8-MAVZU. FALSAFIY ANTROPOLOGIYA (INSON FALSAFASI)
117
iborat. Inson joni o‘ziga bog‘liq emas, chunki u xudo tomonidan in’om etiladi. O‘rta asr xristian
falsafasi qadimgi Yunon antropologiyasiga xos antik ratsionalizmni qayta ko‘rib chiqdi. Qadimgi
Yunon antropologiyasining butun diqqat e’tibori, inson axloqi, bilimini ulug‘lashga qaratilgan
bo‘lsa, o‘rta asr falsafasida esa, eng muhim insoniy fazilat, e’tiqod, ishonchga asoslangan inson
erki hisoblanadi. Ya’ni, o‘rta asr sharoitida insonning aql-idroki o‘rniga, erki e’zozlandi. Inson
ichki olamini har tomonlama o‘rgangan mashhur xristian faylasufi Avgustinning tushuntirishicha,
inson yaxshilikni biladi, biroq undagi erk o‘ziga bo‘ysunmaydi, oqibatida u qilishi kerak
bo‘lmagan narsalarni qiladi. Uningcha, Xristianlikka qadar bo‘lgan falsafiy ta’limotlarning
hammasiga bir illat, bid’at yuqqan; ularning hammasi ham tafakkurni insonning eng oliy
kuchqudrati deb ko‘klarga ko‘tarib kelgan. Aqlning o‘zi ham dunyodagi eng shubhali va noaniq
narsa bo‘lib, vahiy kelmaguncha bizni noma’lumlikdan yorug‘lik tomon olib chiqa olmaydi
34
.
O‘rta asr falsafiy fikr-mulohazalarida insonning oliy voqelikka munosabati ham o‘zgacha bo‘ldi.
Antik falsafa ta’kidlaganidek, har bir kishining shaxsi, xudosi, o‘ziga nisbatan bo‘ladigan barcha
munosabatlarni ham belgilab berar edi. Xuddi shu joydan – insonning ichki olamida bo‘ladigan
o‘zgarishlarni bilishga qadam qo‘yilardi. Birdamlikda inson ichki olamini o‘rganishga bo‘lgan
qiziqish, xatto stoiklar zamonasiga qaraganda ham ortib ketgan edi. Insonning ma’naviy dunyosi,
uning ruhiy olamining shakllanish jarayoni muammolari, o‘rta asrning mashhur xristian
faylasuflaridan biri, sxolastikaning yirik namoyandasi Foma Akvinskiyning ham diqqat markazida
bo‘ldi. Foma Akvinskiy jamiyat a’zolarining ma’naviy va ijtimoiy muammolari haqida bosh
qotiradi. Ushbu muammolarni Yunon faylasuflariga o‘xshab jamiyat va davlat doirasida
o‘rganadi. Uning fikriga muvofiq, davlat barchaning farovonligi haqida qayg‘urish uchun
yashamog‘i darkor. Lekin u jamiyatda mavjud bo‘lgan turli tabaqaga mansub kishilarning teng
bo‘lishiga mutlaqo qarshi edi. Hamma xudoga bo‘ysunishi, barcha xristianlar orzu qilgan
ezgulikning asosini tashkil etmog‘i lozim, degan fikrlar olg‘a surildi.
Sharq falsafasida inson muammosi. Inson borlig‘i haqidagi dastlabki tasavvurlar qadimgi Sharq
mamlakatlari, ayniqsa Hindiston, Xitoy, Markaziy Osiyo xalqlari tomonidan yaratilib, miflar,
ertaklar, dostonlar, qo‘shiqlarda o‘z ifodasini topgan. Odamlar o‘zlari yashab turgan atrofmuhitda
sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni turli Xudolar ramzida ifodalashgan. Odamlar va Xudolarning
turmush tarzlari bir xil, hatto ular bir xil xislatlar, fazilatlar va bir xil nuqsonlarga ega bo‘lganlar.
Lekin Xudolar qudratli, kuchli, salobatli, hamma narsaga qodir, deb ta’riflangan. Asta-sekin o‘sha
qudratlilik, yaratuvchanlik, buyuklik, barcha ishlarni uddasidan chiqa olish salohiyati odam, tirik
mavjudot tomon og‘a boshlagan. Odam hamma narsaga qodir bo‘lgan. Dastlabki inson obrazini
qadimgi Hind Vedalarida tasvirlangan Purusha misolida ko‘rishimiz mumkin. Eramizdan avvalgi
XII-VII asrlarda yaratilgan Hind Vedalarida 4 asosiy kitob Rigveda, Atxarvaveda, Samoveda,
Yajurveda, ya’ni diniy bilimlar, gimnlar, qo‘shiqlar, to‘plamlarida insonning qiyofasi haqidagi
dastlabki fikr-mulohazalarni uchratish mumkin. Lekin bu erda inson va uni yashaydigan joyi
bo‘lgan jamiyat haqidagi qarashlar mifologik xarakterga ega. Vedalarda yozilishicha, bir butun
yaxlit borliqning ayrim xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan inson ikki yirik mohiyat: tana
bilan jonning qorishmasidan iborat. Tana bilan jon esa, hamisha o‘zaro aloqadorlikda, biri
ikkinchisi bilan bog‘liq. Qadimgi Hind vedalarida aytilishicha, olam bir butun, tirik
mavjudotlarning hammasi o‘sha butunning ajralmas zarralaridir. Odam esa o‘sha tirik zotlarning
o‘ziga xos shakli, ko‘rinishidir. Hozirgi odamzot tanasining shakli, jonining bir shakli tanadan
boshqa shakl tanaga sonsanoqsiz marta kuchib o‘tishlari natijasida sodir bo‘lgan. Hind falsafasida
axloqiy hatti-harakatlar o‘zgarishlar zanjiri, hayotning «aylanishi”ga kiritilgan: ..qayta tirilish –
hayot – o‘lim – qayta tirilish – hayot – o‘lim... (sansara). Shunday qilib, renkarnatsiya g‘oyasi –
bu spetsifik hindcha fenomendir. Buddani to‘rt oliy xaqiqati shu tinimsiz tug‘ilishdan qutilishdan
iboratdir. 1. Dunyo azob-uqubatlarga to‘lib ketgan. Tug‘ilish – azob, qarilik – azob, kasallik va
o‘lim – azob.O‘zing yomon ko‘radigan odam bilan uchrashish – azob, sevimli kishidan judo
34
Qahhorova Sh. Global ma’naviyat – globallashuvning g’oyaviy asosi. Тошкент: “Тафаккур” 2009, 338 b
Do'stlaringiz bilan baham: |