Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, qon tarkibi 50 % dan ko’p genotipli
(golshtinlashagn) urg’ochi tanalar iptensiv ustirilganda, xo’jalik ratsionida o’stirilgan
tengdoshlaridan 305 kunlik laktasiyada 505 kg sut, 17,4 sut yog’i chiqimi ko’p
Bu ko’rsatkich qora-ola sigirlarning antepsiz o’stirilganlariga nisbatan 270 va
53
X.I.Hayrutdinov (1964) o’z tajribasida sigirlarni doimiy oziqlantirib, ularga
beriladigan suv miqdorini berish me’yorini, sigirlarda shirdon fermentini va sut ajralishi
miqdoriga ta’sirini o’rgangan. Kunlik suv ichish 25 % kamaytirilganda, shirdon
fermenti va sut ajralishida o’zgarishlar kuzatilgan. Kunlik suv berish miqdorini 3
qisimi qisqarganda, shirdon fermenti miqdori 20 %, sut miqdori esa 33,4 % kamaygan.
N.N.Gorbachyova va A.F.Krisanovlar (2004) ning ta’qidlashicha, sigirlarning sut
mahsuldorligini namoyon qilishi, oziqalarning iste’mol qilinishi va to’yimli
moddalarning o’zlashtirilishiga bog’liqdir.
Oziqalarni iste’mol qilinishi va to’yimli moddalaridan to’laroq foydalanish
qoramollarning zotdorligiga ham bog’liqligini ko’plab olimlar urgangan. Xuddi
shunday tajribalardan birini ushbu olimlar ham o’z tajribalarida o’rganishganlar. Bunda
ular to’qqizta genotipga mansub sigirlarning, oziqalarni iste’mol qilshi va to’yimli
moddalardan to’laroq unumli foydalanishini kuzatgan.
Bu zotlar simmental, qora-ola, qizil-ola zotlari va 1,2,3 bug’in duragaylar
(simmental x ayrshir va qora-ola x golshtin). Ushbu sigirlarning sut mahsuldorligi,
iydirish davrida ya’ni 100 kunlik sutini miqdori urganilgan. Ma’lumki sigir birinchi
100 kunligida laktasiyasida beradigan sutini 45 % beradi. Sof zotli qoramollarga
nisbatan, duragaylar ko’proq oziqalar iste’mol qilgan va to’yimli moddalarni yaxshi
uzlashtirilganlari tajribada tasdiqlangan. Sut mahsuldorligi bo’yicha 7/8 qon tarkibli,
qora ola x golshtin duragaylari, sof zotli qora-ola tengdoshlaridan 512,5 kg ko’p sut
bergan. Qora-ola x golshtin barcha bug’in duragaylari boshqa guruhdagi
tengdoshlaridan sut mahsuldorligi bo’yicha ustunlik qilgan. Faqat simmental x ayrshir
duragaylarini suti tarkibida yog’ va oqsil miqdori golshtinlashgan, qora-ola lar sutini
tarkibidagidan yuqori bo’lgan. Shunday bo’lsada, qora-ola x golshtin duragaylari sut
yog’i chiqimi bo’yicha ustunlik qilgan.
Shunday qilib, bir xil sharoitda asralgan va oziqlantirildgan sigirlarni
taqqoslaganda, qizilola zoti va qora ola x golshtin (7/8) duragaylari, 100 kunlik
sog’imida yuqori mahsuldorlikni namoyon qiladi. Bu ularning oziqalarni va oziqa
tarkibidagi to’yimli moddalarni yaxshi o’zlashtirganligi bilan asosalanadi.
54
S.A.Loginov va S.F.Pogodayev (2004) larning ta’kidlashicha, dunyoda
zootexniya fani sigirlarning nasl belgilarini ikkiga bo’lishni: birinchi mahsuldorlik
(sog’im miqdori va tirik vazniga), ikkinchi texnologik belgilari, bunda yelinni morfo-
funsional ko’rsatkichlari, sigirlar yelinini mashina sog’imiga yaroqliligi, mastitga,
stressga chidamliligi va urug’lanish qobiliyatiga bo’lishni taqoza etadi. Olimlar o’z
tajribalarida, sigirlarning tashqi ta’surotlarga chidamliligini sut mahsuldorligiga
bog’liqligini o’rganganlar. Tashqi ta’surotlar sifatida, sigirlarni boshqa sog’uvchi,
sog’ishga tayyorlash va sog’ish ishini amalsha oshirish kuzatilgan. Tajribada 1 guruh
birinchi tug’im sigirlar: 2 guruhga berkitilgan, 1 guruh – sof simmental zotli (25 bosh),
2 guruh qizil – ola golshtinlashgan (25 bosh) simmentallar berkitilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: