N. M. Kayumova



Download 19,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet274/422
Sana01.01.2022
Hajmi19,29 Mb.
#301634
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   422
Bog'liq
мактабгача педагогика

7)

 har bir shaxsning bilim olishi va iste’dodini rivojlantirish- 

ning rag'batlantirilishi;

8} ta'lim  tizimida  davlat  va  ijtimoiy  boshqaruvning  o'zaro 

uyg'unligi.

Uzluksiz  ta'lim  tizimi  va  kadrlar  tayyorlashning  davlat  va 

nodavlat  ta'lim  muassasalarini  tarkibiy  jihatdan  o'zgartish 

va  ularni  izchil  rivojlantirish  davlat  tomonidan  boshqarib 

boriladi.  Barcha  bo'g'in  ta'lim  boshqaruv  organlarining 

huquq  va  vakolatlari  «Ta'lim  to'g'risida»gi  qonunga  muvofiq 

belgilanadi.  Mazkur  qonun  ta’lim  muassasalari  faoliyatining 

me'yoriy-huquqiy asoslarini  belgilab  berish  barobarida  uning 

moliya xo'jalik ishlarini  to'g'ri va  oqilona yuritishni,  ta'lim ja­

rayonini  tashkil  etishda  o'quv  yurtlarining  mustaqil  faoliyat

482



ko'rsatishini  ta'minlaydi.  Ta'lim  muassasalari  O'zbekiston 

Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  belgilangan 

tartibda  attestatsiyadan  o'tkaziladi  hamda  akkreditatsiya 

qilinadi.  Akkreditatsiya  yakunlariga  ko'ra,  ularga  ta'lim 

sohasida faoliyat yuritish huquqi beriladi.

Muassasa  tashkilotlar,  mahalliy  hokimiyat  organlari, 

tadbirkorlar doiralari, jamoat tashkilotlari, turli jamg'armalar 

va  homiylar  vakillarini  o'z  ichiga  olgan  vasiylik  va  kuzatuv 

kengashlarini  tuzish  orqali  ta’lim  muassasalarida  samarali 

jamoat boshqaruvi tizimi joriy etiladi.

Shunday  qilib,  mustaqillik  yillarida  mamlakatimizda 

ta'lim  tizimi,  jumladan,  maktabgacha  ta’lim  tizimini  tubdan 

yangilash  va  takomillashtirish  davlatimiz  siyosatining 

ustuvor yo'nalishlaridan biriga aylanadi. Shu yillar mobaynida 

yurtimizda  mazkur  sohani  rivojlantirishning  mustahkam 

huquqiy-institutsional  asoslari  yaratildi.  Jumladan,  «Ta’lim 

to'g'risida»gi  Qonunning  alohida  moddasi  maktabgacha 

ta'limga bag'ishlangani shundan dalolat beradi.

Unga  ko'ra,  maktabgacha  ta'lim tizimining  asosiy  maqsadi

-   bola  shaxsining  asoslarini  shakllantirish,  uning  jismoniy 

va  aqliy  jihatdan  sog'lom  va  yetuk  bo'lib  voyaga  yetishini 

ta'minlash,  ta'limning  keyingi  bosqichi  -   o'rta  maktabda 

o'qishga  tayyorlash,  bilim  olishga  qiziqishini  uyg'otishdan 

iborat. Shuningdek, ushbu moddada, «maktabgacha ta'lim olti- 

yetti yoshgacha oilada, davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim 

muassasalarida olib boriladi», deya qayd etilgan*

Kadrlar tayyorlash  milliy  dasturining  asosiy  maqsadi  ham 

komil  inson  tarbiyasiga  qaratilgan.  Mazkur  huquqiy  negizlar 

asosida  yaratilgan  maktabgacha  ta’lim  konsepsiyasiga 

tayangan holda maktabgacha ta’limning tarkibi va mazmunini 

qayta ko'rib chiqish, jismoniy, ma'naviy va intellektual jihatdan 

barkamol,  mustaqil  fikrlaydigan  yosh  avlodni  shakllantirish, 

uni  milliy  an'ana  va  qadriyatlarimiz,  buyuk  ajdodlarimiz 

qoldirgan  ulkan  ma'naviy-ma’rifiy  meros,  xalq  pedagogikasi



483


tajribasi,  zamonaviy  ilm-fan  erishgan  yutuqlarga  tayangan 

holda  tarbiyalash,  tarbiyaviy  jarayonda  maktabgacha  ta'lim 

muassasalari,  oila  va  ota-onalarning  o'zaro  munosabatlarini 

uyg'unlashtirish masalalari uzluksiz va izchil hal etilmoqda.

Shu  ma'noda  1993-yilda  qabul  qilingan  hamda  farzandla- 

rimizni  yoshligidanoq  jismonan,  ruhan,  ma'naviy  jihatdan 

tarbiyalashni  ko'zda  tutgan  «Sog'lom  avlod  uchun  dasturi» 

ham  beqiyos  ahamiyat  kasb  etadi.  Unda,  jumladan,  quyidagi 

vazifalarni amalga oshirish ko'zda tutilgan:

-   maktabgacha  ta'lim  muassasalarida  ta'lim-tarbiya 

mazmunini takomillashtirish va boyitish;

-   maktabgacha  ta'lim  muassasalarida  basseyn,  suv 

havzalari, turli sport inshootlari va to'garaklarini tashkil 

etish;


-   bu  borada  mamlakatimizda  va xorijda  to'plangan  ilg'or 

tajribani o'rganish va ommalashtirish;

-   mashg'ulotlarni  qiziqarli  o'yin  tarzida,  xususan,  xalq 

milliy o'yinlari asosida tashkil etish va o'tkazish;

-   bolalarning  sog'lig'ini  saqlash,  muhofaza  qilish  va 

mustahkamlash, 

sog'lomlashtirish  va 

chiniqtirish 

mashg'ulotlarini uzluksiz olib borish.

Maktabgacha ta'lim bo'yicha asosiy qonun hujjatlari:

«Ta'lim to'g‘risida»gi Qonun (Т.:  1997].

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi (Т.:  1997].

«Maktabgacha ta'lim  muassasalari to'g'risida»gi  Nizom  (Т.: 

2017].


«Maktabgacha  ta'lim  to'g‘risida»gi  Konsepsiya  (Т.;  2008; 

2011

].

maktabgacha  yoshdagi  bolalar  rivojlanishiga  qo'yiladigan 



davlat talablari  (T,: 2018].

Maktabgacha  ta’lim  sohasida  chiqarilgan  farmon,  buyruq, 

farmoyishlar,  ko'rsatmalar, yo'riqnomalar, boshqa  direktiv va 

me'yoriy hujjatlar.

«Ilkqadam» o'quv dasturi  (Т.: 2018].

484



FSMU TEXNOLOGIYASI


Download 19,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish