8-MAVZU. FALSAFIY ANTROPOLOGIYA (INSON FALSAFASI)
119
etishga qaratilgan. «Avestoda «yaxshi» va «yaxshilik» so‘zi bilan ifodalangan axloqiy idealning
mohiyati er yuzini saqlash va e’zozlashga da’vat etilgan poklanish tushunchasi orqali
ifodalanadi»
36
. Zardushtiylik ta’limotida jamiyat va insonning hayoti bilan bog‘langan o‘ziga xos
ijtimoiy-tarixiy va falsafiy tizim yaratilgan bo‘lib, ushbu diniy ta’limotda suv, tuproq, olov, va
havoni ilohiylashtirgan holda ularni e’zozlash va ezgu fikr, ezgu so‘z va ezgu amal birligida uning
ekologik sofligini saqlashni o‘zida ifodalagan. Inson to‘g‘risidagi diniy-falsafiy qarashlarni
Markaziy Osiyoda III asrda keng yoyilgan Moniylik ta’limotida ham ko‘rish mumkin. Moniy
(216-277) qarashlari Zardo‘sht qarashlaridan farq qilar edi. Moniy o‘zining axloqiy ta’limotini
yoyish uchun “Xuastuanift” kitobini yozdi. U turk tilida yozilgan iqrornomadir. Moniylikni targ‘ib
qiluvchi ushbu kitobdagi ma’lumotlar Avestoda uchraydigan ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi
kurashni yangicha davomiy ko‘rinishidir. V-VI asrlarda tarqalgan yana bir diniy-falsafiy ta’limot
mazdakiylik edi. Mazdak ta’limotiga muvofiq olamda bo‘layotgan o‘zgarishlar ongli va ma’lum
bir maqsadga qaratilgan bo‘lmog‘i lozim. Ayniqsa, insonning ongli faoliyati ezgulik ustidan
g‘alaba qiladi. Mazdak qarashlarida jamiyatdagi ijtimoiy tengsizlikka bartaraf etish g‘oyasi
markaziy o‘rinlardan birini egallar edi. Uning fikricha, jamiyatda barcha odamlar teng bo‘lishi,
ular orasidagi sodir bo‘ladigan turli munosabatlar ijtimoiy adolat tamoyillariga asoslanishi darkor.
U jamiyatda xotinqizlar va erkaklarni teng huquqliligini talab qilib chiqqan birinchi islohotchi edi.
Musulmon faylasuflari ham odam bilan olam orasidagi o‘zaro aloqadorlik muammolarini bilishga
intildilar. Odam deb ataluvchi mavjudotni kim yaratgan? Odamlar qanday unsurlardan tashkil
topgan. Odamning inson darajasiga ko‘tarilishi qanday sodir bo‘ladi? Insonning jismi bilan uning
ruhiyati, ma’naviyati orasida aloqadorlik mavjudlik kabi savollarga javob topmoqchi bo‘ldilar. Bu
savollarga javobni musulmon faylasuflari Qur’oni karimdan izlaydilar. Qur’oni Karimning 7
A’raf surasining 11, 12, 15 – Xizr surasining 26 oyatlarida dastlabki odam (Odam Ato) suratini,
Olloh qora botqoqdan, ya’ni loydan yasaganligi, keyin unga tiriklik ya’ni jon ato etganligi, Momo
Havoni esa Odam Atoning chap biqinidan yaratilganligi habar qilinadi.
Musulmon madaniyati – ma’naviyatining nazariy-uslubiy asoslarini shubhasiz, islom dinining ikki
yirik muqaddas manbasi: Qur’oni karim va Hadisi sharif tashkil etadi. Musulmon falsafasida
hadisshunoslik o‘ziga xos o‘rin tutadi. Buyuk hadisshunoslardan Imom Buxoriy 7275 ta sahih
hadislarni to‘pladi. Bu hadislarda umuminsoniy axloq to‘g‘risida batafsil gapiriladi. Buxoriyni
shogirdi Iso at Termiziy musulmon hadislarni to‘plashda va uni har tomonlama tahlil etishda o‘ta
fidoiylik qildi. Ayniqsa, hadislar to‘g‘riligi, ishonchliligining darajasini aniqlashda o‘z ustozi
Imom Buxoriydan ham o‘tib ketdi. Bunday nozik ishni bajarishda, u ichki ezoterik uslubdan
foydalandi. Birinchidan, u payg‘ambarlar hadislarini vujudga kelishi manbalarini o‘rgandi va
uning mazmunini tushuntirib berdi. Ikkinchidan, har bir hadisni islom manbalari nuqtai nazaridan
tahlil qildi. At-Termiziy Markaziy Osiyo xalqlarining islomgacha bo‘lgan urfodatlari, rasm-
rusumlari, marosimlarini musulmon madaniyati va axloqi qoidalariga moslashtirishda beqiyos
ulush qo‘shdi. Musulmon falsafasini yangi ratsional tamoyillar, normalari bilan boyitdi. Ayniqsa,
inson ma’naviy madaniyatini shakllantirishda va uni yanada rivojlantirishda aqliy bilish muhim
ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab o‘tgan. Qaerda bilim, ilmga e’tibor kamaysa, o‘sha erda
odamlar axloqan tubanlasha boshlaydilar. Bilimsizlik – xurofotga moyillikni kuchaytirsa, ilm
izlamaslik g‘iybatchilikka undaydi va jamiyat ma’naviy inqirozga yuz tutadi. Odamlar orasidan
mehr-oqibat ko‘tariladi. Bilimsizlikning dastlabki ko‘rinishi, kishining o‘z iffatini yo‘qotishidir,
deb tushuntiradi. SHunday qilib, haqiqiy falsafada muayyan masalalar, ayniqsa, inson bilan
bog‘liq murakkab masalalar xususida bir xil fikrlash hollari kuzatilmaydi. Bundan farqli o‘laroq,
fanda bir fikrlilik u yoki bu muammoning uzil-kesil echimi topilganidan dalolat beradi. Masalan,
«abadiy dvigatel»ni yaratish masalasi xususida olimlar orasida to‘la bir fikrlilik hukm suradi:
hozirgi zamon tabiatshunosligi qonunlariga muvofiq bunday dvigatelni yaratish mumkin emas.
Ammo fandan farqli o‘laroq, falsafaning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, u har qanday
36
Махмудова Г.Т. Философская сущность Авесты. –Ташкент: Санъат, 2010. – С.157.
Do'stlaringiz bilan baham: |