N. M. Kayumova



Download 19,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet256/422
Sana01.01.2022
Hajmi19,29 Mb.
#301634
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   422
Bog'liq
мактабгача педагогика

iMashg'ulotlarda 

va 

mashg'ulotdan 

tashqari 

vaqtda

 

o'ynaladigan didaktikva 



harakatli o'yinlar muhim 

rol 


o'ynaydi.

 

Tarbiyachi  bolalarning  sensor 

rivojlanishini,  aqliy tarbiyasini, 

bilish  jarayonlarini  didaktik  o'yinlar  orqali  amalga  oshiradi. 



harakatli 

o'yinlarda  bolalarning  jismoniy  madaniyatini 

tarbiyalash uchun yaxshi shart-sharoit yaratish kerak.

445



Harakatli  o'yinlar  ertalabki  va  kechki  sayr  soatlarida 

tashkil  etilib,  kuniga  1-2  marta  butun  guruh,  yoki  guruhcha 

bilan  o'tkazilishi  kerak.  O'rta  va  katta  guruhlarda  turli  xil 

sport  o'yinlari  o'tkazib  turiladi.  Hamma  o'yinlar  uchun  kun 

tartibidan vaqt ajratish va kerakli materiallar bilan ta'minlash 

tarbiyachining zimmasiga yuklatilgan.

Kun  davomida  bir  necha  marta:  ertalabki  qabul  vaqtida, 

ertalabki  va  kechki  sayrda  bolalarning  mustaqil  faoliyatlari 

tashkil  etiladi.  Bolalar  o'zlariga  tanish  bo'lgan  didaktik  va 

harakatli o'yinlarni o'ynaydilar,xohlagan rasmlarini chizadilar, 

xohlagan  narsalarini  (plastilindan)  yasaydilar,  kitoblar, 

rasmlarni  tomosha  qiladilar,  xohlagan  badiiy  asarlarini 

tinglaydilar.

Bolalarning  mustaqil  faoliyati  ular  uchun  dam  olish  soati 

hisoblanadi,  ammo  ish  bilan  bir  vaqtda  bolalarning  o'z-o'zini 

tashkil eta bilish qobiliyati o'sishiga, xulq, madaniyati, irodaviy 

sifatlarining  tarbiyalanishiga,  jamoa  munosabatlarining 

shakllanishiga  yordam  beradi.  U  har  xil  faoliyatlarda 

bolalardagi  o'ziga  xos  ijodkorlikning  rivojlanishiga  keng 

imkoniyat  yaratadi.  Shuning  uchun  bolalarning  mustaqil 

faoliyatiga ham tarbiyachining rahbarlik qilishi taqozo etiladi: 

chunki  xohlagan  ishi  bilan  shug'ullanishiga  imkon  yaratish, 

kerakli  material  va  asbob-uskunalar  bilan  ta'minlashda 

yordam berishda, tarbiyachining maslahati lozim bo'ladi.

Kun  davomida  sistemali  ravishda  mehnat  faoliyati  tashkil 

etilib,  bolalar kattalarning mehnati  bilan tanishtirib  boriladi. 

Bu  ish  mashg'ulotlarda,  ekskursiyalarda,  maqsadli  sayrlarda, 

bolalarning  kattalar  bilan  birgalikdagi  mehnatida  amalga 

oshiriladi.  Bunda  bolalarning  asosiy  e'tibori  mehnatning 

insonlar  uchun  foydasiga,  uning  xilma-xilligiga,  axloqiy 

munosabatlariga qaratiladi.

Bolalarning  ovqatlanishga,  mashg'ulotga  tayyorlanishlari, 

tabiat  burchagida  navbatchilik  vazifasini  bajarishlari,  ularda 

topshiriqqa  nisbatan  javobgarlik  hissini  rivojlantiradi,  shu 

bilan birga ijtimoiy his va munosabatlarni shakllantiradi.

446



Navbatchilik  ikkinchi  kichik  guruhda  yilning  ikkinchi 

yarmidan boshlanadi va hamma yosh guruhlarida davom etadi. 

Katta  guruh  bolalarining  qo'l  mehnati,  tabiatdagi  mehnati, 

xo'jalik-maishiymehnatlarihar kuni ertalabki soatda, ertalabki 

va  kechki  sayrda  sistemali  ravishda  tashkil  etib  boriladi. 

Haftasiga bir marta butun guruh ishtirokida bolalarning jamoa 

mehnati  tashkil  etiladi,  mashg'ulotlarda  qo'l  mehnatining 

yangi  turi  o'rgatiladi.  Mehnat  jarayonida  bolalarning  mehnat 

qilish malaka va ko'nikmalari takomillashadi, kuzatuvchanligi 

rivojlanadi,  qiziqishlari  ortadi,  mehnatsevarlik,  javobgarlik, 

burch hissi kabi axloqiy sifatlari shakllanib boradi.

Bolalarning  mehnat  faoliyatini  ularning  jismoniy  va  aqliy 

faolligini o'stiradigan qilib tashkil etilishi kerak. Buning uchun 

ularni  hamma  kerakli  materiallar  va  mehnat  qurollari  bilan 

ta'minlash  lozim.  O'z-o'ziga  xizmat  bolalar  mehnatini  tashkil 

etish shakllaridan biri hisoblanadi.

Kichkina  guruhdan  boshlab  bolalar  mustaqil  kiyinish  va 

yechinishga  o'rgatiladi.  Katta  guruh  bolalari  o'zlarini  har 

doim batartib  (tashqi ko'rinishi, sochi, kiyimlari, oyoq kiyimi) 

tutishlari kerak. Ular o'yinchoqlarni, kitoblarni, ish qurollarini 

o'yin va mashg'ulotdan keyin joy-joyiga yig'ishtirib qo'yadilar.

Har  kuni  ertalabki  mashg'ulotdan  keyin,  kunduzi  uyqu, 

kechki  nonushtadan  keyin  sayr  uyushtiriladi.  Sayrda  ijodiy 

o'yinning  hamma  turlari,  bolalarga  tanish  va  yangi  qoidali, 

o'yinlar  tashkil  etiladi.  Bolalarning  o'yin,  mehnat,  mustaqil 

faoliyatlariga rahbarlik qilish muhim ahamiyat kasb etadi.

Tarbiyachi bolalarning xilma-xil mustaqil faoliyatlari uchun 

shart-sharoit  yaratadi:  kerakli  material,  asbob-anjomlar, 

o'yinchoqlar bilan  ta'minlaydi,  maydonchada,  guruh  xonasida 

o'yin uchun joy tayyorlaydi.

O'yin va mashg'ulotlar o'tkaziladigan joy gigiyenik jihatdan 

talabga  javob  berishi  (yorug',  ozoda,  yaxshi  shamollatilgan, 

nam  latta  bilan  pollari  artilgan,  havo  temperaturasi  normal 

bo'lishi] kerak.



447


Sayrda  tabiatni,  kattalar  faoliyatini,  ijtimoiy  hayot 

voqealarini  kuzatish  imkoni  yaratiladi.  Sayr  boshlanishida 

bolalarning mustaqil xatti-harakat qilishlari: yugurish, o'tirish, 

gaplashish  va  tomosha  qilish  uchun  sharoit  mavjud  bo'ladi. 

Keyin  harakatli  o'yinlar,  bolalarning  mustaqil  faoliyatlari, 

mehnat, kuzatish, turli-tuman ijodiy o'yinlar tashkil etiladi.

MTMda  bolalar  turmushini  tashkil  etishga  katta  e’tibor 

beriladi.  Har  bir  yosh  guruhida  tashkil  etilgan  kun  tartibi 

bolalarning uyquga, ovqatlanishga, faol mehnat qilishga bo'lgan 

talabini  to'la  qondirishi,  bolalarda  ijobiy  hissiy  kayfiyatni 

saqlash/bolalarva kattalar o'rtasida to'g'ri munosabato'rnatish 

uchun kerakli shart-sharoit yaratilishi kerak.

Amalga  oshiriladigan  tadbirlarda  tarbiyachi  bolalarda 

madaniy-gigiyenik  malakalarni: 

ijtimoiy  xulqni, 

xatti- 


harakatlar madaniyatini tarbiyalab boradi.

Bolaning  sog'lom  bulib,  to'g'ri  rivojlanishi  uchun  tinch  va 

chuqur, kerakli uyqu muhim ahamiyatga ega.

Tarbiyachi  guruh  xonasida  bolalarni  uyquga yotqizgandan 

keyin xonaning shamollatilgan bo'lishini, tinchlikni ta'minlaydi. 

Bolalarning  uyg'onganlarini  sekin-astalik  bilan  turg'azish 

kerak.

Bola 


organizmining  o'zgaruvchan 

tashqi 


ta'sirlarga 

chidamliligini  oshirish  maqsadida  har  xil  chiniqtiruvchi 

tadbirlar havo,  quyosh,  suv vannasi  bilan  chiniqtirish  amalga 

oshiriladi.

Bunga  chiniqtiruvchi  tadbirlar vaqtini  sekin-asta  ko'payti- 

rib  borish,  suv  temperaturasini  pasaytirib  borish,  kunduzi 

uyquni  ochiq  havoda  tashkil  etish,  bolalar  kiyimlarini 

yengillatib  borish  orqali  erishiladi.  Bolalarning  kunduzi  va 

kechki soatlarda ochiq havoda bo'lishlarini ta'minlash ularning 

sog'lom, barkamol bo'lib o'sishlarida katta ahamiyatga ega.

Bolalarning  ochiq  havodagi  faoliyatlarini  qiziqarli  va 

maroqli o'tishini ta'minlash uchun har xil o'yinlar, sport, ermak 

o'yinlari,  kuzatish  va  mehnat  faoliyatlariga  kerakli  shart- 

sharoit yaratiladi.




Download 19,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish