12-MAVZU. ARGUMENTLASH VA BILIMLAR TARAQQIYOTINING MANTIQIY SHAKLLARI
175
boshlamagan” degan tezis (V) o‘rniga, “A shaxs umuman janjal bo‘lgan erda yuq edi” degan
tezisni (A) isbotlashga xarakat kilinadi.
Ikkinchi tezisni isbotlab bulmaydi, chunki A shaxsning janjalda qatnashganligini ko‘rgan guvohlar
bor.
II.Argument (asos)larga taalluqli xatolar:
1.
Asoslarning xatoligi. Tezis isbotlanganda yoki rad etilganda xato argumentlarga chin deb
asoslanish natijasida atashib yoki bilmasdan mantiqiy xatoga yul qo‘yiladi. Masalan, Qadimgi
grek faylasufi Fales o‘z talimotini hamma narsa suvdan paydo bo‘lgan, degan fikrga asoslanib
yaratgan.
2.
Asoslarni avvaldan taxminlash shaklidagi xato. Tezis isbotlanmagan argumentlarga
asoslansa, bunday argumentlar tezisning chinligini isbotlamaydi, balki tezisning chinligi
taxminlanadi, xolos.
3.
“Aylanma isbot etish”deb nomlanuvchi xato. Tezisning chinligi argumentlar orqali,
argumentlarning chinligi tezis orkali isbotlansa mantiqiy xatoga yul qo‘yiladi. Masalan,
“So‘zning qudrati fikr bilan o‘lchanadi”, degan tezisni “Fikrning qudrati so‘z bilan o‘lchanadi”,
deb isbotlasak, yuqorida aytilgan xatoga yo’l qo’yiladi. III.Isbotlash usuli (demonstratsiya) bilan
bog‘liq, xatolar.
1. “Yolgon (soxta) isbotlash”. Agar tezis uni isbotlash uchun keltirilgan argumentlardan bevosita
kelib chiqmasa, mantikiy xatoga yul kuyiladi. Bunda tezisga aloqador bo‘lmagan argumentlarga
asoslaniladi. Masalan, “A shaxs yomon odam”, degan tezis “Tunda yomon odamlargina ko‘chada
yuradi”, “A shaxs ko‘chada tunda yuribdi” degan argumentlar bilan asoslansa, fikr yuzaki (soxta)
isbotlangan bo‘ladi.
Argumentlashning mantiqiy asoslarini bilish va baxs yuritish koidalariga amal kilish tafakkur
madaniyatini yukori darajaga ko‘tarish imkonini beradi. Bilishning maqsadi qayd kilingan
hodisalarning mohiyatini tushuntirishdan iborat. Buni hamma vakt ham mavjud tasavvurlar,
prinsiplar yordamida amalga oshirib bulmaydi. Bilish jarayonida ma’lum bir ziddiyatlar, birinchi
navbatda, mavjud bilimlarimizning erishgan darajasi bilan yangi bilish vazifalarini xal qilish
zaruriyati o‘rtasida ziddiyat kelib chiqadi, muammoli vaziyat paydo buladi. Bunday ziddiyatlar,
ayniksa, kundalik hayotimizda murakkab vazifalarni hal kilishda, fanda esa tub burilishlar davrida
yaqqol namoyon bo‘ladi. Mana shunday vaziyat, masalan, tabiatshunoslikda XIX asrning oxiri va
XX asrning boshlarida radioaktivlik hodisasiiing kayd kilinishi, elektronning kashf etilishi,
nurlanishning kvant xususiyatga egaligining asoslanishi va shu kabi kashfiyotlar natijasida
vujudga kelgan. Uning mohiyatini tabiatshunoslikning, birinchi navbatda, fizikaning mavjud
qonunlari va prinsiplarining yangi qayd kilingan xodisalarni tushuntirish uchun etarli emasligida,
deb bilmok zarur.
Shuni ham aytish kerakki, ilmiy bilishda muammoli vaziyatni fan tarakkiyotining ichki ehtiyojlari
ham keltirib chiqarishi mumkin. Masalan, hozirgi paytda fanda sinergetika g‘oyalari va
metodlarini tushuntirish, matematikada aksiomatikaning imkoniyatlari va qo‘llanish sohalarini
aniqlash bilan bog‘liq bo‘lgan vazifalarni hal qilish zaruriyati yangi vaziyatni yaratadi. Bilimlar
taraqqiyotining mantiqiy shakllari: muammo, gipoteza, nazariya
Muammo
- javobi bevosita mavjud bilimda bo‘lmagan va echish usuli noma’lum bulgan savoldir.
SHuning uchun xam muammoni qo‘yish va hal qilish mavjud bilimlarni qayta ishlash, ba’zi
hollarda esa, xatto, ular doirasidan chetga chiqishni, yangicha echish usuli, metodlarini qidirishni
taqozo etadi. Qanday muammolarni ilgari surishni, uni muxokama kilishning xususiyatini amaliy
faoliyatimiz va bilishimiz extiyojlari belgilab beradi.
Muammoni muvaffaqqiyatli hal qilishning zarur shartlaridan biri uni tug‘ ri qo‘yish va anik bayon
kilishdan iborat. To‘g‘ri ko‘yilgan savol, V.Geyzenberg aytganidek, muammoni echishning
yarmidan ko‘prog‘ini tashkil etadi. Muammoni to‘g‘ri quyish uchun muammoli vaziyatni aniq
Do'stlaringiz bilan baham: |