Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet284/328
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#298661
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   328
Bog'liq
@BOOKS KITOB YULDUZLI TUNLAR

www.ziyouz.com kutubxonasi 
277
Menga farzandlarim dunyoning hamma boyliklaridan azizroq. Siz o‘g‘limning jonini 
qaytarib bergandek bo‘ldingiz. Mana bu qutichadagi ulug‘ olmosni sizga peshkash 
qilaman! 
— ... Voqeaning tafsili shu, — dedi Humoyun va otasiga «Bir navkarning o‘lgani-yu, 
Vaysbekning jazolangani uchun gap eshitmasmikinmen?» degandek termilib qaradi. 
Bobur og‘ir tin oldi-yu: 
— Alqissa, bu go‘zal olmos ham zo‘ravonligu xunrezlik balosini ko‘rib kelmishmi? — dedi. 
— Hazratim, mendan xatolik o‘tgan bo‘lsa afv eting. Men o‘yladimki, o‘z or-nomuslarini 
shunday bebaho olmosdan ham ortiq qadrlaydigan odamlar g‘ayridin bo‘lsalar ham... 
— Rost, bu mamlakatda shunday or-nomusli odamlar borligini o‘ylasam, mening ham 
ko‘nglim ko‘tarilur, o‘g‘lim! Ammo bizning nazari past beku navkarlarimiz zo‘ravonligu 
talonchilik bilan hind elini bizdan cho‘chitmoqdalar. Axir bizning maqsadimiz faqat 
mamlakat olmoq emas edi-ku. Biz Hindistonda katta davlat tuzish orzusini ko‘nglimizga 
tugib kelgan edik. Yagona qudratli davlat barpo etilishidan hind eli ham manfaatdor 
emasmi? Barcha o‘lkalar birlashsa, elning tinkasini quritgan ichki urushlar to‘xtamasmi? 
Ulus tin-chib, ilmu san’atning ravnaqi osonlashmagaymi? Buni sezgan hindistoniylardan 
Dilovarxon, Hindubek kabilar biz bilan hamkorlik qilmoqdalar. Biz endi butun hind 
elining  ko‘nglini  olmoqqa  intilmog‘imiz  darkor, o‘g‘lim! 
— Hind elining ko‘nglini olmoq?! — taajjub bilan so‘radi Humoyun. — Qonli janglar 
vahimasidan qo‘rqib, shaharu qishloqlarini tashlab qochmoqda bo‘lgan ming-ming 
odamlarning ko‘nglini biz qandoq olg‘aymiz? 
Bobur Panjobda yo‘lni adashtirib, fotihlarni xarob qilmoqchi bo‘lgan filbonni va boya 
«Ket, bosqinchi!» — deb qichqirib o‘zini olovga tashlagan kelinchakni esladi: 
— Ha, bu juda mushkul muammo! — Bobur miz ustida turgan sadaf qutichani qo‘liga 
oldi. — Umidvormen, shoyad bu muammoni yechishga muyassar bo‘lsak. Axir mana sen 
bir qancha hindistoniylarning ko‘nglini olmishsen-ku. Dehliga kelgan kuning ibodat-
xonada bu elning muqaddas tuyg‘ularini himoya qilmishsen. Buning hammasiga loyiq 
mukofot mana shu olmosdir! Ol, haloling bo‘lsin! 
— Hazratim, — deb Humoyun qutichani olmay qo‘lini ko‘ksiga qo‘ydi, — bu olmosni men 
sizga atab keltirdim. 
Bobur sadaf qutichani yana miz ustiga qo‘ydi-yu, ovozi xiyol tovlanib: 
— Sening  bu  saxovating  uchun  tangriga shukrlar qilamen, — dedi. — Panipat jangida 
sen menga eng birinchi bo‘lib zafar keltirding, qo‘shinning ruhini ko‘tarishga sababchi 
bo‘lding. Men hali bu xizmatlaringni ko‘nglimdagidek taqdirlaganim yo‘q. 
— Lekin sizning avvalgi in’omlaringiz mening butun umrimga yetgulikdir, — deb 
Humoyun otasiga «Mubayyin»ni eslatgisi keldi. — Men ham sizga arzirlik bir armug‘on 
keltirish orzusida edim... 
— Unday bo‘lsa, mayli, men bu armug‘oningni bir marta qabul qilay. Endi shu olmos 
menikimi? 
— Sizniki! 
— Lekin taqdir menga dunyodagi barcha olmoslardan qimmatliroq bir mukofot 
bermishdir. Bu mukofot — mening sendek o‘g‘lim borligidir. Tojdor, taxtdor ota-o‘g‘illar 
orasida qandoq yomon baxilliklar, qandoq razil xunxo‘rliklar bo‘lganligi senga sir emas. 
Men istaymenki, bu balolar senu menga hech vaqt yovuq kelmasin. Xudodan tilagim 
shuki, mendan senga, sendan avlodlaringga saxovatu mardlik, fidokorligu olijanoblik 
meros bo‘lib qolsin. Bu fazilatlar bizni ulkan tog‘ silsilasidek doimo bir-birimizga bog‘lab 
tursin. Ana o‘shandagina biz Hindistonga kelib ko‘zlagan ulug‘ maqsadlarimizga 
yetishgaymiz. 
— Siz aytgan ulug‘ maqsadlar uchun o‘g‘lingiz jonini berishga ham tayyor! 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   328




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish