Tayanch tushunchalar.
Qadimgi Sharq falsafasi, Daosizm, Konfutsiy ta’limoti, Veda, Ramayana,
Mahobhorat, Avesto, Zardo‘sht, Islom falsafasi, Abu Mansur Moturidiy, kubraviya, yassaviya,
naqshbandiya tariqatlari, panteizm, Temuriylar davri falsafasi, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Beruniy,
shariat, tariqat, sezgi.
Qadimgi Bobil, Misr,Hindiston va Markaziy Osiyo falsafiy tafakkuri.
Oddiy
tasavvurga ko‘ra Quyosh Sharqdan chiqqani kabi, falsafiy qarashlarning paydo bo‘lishi ham qadimiy
Sharq xalqlari taffakuriga borib taqaladi.Qadimgi Sharq xalqlarining tarixi va madaniyati, ularning
afsonaviy, diniy, axloqiy, siyosiy va huquqiy badiiy-estetik va falsafiy tasavvur va qarashlari, ularga
xos mazmunlar haqidagi bilimlar antiq davr mualliflari asarlarida, arxeologik manbalarda, xalq
og‘zaki ijodiyoti namunalari: afsonalar, dostonlar va rivoyatlarda aks etgan. Dastlabki falsafiy
tasavvurlar va qarashlar Sharqning eng qadimgi mamlakatlaridan bo‘lgan Bobilda eramizdan oldin
4-ming yillikning boshlarida paydo bo‘ladi. SHu davrlardayoq odamlarning dunyoda ro‘y berib
turadigan xilma-xil hodisa va voqealarga bo‘lgan munosabatlarlari va qiziqishlarini, garchi hali sodda
va yuzaki, ibtidoiy shaklda bo‘lsa-da, o‘zida aks ettirgan falsafiy qarashlar paydo bo‘la boshlagan.
Buni biz qadimgi Bobil adabiyotining ko‘zga kuringan mashhur asarlaridan biri «Gelgamish haqida
doston»da, undagi tuproq, suv, havo, issiqlik va sovuqlikning inson hayoti va tirikchiligining abadiy
manbai ekanligi, Gelgamishning obihayot qidirib, boshidan kechirgan sarguzashtlari, chekkan azob-
uqibatlari, odamlarning tabiiy qonunlar asosida yashashlari zarurligi, kishilarning hayot va o‘lim
sirlarini bilishga azaldan intilib kelishlari haqida qilingan hikoyalardan yaqqol bilib olamiz.
«Adona haqida doston»da esa insoniyat hayotida yaxshilik bilan yomonlik, ezgulik bilan yovuzlik
boylik bilan qashshoqlik bir-biriga tubdan qarama-qarshi va zid ekanligi haqidagi fikrlar ifodalangan.
«Jafokash avliyo haqida doston», «Xo‘jayinning quli bilan suhbati» kabi asarlarda biz buning yaqqol
guvohi bo‘lamiz. Eslab o‘tilgan birinchi dostonda baxt va baxtizlik, adolat va adolatsizlik haqida,
ularning sabablari va bartaraf etish usulari hamda yo‘llari xususida dastlabki falsafiy tasavvurlar va
g‘oyalar bayon etilgan.
Jamiyat ishlab chiqarishi o‘rtaga qo‘ygan talablar, inson amaliy faoliyati tug‘dirgan ehtiyojlar
asosida Bobilda tabiat hodisalari haqida, ularning mazmunini tushunib olib, ulardan turmushda
foydalanish zarurati, mahsulot va narsalarning miqdorini aniqlash, og‘irligi va uzunligini o‘lchash,
ishchi kuchlarning samarasini belgilash, binolar hajmini topish dalalarning er satxini hisoblab chiqish
zarurati dastlabki arifmetik va geometrik bilimlarning paydo bo‘lishini taqozo etadi. Bu narsa o‘sha
davrlardayoq taqvimning paydo bo‘lishiga olib kelgan va odamlardan astronomiya sohasida ma’lum
bilimlarga ega bo‘lishni talab qiladi. Shu asosda Bobilliklar quyosh soati, Quyosh ko‘rsatgichi va
uning 12 bo‘lakka bo‘linishini azaldan bilishgan. Antik davr ma’lumotlariga ko‘ra, Bobilda
Do'stlaringiz bilan baham: |