Chapdan qirqma zarba.
Dastlabki xolat chap tomondan o’yinga xos: o’ng
oyoq sal oldinga, gavda chapga burilgan, tana og’irligi ikkala oyoqqa teng
bo’lingan. Zarba berish paytida bilak oldinga-orqaga-chapga keskin buriladi,
bunda panjalar, albatta, buqiladi. Raketka to’p bilan aynan ana shu paytda
uchrashadi (100-rasm). Xarakatni bajarish paytida gavda biroz buriladi, ogirlik
markazi o’ng oyoqqa tashlanadi. Agar raqib to’pni pastdan aylantirib uzatsa, u
qancha kuchli bo’lsa, egilish burchagi shuncha katta bo’ladi. Chapdan qirqma
zarba berish texnikasi to’g’ri gavdaga tomon yunaltirilgan to’plarni qaytarish
uchun qo’llash imkonini qberadi. Bunda xarakat faqat bilak va barmok bilan
bajariladi. Shuni aytish joizki, qirqma zarbaning kuchi ro’paradan kelayotgan
to’pning tezligiga va o’yinchi bilan stol o’rtasidagi masofaga bogliq.
Do'stlaringiz bilan baham: |