomonlarini bilishda
avvalgi tekshirish materiallari yaxshi o'rganib chiqiladi,
kamchiliklarni yo'qotish bo'yicha qabul qilingan qarorlarni
qanday bajarilganligi aniqlanadi.
Yuqoridagi materiallar bilan tanishishda nazoratchi-
metodist nimalarga ko'proq ahamiyat berish kerakligini
belgilab beradi.
Tumanlarni nazrot qilishda, albatta, shu tuman selkengash,
organlari bilan, korkabinet va tashkilotlarga qarashli bo'lgan
maktabgacha ta'lim muassasalar bilan aloqa o'rnatiladi.
Nazorat qilishni, albatta, mudiraning ishtirok bilan
o'tkazish kerak, tashkilotlarga qarashli maktabgacha ta'lim
muassasalarda esa shu korkabinetning vakili qatnashadi.
Frontal-yalpi tekshirish olib borishning asosiy yo'llari.
Frontal-yalpi tekshirish nazoratchi-metodist va brigada
a'zolarining mudiri bilan suhbatlashishidan boshlanib,
tekshirish maqsadi, brigada ishi, tartibi, vaqti bilan tanishtiri-
ladi, So'ngra mudira muassasa haqida, nechta guruhdan
iboratligi, nechanchi yili ochilgan, bolalarning guruhlarga
taqsimlanishi, bolalarning kundalik davomati, muassasaning
texnikaviy materiallar bilan jihozlanishi, uning bazasi, kadrlar
tarkibi (pedagogik va xizmat ko'rsatuvchi) xodimlar bilan,
ularning ta'lim-tarbiyaviy ishlariga baho berib, xodimlarning
g'oyaviy-siyosiy va ishlash malakalari, muassasada mehnat
va ishlab chiqarish intizomining ahvoli, jamoaning yutuq
va kamchiligi, kamchiliklar o'sishdan ko'rilayotgan tadbir-
choralar xususida, tuman maktabgacha ta'lim bo'limi va
boshqa tashkilotlardan iltimoslar so'raydi.
Bu suhbat muassasa to'g'risidagi tekshirish ishiga dastlabki
taassurot beradi. So'ngra nazoratchi-metodist turli bo'limlar
638
bo'yicha tekshirish, o'rganish ishlarini boshlaydi. Quyidagi
tekshirishdagi asosiy savollarni keltiramiz.
Maktabgacha
ta'lim
muassasadagi
ta'lim-tarbiyaviy
ishlarning ahvoli va «Maktabgacha ta'lim muassasasida ta'lim-
tarbiya dasturi» talablarining bajarilishi, bolalarning ko'nikma
va malakalari, bolalar bilimining sifati, tarbiyachining ishlash
metodlari»;
Kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo'yish, kadrlarni tarbiyalash,
ishlash malakalarini oshirish omillari. Muassasadagi metodik
ishlar, metod kabinet faoliyati;
Tashkiliy-pedagogik
va
moliyaviy-xo'jalik
ishlarning
ahvoli. Xalq xo'jalik rejalarning bajarilishi, yo'llanmalar soni,
bolalarning davomati (bolalarning muassasaga qatnashi}
ishlarning bajaralishi;
Bolalarga tibbiy yordam tomonidan xizmat ko'rsatish sifati.
Bolalar ovqatlanishining ratsional ravishda tashkil etishi;
Ota-onalarning pedagogik, maorif ishlari;
Mudiraning maktabgacha ta'lim muassasasiga rahbarligi,
rahbarlik uslubi. Mudira va metodist tomonidan ta'lim-
tarbiyaviy ishlarga, dastur talablarining bajarilishiga, ularning
kontrolligi tekshirish;
Muassasasining joriy-texnika bazasining ahvoli, xo'jalik
faoliyati, xarajatlarni to'g'ri sarflash ishlari;
Ta'lim-tarbiyaviy ish rejalarining sifatliligi. Rejalarning
bajarilishi, Pedagogikkengash, ishlab chiqarish majlislarini, ota-
onalar yig'ilishlarini, maktabgacha ta'lim bo'limlari tomonidan
chiqarilgan, instruksiya va buyruqlarning bajarilishini nazorat
qilish;
Muassasada ishlab chiqarish masalalarining yo'lga qo'yilishi,
hujjatlar, ularning to'g'ri jihozlashishi va saqlanishi;
Nazoratchi-metodistning tekshirish bo'yicha xulosalari va
takliflari. Yakuniy Pedagogik kengashning o'tkazilishi;
Frontal-yalpi
nazorat qilishning yakuniy tekshirish
maqsadiga va vazifasiga bog'liqdir.
639
Nazoratchi-metodist pedagogik yoki ishlab chiqarish
majlislari o'tkazib, tekshirilgan masalalar, maktabgacha ta’lim
muassasasining ahvoli, ishlarni yanada yaxshilash uchun taklif
va mulohazalar beradi.
Nazoratlash natijasi akt bilan izohlanadi va ma'lumotnoma
tuzilib, unda konkret takliflar, mulohazalar, ko'rsatiladi. Akt
2 nusxada tuzilib, biri tuman, shahar maktabgacha ta’lim
bo'limiga, biri muassasaga beriladi.
Tematik tekshirish - bu tarbiyaning biror qismi yoki ta'lim-
tarbiya ishning bir qismi bo'linishi nazorat qilish shaklidir.
Masalan: «Mehnat tarbiyasi», «Axloqiy tarbiya», «Maktab
bilan aloqa», «0'yin» xodimlarning mehnati va hokazo.
Asosan bu tekshirish turi 1 yilda bir marotaba o'tkaziladi.
Tekshirish yo'llari va savollari quyidagicha (mehnat tarbiyasi
bo'yicha):
Guruh rejalarini uzoq muddatni qamrab olgan holda
tekshirish (chorak, yarim yillik). Maqsad: bajarilgan va
bajariladigan ishlarni aniqlash;
Mashg'ulotlarni kuzatish va tahlil qilish; bolalar mehnatning
eng muhim tomonlarini ko'ra olish;
- Kundalik hayotdagi mehnat bilan ta’minlash va tahlil
qilish;
- Kattalar va bolalarning birgalikdagi
mehnatlarini
kuzatish;
- Bolalarning kattalar mehnatiga munosabatlari, axloq
malakalarini kuzatish;
- Bolalar o'yinlarida mehnatni aks ettiruvchi jarayonlarni
kuzatish;
- Bolalar bilan individual suhbatlashish;
- Bolalar ishlarining tahlili;
- Tarbiyachining kundalik yozuvlarini ko'rish;
- Guruhdagi o'quv materiallarini tekshirish.
Nazoratchi-metodist guruh rejalarini (3-6 oylik) tekshirib,
unda ko'zda tutilgan tarbiya maqsadlarini amalga oshirish
yo'llarini qidiradi, osondan murakkablikka, oylik, istiqbolli
640
ish rejalarida tarbiyaning hamma qismlari rejalashtirilganligi,
qaysi bo'lim rejadan tushirib qoldirilganligi, ularni yuzaga
keltirgan sabablarni qidirib topishi kerak.
Rejani tahlii qilishdan maqsad - dastur talablarini bajarish
yo'Ilari, haftalik rejadagi mashg'ulotlarning turlari, ishi, talab
darajasida ekanligi, mustahkamlovchi, yangi bilim beruvchi
mashg'ulot turlarining oddiydan murakkablashib borishini
ko'rish mumkin.
Aniqiangan kamchiliklar o'z vaqtida muhokama qilinishi
kerak, aks holda bu kamchilik va xatolar keyingi oylarda
takrorianishi mumkin.
Mehnat bo'limini tekshirishda ko'rgazmalilik, kattalarning
faoliyati, mehnat jarayonini kuzatishda bir qator mashg'ulot-
larni kuzatish. Masalan: ekskursiya sifatida, kuzatishda,
suratlarni ko'rishda katta ahamiyat berish mumkin.
Ekskursiya jarayonida - tarbiyachilik bolalarda qiziqish
tuyg'ularini uyg'ota olishga, bolalarni asosiy narsani ko'ra
olishga, kuzata olishga, tanish bo'lgan voqea va hodisalarni
solishtira olish malakalarini o'stirish, ko'rganlariga yakun
yasay olish, fikrlash qobilatlarini o'stirishni tarbiyalash.
Do'stlaringiz bilan baham: |