13-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI
181
Axloqshunoslik va ekologiya. Keyingi paytlarda axloqshunoslikning ekologiya bilan aloqasi
tobora mustahkamlanib bormoqda. Tarixan axloqshunoslik ko‘proq insonning o‘zi, o‘zgalar va
jamiyat oldidagi majburiyatlarini tahlil etish bilan shug‘ullangan, uning tabiatga bo‘lgan
munosabati diqqat markazidan chetda qolib kelgan. Lekin keyingi davrlarda, ayniqsa, XX va XXI
asrda tabiatga nisbatan tor manfaatparastlik doirasidagi yondashuvlar oqibatida paydo bo‘lgan
ekologik buhron manzarani o‘zgartirdi. Endilikda global ekologik muammolar ko‘proq
odamlarning ijtimoiy-axloqiy nuqtai nazarlariga bog‘liq ekani ma’lum bo‘lib qoldi.
Shunday qilib, hozirgi kundagi ekologik muammolarni hal etishning ko‘p jihatlari
axloqshunoslik ko‘magiga borib taqalmoqda. XX asrda ekologik axloqshunoslik degan maxsus
soha ham yuzaga keldi. Lekin, bu-axloqshunoslik ekologiyani to‘liq o‘z ichiga oladi, degan so‘z
emas. Chunki axloqshunoslikda axloqiy baholash va boshqarish ob’ekti sifatida tabiatning o‘zi
emas, balki odamning tabiatga bo‘lgan munosabati maydonga chiqadi.
Axloqshunoslik va milliy g‘oyalar falsafasi. Garchand o‘quv fani sifatida milliy g‘oya oliy
va o‘rta maxsus ta’lim tizimida yaqinda joriy etilgan bo‘lsa-da, uning ildizlari qadimiy ma’naviyat
tariximizga borib taqaladi. Zero, har bir milliy mafkura tizimida axloqiy g‘oyalar albatta o‘z
o‘rniga ega bo‘ladi, ko‘pgina axloqiy g‘oyalar zamirida esa milliy mafkura unsurlari yotadi. Shu
sababli, axloqshunoslik tarixini milliy g‘oya, mafkura tushunchalarisiz va tarixiy davrlarning
axloqiy-falsafiy tadqiqini ularning tahliliy in’ikosisiz tasavvur qilish mumkin emas.
Axloqshunoslik fani jamiyat a’zolari va har bir fuqaroga milliy g‘oyani singdirish vositasi
sifatida ham diqqatga sazovor. Chunki milliy g‘oya ezgulikka muhabbat, milliy qadriyatlarga
hurmat-e’tibor, vatanparvarlik, millatparvarlik, fidoyilik, ziyolilik tamoyillarini siyosiy anglash
ishtirokida talqin etilgan tushunchalar tizimi tarzida taqdim qilsa, axloqshunoslik ularni axloqiy
anglash vositasida ro‘yobga chiqadigan tamoyillar sifatida olib qaraydi. Xullas, axloqshunoslik
bilan milliy g‘oya o‘rtasida, xalqona til bilan aytadigan bo‘lsak, et bilan tirnoq darajasidagi
yaqinlik mavjud.
Jamiyatimizdagi hozirgi yangilanish jarayonida axloqshunoslikning o‘z o‘rni bor. Uning oldida
yangi demokratik va huquqiy davlat barpo etishga kirishgan mamlakatimiz fuqarolarining,
ayniqsa, yoshlarning axloqiy darajasiga mas’ullik va har tomonlama kamol topgan zamon kishisi
tarbiyasini nazariy asoslashdek ulkan vazifalar turibdi. Ularni faqat qadimiy va har doim
zamonaviy bo‘lib kelgan axloqqa yangicha yondashuvlar asosidagina amalga oshirsa bo‘ladi.
Yangicha yondashuvlardan biri-axloqshunoslikda milliy g‘oya va mustaqillik mafkurasiga
e’tiborni kuchaytirish bilan bog‘liq. CHunki zamonaviy komil inson an’anaviy axloqiy qadriyatlar
bilan yo‘g‘rilgan yangicha mafkuramizni o‘zida mujassam etgan, milliy g‘oyani o‘z ruhiy olamiga
singdirgan etuk shaxs bo‘lmog‘i lozim. Uning qalbida axloq mafkuraviylikni va mafkura
axloqiylikni o‘zida uyg‘unlashtirgan ma’naviy hodisalarga aylanmog‘i kerak. CHunki mafkura bir
yoqlama, mahdud, o‘ta siyosiylashtirilgan g‘oyalar tizimi emas, u ham xuddi axloq kabi, axloq
bilan yonma-yon turib, insonni yuksak ma’naviy parvozlarga da’vat etuvchi botiniy kuchdir. Islom
Karimov buni teran mantiqiylik bilan shunday ifodalaydi: «U insonga faqat moddiy boyliklar va
moddiy ne’matlar uchun emas, avvalo, Alloh taolo ato etgan aql-zakovat, iymon-e’tiqod tufayli
yuksak ma’naviyatga erishish uchun intilib yashash lozimligini anglatadigan, bu murakkab va
tahlikali dunyoda uning taraqqiyot yo‘lini yoritadigan mayoqdir»
44
.
Zero, milliy g‘oya bilan umumbashariy qadriyatlar muvozanatini barqaror saqlashni yashash
sharti deb bilgan mustaqillik mafkurasi axloqni to‘ldiruvchi va boyituvchi hodisa sifatida o‘zining
bosh maqsadini axloqiy vazifalarga hamohang tarzda amalga oshiradi. SHu bois Islom Karimov:
«Xalqni buyuk kelajak va ulug‘vor maqsadlar sari birlashtirish, mamlakatimizda yashaydigan,
millati, tili va dinidan qat’i nazar, har bir fuqaroning yagona Vatan baxt-saodati uchun doimo
44
Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. Т., «Ўзбекистон», 2000, 6-b.
4
O’sha manba, 7-b.
Do'stlaringiz bilan baham: |