Saylanma.
Abdulla Oripov
www.ziyouz.com kutubxonasi
111
Xijolatin tortsin o‘zi tabiat,
Tabiat uzrini so‘rasin sizdan.
Zahmatkash,
mehnatkash shu qalam bilan,
Buyuk asrimizning siz ham naqlisiz.
Davrga
goh quvonch,
goh alam bilan,
Baho bermoqlikka siz ham haqlisiz.
Tabarruk
bir yoshga yetibsiz omon,
Allohim kun bersa adog‘i bo‘lmas.
Agar
yuraklarni zabt etsa inson,
Undayin umrning sanog‘i bo‘lmas.
Qorong‘u tunlarda olovli so‘zni,
Kimki mash’al qilsa tole unga yor.
Baxtli ayolman deb atabsiz o‘zni,
Sizday shoiri bor xalq ham baxtiyor.
1995
Do'stlaringiz bilan baham: