Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq


Falsafiy  antropologiyaning  predmeti  va  vazifalari



Download 7,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet227/596
Sana01.01.2022
Hajmi7,04 Mb.
#299388
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   596
Bog'liq
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

Falsafiy  antropologiyaning  predmeti  va  vazifalari. 

Falsafiy  antropologiya  izlanishlarining 

bosh mo‘ljali va o‘zagini inson va faqat inson tashkil etadi. SHu ma’noda falsafiy antropologiyani 

antropotsentristik falsafiy ta’limot deb nomlash mumkin, chunki unda inson atrofida borliqning 

boshqa  barcha  muammolari  aylanuvchi  o‘ziga  xos  «markaziy  o‘q»  hisoblanadi. 

Falsafiy 

antropologiyaning antropotsentrizmi falsafaning tadqiqot markazida inson turishi bilangina emas, 

balki uning barcha maktablari uchun inson



 

dunyoning markazi hisoblanishi bilan ham belgilanadi. 

Mazkur yondashuv zamirida antik falsafaning Protagor ta’riflab bergan «Inson hamma narsalar 

mezonidir»,  degan  tamoyili  yotadi.  Falsafiy  antropologiyaning  antropotsentrizmi



 

Evropa 


madaniyati asoslaridan biri sanalgan xristianlik mafkurasidan ham

 

kelib chiqadi. Aynan xristianlik 

dunyoviy hayot markaziga insonni qo‘yadi, uni

 

Xudo o‘ziga o‘xshatib yaratgan, degan g‘oyani 

ilgari  suradi.  Shu  nuqtai  nazardan  xristiancha  madaniyat  vakilining  mentaliteti  asosida 

shakllangan falsafiy antropologiyani sharq falsafiy maktablari bilan taqqoslash o‘rinli bo‘ladi. Shu 

narsa diqqatga sazovorki, sharq falsafasida inson hech qachon dunyoning markazi hisoblanmaydi, 

zero, u tabiatning tarkibiy qismi, uning uzviy elementi, Koinotning ko‘p sonli darajalaridan biri 

sifatida  qaraladi.  SHarq  falsafasida  antropotsentrizm  yo‘q,  umuman  olganda,  falsafiy 

antropologiya  ham  mavjud  emas.  Bu  falsafada  inson  dunyoning  tabiiy  bir  bo‘lagi,  tabiatning 

ajralmas elementi hisoblanadi. Tabiatning o‘zi esa mukammal bo‘lib, inson unga qarshi turmasligi, 

balki uning izmiga bo‘ysunishi lozim.



 

SHunday qilib, ko‘pgina faylasuflar tomonidan qo‘yilgan 

«Inson  nima»,  degan  savol  Evropa  falsafiy  antropologiyasi  uchun  uning  falsafiy  muammolari 

majmuini belgilovchi bosh masala hisoblanadi (va u falsafiy tafakkurning boshqa yo‘nalishlaridan 

ayni  shu  jihatdan  farq  qiladi).  Falsafiy  antropologiya  insonning  borlig‘i  nuqtai  nazaridan  inson 

haqidagi  ta’limotdir.  Inson  va  uning  borlig‘i  to‘g‘risidagi  mulohazalar  muammolarning  keng 

doirasini  qamrab  oladi.  Bularning  barchasi  antropologizm,  ya’ni  insonning  mohiyati 

muammolarini  izchil  o‘rganuvchi  tadqiqotlarning  alohida  yo‘nalishi  –  tor  ma’nodagi  falsafiy 

antropologiya to‘g‘risida so‘z yuritish imkonini beradi. Keng ma’noda esa, falsafiy antropologiya, 

shu  jumladan,  inson,  uning  tabiat  va  jamiyatdagi  borlig‘i  haqidagi  ta’limotni  ham  o‘z  ichiga 

oluvchi falsafiy qarashlar tizimi sifatida maydonga chiqadi.

 

 


Download 7,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   596




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish