8-MAVZU. FALSAFIY ANTROPOLOGIYA (INSON FALSAFASI)
120
hodisani o‘rganish va tushunishda tayaniladigan qadriyatlar va mo‘ljallar tizimidan tashkil topadi.
Ayni shu sababli bu erda u yoki bu faylasufning dunyoni qanday tushunishi, uning hayotga
munosabati, ayniqsa, muhim rol o‘ynaydi. U qaysi aksiomalarni ilgari surishi, qaysi
ustuvorliklarni qayd etishi, nimani muhim deb hisoblashi, nimaga ishonishi yoki ishonmasligidan
faylasufning boshqa narsalarga bo‘lgan tegishli munosabati, uning umumiy va xususiy
masalalarga doir falsafiy pozitsiyasi kelib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |