N. M. Kayumova


Ta'lim-tarbiya ishlarini rejalashtirish mazmuni



Download 19,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet266/422
Sana01.01.2022
Hajmi19,29 Mb.
#301634
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   422
Bog'liq
мактабгача педагогика

466


Ta'lim-tarbiya ishlarini rejalashtirish mazmuni

Ta'lim-tarbiyaviy  ishning  mazmuni,  metodi  va  usullari 

hamda  uni  tashkil  etish  turlari,  bolalar  xulq-atvorini 

tarbiyalash  mazmuni,  ularda  madaniy-gigiyenik  malakalarni 

shakllantirish, bolalar mehnati va o'yinlariga rahbarlik usullari, 

bolaning  bo'sh  vaqti,  ko'ngilochar  daqiqalarni  tashkil  etish, 

shuningdek,  ota-onalar  bilan  ishlash  turlari  rejalashtirilishi 

lozim.


O'qitishning  har  bir  boTimiga  doir  mashg'ulotlarni 

rejalashtirishda  bilimlarni  egallashning  asosiy  bosqichlari 

hisobga  olinadi.  Rejada  bilimlar  mazmunining  takrorlanishi, 

ularni  sekin-asta  murakkablashtirish  nazarda  tutiladi. 

Istalgan bo'limga doir mashg'ulotlarni rejalashtirishda mazkur 

bo'lim  bilan bog'langan asosiy ta'lim-tarbiyaviy masalalardan 

tashqari  dasturning  boshqa  boTimlaridan  ayrim  masalalarni 

kiritish  kerak.  Mashg'ulotlarni  bunday  yaxlitlash  ularni 

rivojlantiruvchi samarasini oshiradi.

Ta’lim-tarbiyaviy ishlar  mashg'ulotlardan  tashqarida:  kun- 

dalik  turmush,  o'yin,  mehnatda  ham  davom  ettiriladi.  Rejada 

bolaning xulq-atvorini: bir-birlariga xayrixohlik munosabatini, 

bir-birining  o'yiniga  qiziqishlari  bilan  hisoblashishni,  yuzaga 

kelgan nizolarni haqgo'ylikbilan hal qilish kabilarni tarbiyalash 

vazifalari nazarda tutiladi.

Rejada  o'yinda  bolalarni  o'zaro  munosabatlari  va  xulq- 

atvorlarini  tarbiyalash  vazifasini  kiritib,  tarbiyachi  bolalar 

o'yinlarining  mazmunini,  ularning  o'ynash  ko'nikmalarini 

hisobga  oladi.  Kun  davomida tarbiyachi xilma-xil  harakatli va 

didaktik o'yinlarni uyushtiradi, ularga rahbarlik rejalashtiradi.

Bolalarning  mehnat  faoliyatlarini  tashkil  etish  shakllariga 

doir  rejalashtirish  muhimdir.  Mehnatni  tashkil  etish  shakli 

sifatida  barcha  guruhlarda  topshiriqlardan  foydalaniladi. 

O'z  mazmuniga  ko'ra  topshiriqlar  turlicha  bo'lishi  mumkin. 

Tarbiyachining  ish  rejasida  yangi  topshiriq  mazmunini

467



qayd  etish,  so'ngra  uni  bajarishga  jalb  etiladigan  bolalar 

ismlarini  ko'rsatish  maqsadga  muvofiqdir.  Tarbiyachi  bolalar 

navbatchiligiga  rahbarlikni  rejalashtirar  ekan,  tarbiyachi 

mehnat  hajmi  va  mazmunini,  bolalarga  navbatchilik 

vazifalarini  tanishtirishda  foydalanadigan  jihoz,  metod  va 

usullarni ko'rsatadi.

Rejada  bolalarning  jamoa  shaklidagi  mehnatlarini  tashkil 

qilish  mazmuni  va  tarkibi,  o'tkazish  vaqti  ko'rsatiladi.  Zarur 

jihozlar belgilanadi va joylashtiriladi,

Mustaqillik  bayramlari,  mustaqil  yurtimizdagi  muhim 

sanalar  va  hodisalar  bilan  boliq  bayramlar,  maktabgacha 

ta'lim muassasasida bolalarga Vatanga muhabbat, baynalminal 

hislarni  tarbiyalash,  ularni  xalqimizning  boy  milliy  va 

umumbashariy  qadriyatlari  asosida  tarbiyalash  maqsadida 

bayram  ertaliklari  o'tkaziladi.  Bayramlarni  tarbiyaning 

muhim  vositasi  sifatida  puxta  rejalashtirish  lozim.  Rejada 

muassasaning  butun  jamoasi,  bolalarning  tayyorlarligi  aks 

ettiriladi.  Pedagogik  kengashda  bayram  ssenariysi  ishlab 

chiqiladi va tasdiqlanadi.

Maktabgacha  ta'lim  muassasasi  ota-onalar  o'rtasida 

pedagogik  targ'ibotni  amalga  oshiradi.  Ularni  oila  va 

maktabgacha 

ta'lim 

muassasasining 

bolalarga 

ta’sir 


ko'rsatishda  hamkorlikni  yo'lga  qo'yish  maqsadlarida  ta'lim- 

tarbiyaviy  ish  mazmuni  bilan  tanishtiradi.  Bolalarni  oilada 

tarbiyalashning ilg'or usullarini o'rganadi, umumlashtiradi va 

tarqatadi. Bu ish izchil tarzda amalga oshiriladi va maktabgacha 

ta'lim muassasasi mudirasi tomonidan yillik rejada, tarbiyachi 

tomonidan  ham  rejalashtiriladi.  Ishni  tashkil  etish  usullari 

quyidagilarni:  ota-onalar majlisi,  bola  oilasiga borishni,  ochiq 

eshiklar  kunini,  mashg'ulotlar  o'tkazishni,  bolalar  ishlari 

bo'yicha ko'rgazmalar tashkil etishni nazarda tutadi.

Ta'lim-tarbiya  ishlarini  rejalashtirish  shakllarini  ilova 

etamiz.


Download 19,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish