Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq



Download 7,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet328/596
Sana01.01.2022
Hajmi7,04 Mb.
#299388
1   ...   324   325   326   327   328   329   330   331   ...   596
Bog'liq
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

Tayanch tushunchalar:

 Axloqshunoslik, Etika, Axloq, Xulq, Odob, Falsafa, Milliy g‘oya,  

Noosfera, Etosfera, Biosfera. Muhabbat va nafrat, Ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik,  

Adolat,   Vijdon,   Burch,   Nomus,   Ideal,   Insonparvarlik,   Erkparvarlik,   Vatanparvarlik,  

Millatparvarlik, Tinchlikparvarlik, Jo‘mardlik, Xalollik, Rostgo‘ylik, xushmuomalalik, Kamtarlik.  

1. “Etika” fanining predmeti, mohiyati va tuzilmasi.

 Qadimgi yunon faylasufi Aristotel 

o‘z davrida mavjud fanlarni ta’riflarkan, ularni uchta guruhga ajratadi: nazariy fanlarga falsafa, 

matematika, fizikani; ijodiy fanlarga san’at, badiiy hunarmandchilikni; amaliy fanlarga esa etika 

va siyosatni kiritadi. SHu tariqa Etika  falsafa doirasidan ajralib  chiqadi  va  mustaqil  fan sifatida 

shakllana  boshlaydi.  Hozirgi  vaqtda  «Etika»  ijtimoiy-falsafiy  fanlar  tizimida  o‘ziga  xos o‘ringa 

ega  bo‘lgan  fandir.  «Etika»  (axloqshunoslik)–axloqning  kelib  chiqishi,  mohiyati,  xususiyatlari, 

jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni  haqidagi  fandir. U boshqa  ijtimoiy  fanlar singari o‘z qonunlari  va 

kategoriyalariga ega bo‘lib, ular orqali o‘z xulosalarini bayon qiladi. «Axloq» so‘zi aslida arabcha 

so‘z  bo‘lib,  xulq-atvor,  yurish-turish,  tarbiya  degan  ma’nolarni  anglatadi.  Hozirgi  vaqtda  bu 

tushuncha  jamiyatning  axloqiy  hayotida  yuz  beradigan  barcha  jarayonlarning  majmuini  aks 

ettiradi.    Jamiyatning  axloqiy  hayoti  deb  kishilarning  ijtimoiy,  siyosiy  va  xuquqiy  faoliyatida, 

oilasida  va  kundalik  turmushida  yuzaga  keladigan  o‘ziga  xos  munosabatlari  shakliga  aytiladi. 

Axloq tushunchasini ikki xil ma’noda ko‘rish mumkin: axloq umumiy tushuncha sifatida etikaning 

tadqiqot ob’ektini anglatsa, yakka tushuncha sifatida inson fe’l-atvori va xattiharakatining o‘ziga 

xos ko‘rinishini anglatadi.   

Xususan  «odob»,  «xulq-atvor»  ma’nolarida  ham  ishlatiladi.  Aslida  «axloq»  va  «odob» 

tushunchalari bir-biridan mazmun jihatidan farq qiladi.   

A. Sher «Axloqshunoslik» kitobida ko‘rsatishicha, «Odob-inson haqida yoqimli taassurot 

uyg‘otadigan, lekin jamiyat va insoniyat hayotida u qadar muhim ahamiyatga ega bo‘lmaydigan, 

milliy urf-odatlarga asoslangan chiroyli xatti-harakatlarni o‘z ichiga oladi.  

Axloq  esa–jamiyat,  zamon  insoniyat  tarixi  uchun  namuna  bo‘la  oladigan  ijobiy 

xattiharakatlar yig‘indisidir».

42

  



Axloq inson va jamiyat o‘rtasidagi ob’ektiv aloqadorlik tufayli kelib chiqadigan, har bir 

shaxsning hayoti va faoliyatini boshqaradigan, tartibga soladigan prinsip va normalar majmuidir.  

Axloq ijtimoiy xodisa sifatida insoniyat jamiyati vujudga kelishi bilan bir vaqtda jamoalar 

bilan  shaxslar  o‘rtasidagi  ehtiyoj  va  manfaatlarga  xizmat  qiluvchi  aloqa  tarzida  vujudga  kelib, 

o‘zining tarixiy taraqqiyotida:  

-

 



insonning  tabiiy  xislatlarini  o‘zgartiruvchi,  yaratuvchi  faoliyati  shaklida 

umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi;  

-

 

jamiyatda  yashovchi  har  bir  shaxsni  har  tomonlama  kamol  toptiruvchi 



ma’naviyijtimoiy omil asoslaridan biri;  

                                                

42

 

A. Sher. «Axloqshunoslik». Т., 2010 y.



 

 




Download 7,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   324   325   326   327   328   329   330   331   ...   596




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish