Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/328
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#298661
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   328
Bog'liq
@BOOKS KITOB YULDUZLI TUNLAR

www.ziyouz.com kutubxonasi 
158
____________ 
* «Olamni mardlik va zo‘rlik bilan oldik, lekin o‘zimiz bilan birga go‘rga olib ketmadik». Bobur 1502-yilda toshga o‘ydirgan bu satrlarni oradan 
452-yil o‘tgandan keyin 1954-yilda tojik olimi A. Muxtorov Obburdon qishlog‘idagi bir quduq yonidan topib oladi. Toshga bitilgan bu she’r 
hozir Dushanbeda muzeyda saqlanmoqda.
 
*  *  * 
 
Dahkatdan uch-to‘rt chaqirim quyida Qorazov deb ataladigan baland jarlar tagidan 
odamni oqizadigan ulkan Oqsuv yelib o‘tadi. Bu suvning o‘ngga burilib, yoyilib oqadigan 
sokinroq bir joyida kechuv bor. 
Tog‘ bag‘ridan qiyalab o‘tgan so‘qmoq bilan archalar orasidan  yurib  kelayotgan  Bobur  
tushga yaqin Oqsuvning shu kechuvi oldidan chiqdi va daryodan o‘tib kelayotgan 
yigirmatacha qurolli otliqlarga ro‘para kelib qoldi. Oldinda piyozi chakmon va qizil bo‘rk 
kiygan Qosimbek. Unga ergashib kelayotgan navkarlar ham tanish. 
Bobur ularga yalang oyoq yurganini ko‘rsatgisi kelmadi-yu, yo‘ldan chetlanib, baland bir 
archaning soya-siga borib o‘tirdi. 
Lekin bu orada Qosimbek ham uni ko‘rib qoldi. Kechuvda qornigacha ho‘l bo‘lgan otini 
Boburdan ancha narida to‘xtatib, tez yerga tushdi. Navkarlar ham Boburni hurmat qilib 
apil-tapil otdan tushdilar. Qosimbek otining jilovini navkariga berib, egilib ta’zim qilgan 
ko‘yicha Boburga yaqinlashdi. Musibatli tovush bilan dedi: 
— Amirzodam, bir qoshiq qonimdan keching! Yana bir shumxabar!... 
Boburning xayoli Toshkentga ketdi. Qosimbek uch oydan beri o‘sha yoqlarda yurgan edi. 
Boburning tog‘asi Mahmudxon Shayboniyxonning elchisi sharafiga ziyofatlar berib yurib
axiri xon bilan bitim tuzgan edi. Bu bitimga binoan Shayboniyxon O‘ratepani Mah-
mudxonga berib, o‘zi Hisorga qo‘shin tortib ketgan edi. Paytdan foydalangan 
Mahmudxon ukasi Olachaxon bilan birga Farg‘ona vodiysidagi Ahmad Tanbalga qarshi 
urush ochgan edi. Ular vodiyni Ahmad Tanbaldan tortib olib, Toshkent xonligiga 
qo‘shmoqchi edilar. Shayboniyxon avval bu niyatga qo‘shilgan edi. Nahotki endi so‘zidan 
qaytgan bo‘lsa?! 
— Ne bo‘ldi? So‘zlang! 
— Shayboniyxon manfurlik bilan so‘zidan qaytmishdir, amirzodam! Tog‘alaringiz 
Farg‘ona vodiysida Ahmad Tanbal bilan olti oy olishib, uni yengolmay, ko‘p talafotlar 
berib, zaiflashib qolgan paytda Shayboniyxon bitimni buzib, kutilmaganda ketlaridan 
bostirib kelmishdir! Oldinda Ahmad Tanbal qo‘shini, ketlarida yolg‘on ittifoqchi 
Shayboniyxon qo‘shini! Tog‘angiz bu ikki baloning orasida qolib tor-mor bo‘ldilar! 
Shayboniy-xon uni asir olmishdir. 
Bobur joyida o‘tirolmay o‘rnidan turib ketdi. 
— Yo alhazar! Toshkent ham ketdimi, a? 
— E, so‘ramang, amirzodam! Toshkentda ikki ming qo‘riqchi askar bor edi. Olti oyga 
yetgulik zaxira bor edi! Qo‘rg‘onni qattiq turib himoya qilsa bo‘lur edi. Biroq asir tushgan 
Mahmudxon behad uyatlik bir ish qilmishdir. Shayboniyxon uni qatl ettirmoqchi 
bo‘lganda, Mahmudxon: «Qonimdan keching, ne talabingiz bo‘lsa bajaray!» dedi. 
Shunda Shayboniyxon shart qo‘yurki, Toshkentdagi qo‘riqchi askarlaringizga buyruq 
yozib yuboring, toki qo‘rg‘onni jangsiz tashlab chiqib ketsinlar, ammo xazina bilan 
haram qo‘rg‘onda qolsin. Jon shirin-lik qilib, Mahmudxon bu shartni qabul qilmishdir! 
— Nahotki butun haram Shayboniylar ilkiga tushgan bo‘lsa?! 
— Ha, amirzodam, g‘oliblar qo‘riqchisiz Toshkentda  uch kun elni talamishdir! 
Tog‘oyingiz Mahmudxonning eng ko‘hlik singlisi Davlat begim Shayboniyxonning o‘g‘li 
Temur Sulton haramiga uchinchi xotin bo‘lib kirmishdir. Ellik uch yashar 
Shayboniyxonning o‘zi Mahmudxonning o‘n olti yoshlik go‘zal qizi Mo‘g‘il xonimni 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   328




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish