Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet310/328
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#298661
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   328
Bog'liq
@BOOKS KITOB YULDUZLI TUNLAR

www.ziyouz.com kutubxonasi 
301
Darhaqiqat, tarix alohida shaxslar irodasiga bo‘ysunmas ekan, — dedi Bobur. — 
Oyog‘ingiz tagidagi tog‘ pastga qarab ko‘chsa, siz yuksakka qanchalik intilmang, tog‘ 
ko‘chkisi bilan birga pastga qulab ketar ekansiz. Endi o‘ylab ko‘rsam, Movarounnahrdagi 
ko‘chkilar meni xuddi shu ko‘yga solgan ekan. Biroq siz qadam qo‘ygan tog‘ ichdan 
ko‘tarilib o‘sib borsa, ko‘zlagan yuksakligingizga qanday ko‘tarilganingizni o‘zingiz 
sezmay qolur ekansiz. Hindiston menga ichdan ko‘tarilib o‘sib boruvchi tog‘dek tuyuladir, 
mavlono. Shuning uchun Samarqandu Andijonda qilolmagan ishlarimni bu yerda qilish 
umididamen! 
— Mening nazarimda ham endigi yuksalish asri Hindga ko‘chganga o‘xshaydir. Jaholat 
quvgan juda ko‘p ilmu san’at ahli sizdan panoh istab Hindga kelishlari bejiz emasdir. 
Chunki falakning gardishi o‘zgardi. Axir bir vaqtlar Xurosonu Movarounnahr ham ichdan 
ko‘tarilib o‘sib boruvchi tog‘dek yuksalgan emasmidi? Xorazmda — Beruniy, Buxoroda — 
Ibn Sino, Tusda — Firdavsiy, Bolasug‘unda — Yusuf Xos Hojib— bular hammasi bir-
biriga asrdosh. Shuncha zo‘r siymolar chiqqan asr — bizning ulug‘ bir yuksalish asrimiz 
edi. Chingizxonning ko‘chmanchi o‘rdalari bosib keldi-yu, madaniy taraqqiyotimiz iplarini 
bir necha asrga uzib tashladi. Ulug‘bek davrida Samarqandda, Navoiy davrida Hirotda 
juda ko‘p madaniy daholar yana uyg‘ondi. Yangi yuksalishlar asri boshlandi. Lekin 
kajraftor falak buni ham bizga ko‘p ko‘rdi! Yana chingiziy sultonlar madaniy taraqqiyot 
iplarini uzib, chalkashtirib yubordilar... Faqir Hirotda topolmay yurgan kalavaning uchini 
shu yerda topgandek yengil tortmoqdamen. Musofirlik juda og‘ir bo‘lsa ham, lekin 
bashariyat yashab turgan shu keng olamda yangi daholari uyg‘ongan, ilmu san’atga 
astoydil yo‘l ochilgan Hindning borligi qalblarga quvvat beradir... Men endi «Habib us-
siyar»ning so‘nggi tahririni shu yerda, qanotingiz ostida tugallash umididamen. 
— Bajonidil!.. Bizdan neki ko‘mak zarur bo‘lsa tortinmay ayting. 
— Faqir Hazrat Mir Alisherning kutubxonalarida ko‘p yil ishladim. Husayn Boyqaro 
hazratlarining kutubxonalaridagi nodir qo‘lyozmalardan ham ko‘p foydalandim... Endi... 
bu kutubxonalar Hirotda qoldi. 
Xondamir Boburning ham ellik kishi ishlaydigan ulkan kutubxonasi borligini bilar
Hirotdan topilmaydigan nodir manbalar bu yerdan topilishi mumkinligiga ishonar edi. 
Biroq podshohning xos kutubxonasiga ancha-muncha odam yo‘lay olmaydi. Xondamir 
shuni o‘ylab, gapining davomini aytishga iymandi. 
— Siz bizni deb shuncha joydan kelibsizu biz kutubxonamizni sizdan ayagaymizmi, 
mavlono? — dedi Bobur uning iymanish sababini sezib. — Abdulla kitobdorga 
buyurgaymen, sizga neki asar zarur bo‘lsa topib bergay. Kutubxonada hindistoniy 
kitoblar ham ko‘p. Abdulla kitobdorning ixtiyorida sanskritni yaxshi biladigan tarjimon 
olimlar bor. Shulardan bir-ikkitasini sizning ixtiyoringizga berurmen, neki xizmatingiz 
bo‘lsa ado eturlar. 
Toabad minnatdormen, hazratim! Gustoxlik sanalmasa, yana bir erkaligim bor... 
— Marhamat, mavlono. 
— Hirotda o‘zingiz yozgan sarguzashtlaringizdan parcha o‘qib bergan edingiz. Meni 
maftun etgan edi. Agar shu asaringizning tayyor qismlari bo‘lsa, men uchun... eng aziz, 
eng nodir manba bo‘lur edi. Chunki siz boshdan kechirib, tadqiq etgan tarixiy voqealarni 
boshqa hech kim shunday yaxshi tadqiq etgan emas... 
Bobur otining chimirilgan quloqlariga tikilib bir oz jim bordi. U ikki yildan beri 
«Boburnoma»ni boshidan qaytib ko‘chirib, yaxlit bir asar holiga keltirmoqda edi. Bultur 
yoz issiqlari tugab, yomg‘ir fasli boshlanganda juda qattiq shamol ko‘tarilgan. Bobur 
chodirda ishlab o‘ltirganda yomg‘ir aralash kelgan dovul uning chodirini yiqitib, 
qo‘lyozmalarning o‘nlab varaqlarini uchirib ketgan edi. Butun-butun boblarni yomg‘ir-
dovul halok qilgan edi. Ularni tiklash uchun haligacha yaxlit bir vaqt topilmas edi. 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   328




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish