Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/328
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#298661
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   328
Bog'liq
@BOOKS KITOB YULDUZLI TUNLAR

www.ziyouz.com kutubxonasi 
157
Giriftem olam ba mardi-yu zo‘r, 
Va lekin naburdem bo xud ba go‘r* 
 
Olamni zabt etgan jahongirlarning saltanati ham omonat — o‘zlari dunyodan ketishla-ri 
bilan tugaydi. Lekin shoirning yaxshi so‘zlari toshga bitilgan harflarday asrlar davomida 
o‘chmaydi. Shunday ekan, Bobur qolgan umrini shoirlikka bag‘ishlasa yaxshi emasmi? 
Men jon der edimu, lekin beklar sizni qo‘ymaslar,— dedi Tohir. 
— Beklarga ijozat berurmiz, keturlar. 
Bobur shu so‘zining ustidan chiqa olishini yalang oyoq yurish bilan isbot qilmoqchi 
bo‘lganday, yana mayda toshlar ustidan sarpoychan yurib ketdi. Biroq uning qiynalib 
borayotgani mayishib yurishidan sezildi. Tohir uni quvib yetdi-yu: 
— Amirzodam, etikni kiying, — dedi. — Yalang oyoqlikni havas qila ko‘rmang. Xudo sizni 
hech vaqt bu ko‘ylarga solmasin. 
— Qaysi ko‘ylarga? 
— Yalangoyoqlarning ahvoliga tushmang! 
— Ajabo! Yalangoyoqlar odam emasdirlarmi? 
— Odam. Lekin siz shoh bo‘lib tug‘ilgansiz! 
— U holda — shoh odam emasdirmi? 
Tohir javob topolmay qoldi. U shoh bilan navkar orasida tog‘day baland devor borligini 
bilar, Bobur bu devordan bir sakrab oshib o‘tmoqchi bo‘layotgani g‘alati tuyulardi. 
Tohirning nazarida, Bobur qayta shoh bo‘lishdan umidini uzganu tushkunlikka uchragani 
uchun shu gaplarni aytyapti. 
— Amirzodam, agar siz shohlikdan shoirlikni afzal ko‘rsangiz, unda men ham... ahli 
ayolim bilan tinch bir go‘shada dehqonchilik qilib, sizga sadoqat bilan umr o‘tkazgan 
bo‘lur edim... Lekin buning iloji bo‘lmas... 
Bobur etigini Tohirning qo‘lidan oldi. 
Siz qayting, — dedi Tohirga. — Ammo bu gaplar oramizda qolsin. Keyin yana 
kengashurmiz. Boring! 
Tohir barozdan qaytib chiqar ekan, Boburning unga o‘zini yaqin olib shuncha g‘alati 
gaplar aytganidan ko‘ngli ko‘tarilib kulib qo‘ydi. Biroq Bobur bir go‘shada tinchgina 
yashaydigan miskintabiat odamlardan emas edi. Uning yalang oyoq yurishga 
o‘rganmoqchi bo‘lgani esa Tohirga shoirona bir sho‘xlik bo‘lib ko‘rinardi. 
Tohir barozning tepasiga chiqqanda orqasiga o‘girilib qaradi. Bobur hamon etigini qo‘liga 
olib, pastlab bormoqda edi. Tohir uning chidamiga tan berib: «Lekin so‘zidan 
qaytmaydigan odati ham bor!» deb qo‘ydi. 
Bobur oyog‘ining bir-ikki joyi qavarib shilinganini sezsa ham og‘rig‘iga chidab, 
qishloqning berigi chetidagi chashma bo‘yiga sarpoychan bordi. Undan narida yumshoq 
tuproqli so‘qmoq bor edi. Lekin qishloq odamlari uning yalang oyoq yurganini ko‘rib, 
pastu baland gap qilishlari mumkin edi. 
Unga uyini bergan qishloqning kadxudosi ham, bek va mulozimlar ham «Mirzo 
hazratlari» deb, Boburga hamisha ta’zim qilishar edi. Agar Bobur kambag‘al dehqonga 
o‘xshab sarpoychan yursa, bular oddiy yalang-oyoqqa ta’zim qilganday ko‘rinib, izzat-
nafsga borishlari va xafa bo‘lishlari mumkin edi. Shuning uchun Bobur a’yonlar 
uchraydigan joylardan odatdagiday etik kiyib o‘tar edi-yu, Dahkatning atrofidagi 
yonbag‘irlarga borgach, yana yalang oyoq bo‘lib olardi. Oyog‘iga botib ozor beradigan 
g‘adir-budur toshlar, butalar dilini o‘rtayotgan alamli o‘ylarning taftini oladiganday bo‘lar 
edi. Kunlar o‘tishi bilan uning tovonlari sag‘ri charmiday qalinlashib tosh-poshlar, yog‘in-
sochinlar kor qilmaydigan bo‘lib ketdi. 
 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   328




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish