2-MAVZU: FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI:
SHARQ FALSAFASI
21
Bu yuqoridagi maktablardan lokayata va chorvaka maktablari haqiqiy real dunyo, deb insonlar
yashaydigan dunyoni tushunadilar. Ularning tarafdorlari dunyoni, tabiat hodisalarini, ular qanday
bo‘lishsa, xuddi shunday tushunmoq va tushuntirmoq kerak, degan talabni ilgari suradilar. Ular nuqtai
nazaricha, butun borliq: olov, suv, havo, tuproqning yig‘indisidan iborat bo‘lib, inson ham ana shu
to‘rt unsur birikmasidan tashkil topgan. Chorvakalar dunyoni hech kim yaratgan emas, balki uning
asosida to‘rt moddiy elementlar birligi yotadi, deb hisoblaydilar. Ular: «Olovni kim issiq qildi, suvni
kim sovuq qildi?» va kabi savollar berib, «Ularning hammasini shu hodisalarning o‘zidan qidirish
kerak», - deb javob qaytaradilar.
Lokayata maktabi vakillari, hayotning murakkab shakllari uning oddiy shakllarining uzoq davom
etgan evolyusiyasi tufayli vujudga keladi, deyishadi. Ularning fikricha, inson bir marta yashaydi.
SHuning uchun u baxtli hayot kechirishga, o‘zining oqilona ehtiyoj va manfaatlarini qondirishga
intilishi kerak. Bunday falsafiy qarashlar qadimgi Xitoyda ham vujudga keladi.
Qadimgi Hindiston kabi, qadimgi Xitoy ham Sharqda yirik o‘choqlardan biri bo‘lgan.
Eramizdan 2000 yil ilgari bu erda ham dehqonchilik keng taraqqiy etib, sug‘orish ishlari ancha
rivojlanadi. Bu erda ham metaldan, xususan, temirdan mehnat qurollari ishlab chiqarish avj oladi.
Qishloq xo‘jaligi, irrigatsiya ,hunarmandchilik, savdo-sotiqning ravnaqi turli bilmlarning
rivojlanishi uchun keng yo‘l ochadi. Natijada, qadimgi Xitoyda, astronomiya, biologiya, tibbiyot,
san’at va madaniyat sohalari katta yutuqlarga erishadi. Bu erda ham dastlabki falsafiy ta’limotlar
paydo bo‘lib, ularda dunyo abadiy, u 5 unsur – olov, suv, er, daraxt va metalldan tashkil tapgan,
degan qarashlar ilgari suriladi. Eramizdan oldingi XIX asrlarga kelib, Xitoyda daosizm falsafiy
oqimi paydo buladi. Uning asoschisi Lao-Szi, birinchi Xitoy faylasufidir. Qadimgi Xitoyning
ko‘zga ko‘ringan faylasuflaridan biri Lao-Szidir (VI-V asrlar). Uning ta’limotiga ko‘ra, olam,
jamiyat va inson hayoti Dao qonuniga bo‘ysunmog‘i lozim. Daosizm ta’limoti ana shu tariqa
shakllangan. Dao qonuni — tabiatning yashash qonunidir, undagi rang-baranglik kurashi va
uyg‘unligi abadiyligining e’tirof etilishidir. Bu qonunga ko‘ra, olamning asosini tashkil etuvchi
«Si», ya’ni beshta unsur — olov, suv, havo, er va yog‘och yoki metall olamdagi barcha jismlar
asosini tashkil etadi hamda ularning yuzaga kelishini ta’minlaydi. Lao-Szining ta’kidlashicha,
olamda hech bir narsa doimiy va o‘zgarmas, harakatsiz holda bo‘lishi mumkin emas.
Daosizmga binoan, dunyodagi hamma narsa bir holatdan ikkinchi holatga o‘tib turadi.
Qaramaqarshi kuchlar o‘rtasidagi kurash, ya’ni in va Yan orasidagi munosabat — bizni o‘rab
turgan olamni harakatga keltiruvchi kuchlar manbaidir. In va YAn o‘rtasidagi kurash daoni
anglatadi. Odamzod bu kurash jarayonida doimo yaxshilik tomonida turishi, o‘zini qurshab turgan
tabiat va atrofdagi olamga mehr ko‘rsatishi lozim. Bo‘lmasa, Dao qonuni buziladi va bunday joyda
baxtsizlik, fojia yuz beradi. Lao-Szi bu o‘rinda ekologik falokatni nazarda tutgan. «Kishilar Dao
qonunini buzmasliklari kerak, aks holda tabiat ulardan albatta o‘ch oladi», degan edi Lao-Szi. Buni
ekologik falokatlar avj olib borayotgan bugungi kun voqeligi ham tasdiqlaydi. U dunyo moddiy,
u tabiiy qonunlar asosida to‘xtovsiz harakat va o‘zgarishda bo‘ladi, deydi. Lao-Szi o‘zi bu haqda
shunday yozadi: «Ulug‘ dao hamma yoqqa qarab oqadi. U o‘ngga ham, so‘ngga ham yoyilgan. U
tufayli jami mavjudod tug‘iladi, ular hamisha o‘zgarishda bo‘lib, bir joyda to‘xtab qolmaydi».
Daosizm falsafiy ta’limotiga ko‘ra dunyodagi hamma narsalar qarama-qarshiliklarning bir-
biriga bog‘liqligi asosida, bir-biriga zid holda aylanib, o‘tib turadi. Tabiatdagi go‘zallik va
xunuklik, balandlik va pastlik, yaxshilik va yomonlik, borliq va yo‘g‘lik, uzunlik va qisqalik
birbiriga o‘tadi, bir-birini tug‘diradi, bir-biriga bog‘liq. Tabiatdagi barcha hodisalar
qaramaqarshiliklarni o‘z ichiga oladi. «In» va «Yan» qarama-qarshi kuchlar va tabiatning «5
unsuri» haqidagi ta’limotni Szou Yan ishlab chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |