Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet280/328
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#298661
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   328
Bog'liq
@BOOKS KITOB YULDUZLI TUNLAR

www.ziyouz.com kutubxonasi 
273
qochirib yuborardi. Ko‘p ichib yotgan kunlari ertalab turib yo‘talsa balg‘amga qon 
aralashib chiqardi. Buni ko‘rgan hirotlik xos tabib Yusufiy: 
— Hazratim, o‘tinamen ichkilikni tashlang! — deya yalinardi. 
Boburning o‘zi ham uyqusiz behalovat bo‘lib yotgan kechalari «endi tashlamasam 
bo‘lmas», derdi. Lekin kunduz biron tashvishdan ko‘ngli g‘ash bo‘lsa yoki aksincha
kayfini chog‘ qiladigan yaxshi voqea yuz bersa, yana ichgisi kelib qolardi. Ayniqsa, ilk 
qadahlarni ichib, kayfi endi ko‘tarilib kelayotgan paytlarda beklari bundan keyingi ichkilik 
majlisga taklif qilsalar osonlikcha rozilik berib qo‘yardi. Bugun peshindagi o‘ltirishda ham 
xuddi shunday bo‘lgan, «kechasi kemada bazm qilurmiz» deb beklarni o‘zi ziyofatga 
taklif qilgan edi. 
Holbuki tushda ichilgan mayning g‘ubori haligacha tarqamasdan borlig‘ini lohas qilmoqda 
edi. 
Bobur mulozimlari va xos navkarlari bilan Jamnaga yaqinlashganda daryo bo‘yidagi 
ko‘kalam yalanglikda dafn marosimi o‘tkazayotgan barahmanlar, ayollar, keksa-yosh 
yuzdan ortiq odamlarni ko‘rdi. Bobur dafn marosimini yaqinroqdan kuzatmoqchi bo‘ldi-
yu, otini o‘sha tomonga burdi. 
Panipatdagi jangning dahshatli tafsilotlarini eshitgan odamlar otliqlardan qo‘rqib, 
marosimni buzib qocha boshladilar. Bobur yaqin borganda yondirishga tayyorlab 
qo‘yilgan o‘lik oldida bitta motamsaro kelinchak, keksa ayol va munkaygan bir 
barahman chol qolgan edi. O‘tin ustida chalqancha yotqizib qo‘yilgan jasadning 
peshonasini to‘fangdan merganlarcha otilgan o‘q qoraytirib teshib o‘tgan edi. 
Bu rajput yigitni Bobur qaerdadir ko‘rganday bo‘ldi. Ha, Panipat jangidan bir kun oldin 
Humoyun Hamidxon degan afg‘on sarkardasini yengib, uning uch yuz navkarini asir olib 
kelgan edi. Ibrohim Lodi bilan bo‘ladigan jang hali oldinda. Uning qo‘shini sakkiz barobar 
ko‘p. Shuning tahlikasi ta’sirida Bobur asirlarga nisbatan ayovsiz bir siyosat ishlatganini 
esladi. 
Ibrohim Lodi qo‘shinlarida to‘fang yo‘q. Asir olinganlar ham to‘fangdan odamni otib 
o‘ldirish mumkinligini bilishmaydi. Ular ko‘proq hind xudolaridan bo‘lmish Shivaning 
qahridan qo‘rqishadi. Rajputlarning e’tiqodi bo‘yicha, agar Shiva astoydil g‘azablansa, 
ikki ko‘zidan tashqari peshonasida uchinchi ko‘z paydo bo‘ladi. Shiva kimgaki shu 
uchinchi ko‘zining qip-qizil olovini sochsa, o‘t tekkan odam til tortmay o‘ladi... 
Bobur mana shu diniy e’tiqoddan harbiy maqsadda foydalanmoqchi bo‘ldi-da, asirlardan 
yuztasini bir chetga saf qildirdi. Ularning qarshisiga yuzta to‘fangandozni qo‘ydi va 
yigirma qadam joydan o‘t ochishni buyurdi. O‘sha to‘fanglardan otib o‘ldirilgan 
asirlarning biri — peshonasidan o‘t tekkan mana shu yigit edi. 
Tirik qolgan asirlar to‘fangdan otilgan olovli o‘q odamni qanday o‘ldirishini umrlarida 
birinchi marta ko‘rib dahshatga tushdilar. Ulardan biri osmonga qo‘l cho‘zib: 
— O Shiva! Rahm qil, Shiva! — deb baqirdi. 
Bobur vahimadan titrayotgan yuzta asirga tarjimon vositasida murojaat qildi: 
— Ha, bizda Shivaning ko‘ziday shafqatsiz olov sochadigan qurol bor! Sizlarni hozir ozod 
qilgaymiz. Borib yurtdoshlaringizga aytinglar! Biz bilan urushganlar mana shu olovning 
zarbidan halok bo‘lurlar! Urushmay taslim bo‘lganlar sizlar kabi omon qolurlar! 
Tirik qo‘yib yuborilgan yuzta asir bu gaplarni shaharu qishloqlarga tarqatdilar. Hozir 
Jamna bo‘yida dafn etilayotgan jangchi yigitning yaqinlari ham uning Shiva olovini 
eslatadigan bir balodan halok bo‘lganini eshitgan edilar. 
Marhum jangchining yoshgina xotini o‘zini erining jasadi bilan birga olovga tashlab 
kuydirishga tayyorlanmoqda edi. Bobur sochlari yoyilib yelkasiga tushgan kelinchakning 
yuzida o‘lim sharpasini ko‘rdi-yu, hindlardagi sati odatini esladi. 
Agar kelinchak tirik qolsa, umr bo‘yi azadorlik kiyimida yurishi, kuniga faqat bir marta 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   328




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish