Yun genezis kelib chiqish, paydo boʻlish barcha tirik organizmlarga xos



Download 129,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana01.01.2022
Hajmi129,01 Kb.
#300987
1   2   3   4
Bog'liq
Genetika - Vikipediya

DNK

, nasldorlikning molekulyar asosi.


sitogenetikaning paydo boʻlishiga asos soldi. Genlarning tuzilishi va faoliyatining molekulyar

asoslarini kimyoviy, fizik, kibernetik metodlar va matematik modellashtirish orqali tadqiq

qilish molekulyar G.ning rivojlanishiga olib keldi. Molekulyar G. sohasida erishilgan

muvaffaqiyatlar DNK kodining kashf etilishi (J. Uotson, F. Krik, 1953); oqsil molekulalari

tarkibiga kiruvchi aminokislotalarning biosintez jarayonida oqsil hosil boʻlishidagi ishtirokini

taʼmin etuvchi irsiy axborot (kod) birligi boʻlgan nukleotidlar tripletining aniqlanishi (M.

Nirenberg , G. Mattey, S. Ochoa va F. Krik, 1961—62); genning molekulyar-genetik taʼrifi

izohlanishi (Bidl, Tatum); lab. sharoitida DNK molekulasining sunʼiy sintez kilinishi (A.

Kornberg , 1958); gen funksiyasi, yaʼni oqsil sintez qilinishi regulyatsiyasi molekulyar

mexanizmining ochib berilishi (F. Jakob, J. Mono, 1961-62) bilan bogʻliq. Bu sohada nazariy

tadqiqotlarning rivojlanishi natijasida G.ning amaliy sohasi — gen injeneriyasi va

biotexnologiya paydo boʻldi.

Irsiyatning mutatsiya nazariyasi kashf etilishi (de-Friz, 1903) G. tarixidagi muhim voqealardan

biri boʻldi. Bu nazariyaga binoan kuchli taʼsir etuvchi omillar (mutagenlar) taʼsirida

organizmlarning genlari tubdan oʻzgarib, yangi turgʻun xolatda nasldan-naslga beriladigan

oʻzgaruvchanlik paydo boʻladi. Bu jarayon mutagenez, irsiy oʻzgargan belgi esa mutatsiya;

mutatsiyaga ega boʻlgan organizm oʻz navbatida mutant deb ataladi. Ushbu nazariya dastlab

rus olimi S. I. Korjinskiy tomonidan yangi dalillar bilan tasdiklandi. Nemis olimi G. Meller 1927

y.da drozofila pashshasiga radiatsiya nurlarini taʼsir ettirib, sunʼiy sharoitda koʻplab mutatsiya

olish mumkin ekanligini isbotladi. U tajribada hosil boʻlayotgan mutatsiyalarni hisobga olish,

ularning tabiatini oʻrganish metodini ishlab chikdi. Rus olimlari G. A. Nadson va G. S. Filippov

(1925) rentgen nurlari taʼsir ettirib, madaniy oʻsimliklarning har xil mutatsiyalarini olishdi.

Ingliz olimi Sh. Auerbax, rus olimi I. A. Rapoport ayrim kuchli taʼsir etuvchi kimyoviy moddalar

taʼsirida mutatsiya olish metodini ishlab chikdi. Bu tadqiqotlar mutatsion G. yoʻnalishining

paydo bulishiga olib keldi. Evolyutsion G. organizmlardagi genetik qonuniyatlarni populyatsiya

darajasida tekshiradi. Bunday maʼlumotlar evolyutsion taʼlimotni genetik asoslashga imkon

berdi. Evolyutsion G. duragaylash, mutagenez, alohidalanish (izolyatsiya), kuchish

(migratsiya), tanlash, genlar dreyfi, populyatsiya toʻlqini kabi omillarning evolyutsiyadagi

ahamiyatini tushunib olishga imkon beradi. Turlar evolyutsiyasi, hayvonlar zoti va oʻsimlik

navlari yaratishning genetik asoslarini urganish imkonini beruvchi genetikmatematik

metodlar ishlab chikildi (ingliz olimlari R. Fisher, J. Xoldeyn, amerikalik olim S. Rayt, 1920—30;

rus olimlari S. S. Chetverikov, N. P. Dubinin va b.). N. I. Vavilovning irsiy oʻzgaruvchanlikning

gomologik qatorlar qonuni, madaniy oʻsimliklarning kelib chiqish genotsentrlari haqidagi

taʼlimoti hamda geografik jihatdan uzoq formalarni chatishtirish va immunlik toʻgʻrisidagi

nazariyalari oʻsimliklar seleksiyasi samaradorligini oshirishda katta ahamiyatga ega boʻldi. Bu

gʻoyalar mevali daraxtlarning bir qancha serhosil va sovuqqa chidamli navlarini yetishtirish

uchun asos boʻldi. Soʻnggi yillarda radiatsiya va kimyoviy mutagenlar yordamida mutatsiya



vujudga keltirish usuli tobora keng qoʻllanilmoqda. Bir qator antibiotiklar, aminokislotalar va

biologik faol moddalarning mutant shtammlari vujudga keltirilgan.

Oʻzbekistonda madaniy oʻsimliklar genetikasi va seleksiyasi sohasidagi i. t. ishlari

boshlangʻich material hisoblangan oʻsimliklar genofondini yaratish bilan bogʻliq. Oʻsimliklar

genofondi oʻsimliklarning ikki kolleksiyasini oʻz ichiga oladi. Ulardan biri oʻsimliklarning

madaniy navlari, chala yovvoyi va yovvoyi ajdodlarining dunyo kolleksiyasidir .

Oʻzbekistonlik olimlar G. S. Zaysev, F. M. Mauyer, A. A. Abdullayev va b.ning saʼy harakatlari

tufayli mamlakatimizda madaniy oʻsimliklarning boy kolleksiyasi barpo etildi. Soʻnggi yillarda

gʻoʻzaning sof gomozigotali izogen, mutant, monosomik va trans-lokatsion liniyalar genetik

kolle.k-siyasini yaratish ustida tadqiqotlar olib borildi (J. A. Musayev). ToshDU (hoz.

OʻzMU)ning bir guruh olimlari tomonidan gʻoʻzaning muhim morfologik, biologik, xoʻjalik

ahamiyatiga ega belgilarning genetik asoslari oʻrganib chiqildi va genetik kolleksiyasi

yaratildi. Kolleksiyaning asosiy qismi izogen liniyalar majmuasidan iborat boʻlib, oʻzining sifati

va soni jihatidan mamlakatlar ichida yagona hisoblanadi. Bunday kolleksiyalar gʻoʻzaning

monosom va translokatsion liniyalari boʻyicha ham barpo etilgan. Keyingi yillarda G.

sohasidagi tadqiqotlar Genetika va oʻsimliklar eksperimental biologiyasi institutit ham olib

borildi. Gʻoʻza sitogenetikasi va seleksiyasi sohalaridagi tadqiqotlarning rivojlanishiga S. S.

Kanash, L. G. Arutyunova, F. M. Mauyer, A. A. Abdullayev, A. I. Avtonomov, L. V. Rumshevich, S.

M. Mirahmedov, S. S. Sodiqov, B. P. Straumal va b. katta hissa qoʻshdi. N. N. Nazirov, O. J.

Jalilov olib borgan tadqiqotlar asosida radiobiologiya, radiatsion seleksiyaning nazariy va

amaliy asoslari ishlab chiqildi. Gʻoʻza mutagenezi sohasida bir qancha muhim tadqiqotlar olib

borildi (Sh. I. Ibrohimov, A. E. Egamberdiyev va b.). G. sohasidagi tadqiqotlar bogʻdorchilik va

tokchilik, donchilik, sholichilik, sabzavotchilik, botanika intlarida hamda bir qancha oliy oʻquv

yurtlari kafedralarida olib boriladi.

Hayvonlar genetikasi va seleksiyasi sohasidagi tadqiqotlar chorvachilik, qorakoʻlchilik va

ipakchilik i. t. intlarida amalga oshiriladi. S. I. Shodmonov ishlab chiqqan immunogenetik

metod krramollar seleksiyasi samaradorligini oshirish imkonini berdi. S. A. Azimov olib

borgan genetik va seleksion tadqiqotlar natijasida sermahsul tovuq zotlari yetishtirildi. V. A.

Strunnikov, U. N. Nasrullayev va b. olib borgan izlanishlar tufayli ipak qurtining kelgusida

erkak kapalaklar rivojlanib chiqadigan tuxumlarini tuxumlik davridan ajratib olish imkoniyati

tugʻildi. Odam genetikasi va molekulyar biologiyaga oid i. t. ishlari tibbiyot va pediatriya oliy

oʻquv yurtlari kafedralarida hamda endokrinologiya, biokimyo, immunologiya, virusologiya,

onkologiya va radiologiya i. t. institutlarida amalga oshiriladi. Molekulyar G., biokimyo, gen

injeneriyasi va biotexnologiya sohasidagi ilmiy izlanishlar genetika va oʻsimliklar

eksperimental biologiyasi, bioorganik kimyo, mikrobiologiya kabi ilmiy tadqiqot intlari va

OʻzMUda olib boriladi.




G.fanlari sistemasi. Tekshiradigan obʼyektiga binoan G. odam G.si, hayvonlar G.si, oʻsimliklar

G.si, mikroorganizmlar G.si, viruslar G.si kabi bir qancha fanlarga boʻlinadi. Bu fanlar ham oʻz

navbatida bir qancha xususiy fanlarga (mas: oʻsimliklar G.si, gʻoʻza G.si, bugʻdoy G.si, sholi

G.siga) ajratiladi. Qoʻllaniladigan ilmiy metodlariga binoan klassik G.ni (Mendel), sitogenetika,

biokimyo, molekulyar, fiziologik, ekologik G. kabi tarmoklarga boʻlish mumkin .

/4y.; Genetika i nasledstvennost. Sb. statey: Per. s. frans. M., 1987; Vavilov N. I.,

Proisxojdeniye i geografiya kulturnix rasteniy, L., 1987; Ayala F., Kaygar J., Sovremennaya

genetika, t. 1—2, M., 1988; Inge-Vechtovom S. G., Genetika s osnovami seleksii, M., 1989;

Xoliqov P . X. va b., Biologiya, T., 1996.

Joʻra Musayev, Sapyora Musayeva.

[1]


Download 129,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish