2-MAVZU: FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI:
SHARQ FALSAFASI
22
Qadimgi Xitoy falsafiy qarashlarida Konfutsiyning (Er.avval 551-479 yillar) axloqiy
ta’limoti ham muhim o‘rin tutgan. U o‘zinig falsafiy qarashlarida kishilarni tarbiyalash masalasiga
katta e’tibor qaratadi. Uning fikricha, odamlar o‘z tabiyatiga ko‘ra bir-biriga o‘xshashdirlar, faqat
ular o‘z tarbiyalariga ko‘ra bir-birlaridan farq qiladilar.
Konfutsiy (xitoycha
孔子
, mil. avv. 551-479 yil) — Xitoy faylasufi, konfutsiychilik
asoschisi va siyosiy arbob bo‘lgan. Uning saboqlari va faylasufligi Xitoy, Koreya, Yaponiya va
Vetnam halqlarining o‘y-fikri va hayotiga chuqur ta’sir ko‘rsatgan. Konfutsiy kambag‘allashib
qolgan aristokrat va harbiylar oilasida tug‘ilgan. 22 yoshida ta’lim berish bilan shug‘ullanib,
Xitoyning eng mashhur o‘qituvchisi sifatida shuhrat qozongan. Konfutsiy o‘zi ochgan maktabida
4 ta fan: axloq, til, siyosat va adabiyot o‘qitilgan. 50 yoshida Konfutsiy siyosiy faoliyatini boshlab,
Lu davlatida yuqori amaldor bo‘lib xizmat qiladi. Fitnalar natijasida xizmatidan ketadi, 13 yil
mobaynida Xitoyning turli o‘lkalariga boradi, biroq u joylarda o‘z g‘oyalarini qo‘llay olmagach,
miloddan avvalgi 484-yilda Luga qaytib keladi. Ta’lim berishdan tashqari qadimiy Xitoyning 5 ta
mumtoz asari — „Shudzin“, „Shidzin“,
„Idzin“, „Yuedzin“ va „Lidzi“ni to‘plash, tahrir qilish, tarqatish bilan shug‘ullanadi. Konfutsiy
ta’limoti uning „Lun yuy“ („Suhbatlar va mulohazalar“) kitobida bayon etilgan. Bu kitob aslida
Konfutsiyning fikrlari va suhbatlari asosida shogirdlari va izdoshlari tomonidan yaratilgan.
Konfutsiy o‘zi uchun, avlodlari, yaqin shogirdlari uchun alohida ajratilgan qabristonga dafn
etilgan; uning uyi Konfutsiy ibodatxonasiga aylantirilgan, bu joy ziyoratgoh bo‘lib qolgan.
Konfutsiyning ta’limotida Li degan tushuncha alohida ahamiyatga ega. Bu tushuncha «Tartib»,
«Marom» degan ma’nolarni anglatadi. «Li» bo‘lmasa, jamiyatda tartib bo‘lmaydi, demak, jamiyat
ravnaq topmaydi. SHuning uchun jamiyatda doimo tartib bo‘lishi zarur», – deydi u. Konfutsiy
Osmonga, uning ulug‘vorligiga murojaat etib, ijtimoiy tuzilmalar ierarxiyasi, kishilar qat’iy
subordinatsiyasining zarurligini ko‘rsatishga harakat qiladi: «Osmon har bir insonga uning
jamiyatdagi o‘rnini belgilaydi, uni taqdirlaydi, unga jazo beradi»
2
. Xullas, Qadimgi Xitoydagi
falsafiy ta’limotlar tarixiga nazar tashlar ekanmiz, bu erda ham materialistik va idealistik
tendensiyadagi falsafiy oqimlarning guvohi bo‘lamiz. Masalan, ko‘pchilik qadimgi Xitoy
faylasuflari tushuncha, predmetning nomi bilan reallikdagi predmetning o‘zaro munosabati
to‘g‘risidagi muammoni hal qilishga qiziqqanlar. Mo Di (Mo-Szi), Syun-szi va boshqalar
tushunchalar («nomlar») ob’ektiv hodisalar va narsalarning inson ongidagi in’ikoslari, desalar,
Gunsun Lui tushunchalarni mutlaq mohiyat, deb qarab, ularni borliqdan uzib qo‘yadilar.
Umuman, Konfutsiy va Myan-Szining axloqiy siyosiy nazariyalari, Xan Fey-szi va «qonunchilar»
maktablari vakillarining davlat va huquq to‘g‘risidagi fikrlari haqida ham ma’lum mulohazalar
aytish mumkin. Bular Qadimgi Xitoy falsafasining «oltin davri»ni tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |