Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/328
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#298661
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   328
Bog'liq
@BOOKS KITOB YULDUZLI TUNLAR

www.ziyouz.com kutubxonasi 
143
egarlaridan ag‘darib tashlab, otlarini o‘lja qilib olib qochishga tushdilar. 
Bir vaqt Shayboniyxon Boburning o‘n-o‘n beshta ichkilari bilan tepalikdan tushib, daryo 
tomonga qarab chekinayotganini ko‘rib qoldi. Bu bir hiyla emasmikin, deb tikilib qarasa, 
Bobur to‘lib-toshib oqayotgan daryoga ot solib kirdi. Qirg‘oqda qolgan uning bir necha 
yuz navkarlari Bobur ketidan intilgan yovning yo‘lini devorday to‘sib oldi. Bobur 
Samarqandga qarab qochayotganiga endi astoydil ishongan Shayboniyxon qo‘llarini 
osmonga cho‘zib, hayajon bilan: 
— Xudoyo o‘zingga shukr, o‘zingga shukr! — dedi. Ammo yovi yengilib qochayotgani 
endi unga ozlik qiladigan tuyuldi. Shu topda u o‘z g‘alabasining yana bir daraja baland 
bo‘lishini istardi. Shuning uchun ortda turgan chopar tomonga o‘girildi: 
— Tez borib shunqorlarimga ayt. Boburning boshini kesib kelgan odamga boshi 
barobarlik oltin beraman! 
Chopar endi otining jilovini bo‘shatib joyidan siltanib qo‘zg‘alganda Shayboniyxon: 
— To‘xta! — dedi. U mag‘lub bo‘lgan Boburni asir olib, tavbasiga tayantirsa, 
g‘alabasining shuhrati yana bir daraja oshishini sezdi: — Shunqorlarimga yana bir buy-
rug‘imizni yetkiz! Boburni tirik tutib kelganga bo‘yi barobarlik oltin beraman! Yo tirik, yo 
o‘lik, albatta, olib kelinglar! 
Chopar tepalikdan ot choptirib tushib ketayotganda Shayboniyxon ko‘zlarining nam 
ekanini sezdi. G‘alaba zavqidan ko‘ziga yosh kelganini u endi payqadi-yu, kulimsirab, 
kafti bilan ko‘z yoshini sekin artib qo‘ydi. 
 
___________________ 
* M a s o f  u r u sh — ochiq joyda yuzma-yuz olishish. 
* S a r i p u l — hozirgi Kattaqo‘rg‘on shahri yaqinidagi bir qishloq. 
* T o‘ r a — qalqonning bir turi. Otliqlarning qalqonidan kattaroq bo‘ladi.
 
 
 
Saraton o‘tib, asad oyi kirdi. Samarqand atrofidagi bog‘larda mevali daraxtlarning 
shoxlari yetilgan hosildan egilib, yerga salom bera boshladi. Shahar ichida ham mevali 
daraxtlar, toklar juda ko‘p, ammo ular hammasi hozirdanoq ship-shiydam bo‘lib qolgan. 
Hali sarg‘aymagan ko‘m-ko‘k barglar orasida birorta olma, birorta shaftoli, biror shingil 
uzum qolmagan. Besh oydan beri qamal azobini tortayotgan shahar xalqi bor mevalarni 
pishar-pishmas yeb tugatgan. Qo‘rg‘onning hamma darvozalari yopiq, shahar atrofini 
Shayboniyxonning qo‘shini qurshab yotibdi. Ichkaridan ham hech kimni chiqarmaydi
tashqaridan yordam bermoqchi bo‘lganlarning ham yo‘lini to‘sadi. 
Ulug‘bek madrasasining baland tomi ustidagi tekis sahnga Boburning oq o‘tovi 
o‘rnatilgan, bu yerdan qo‘rg‘on devorlari, atrof mahallalar, shahar darvozalari yaxshi 
ko‘rinadi. Bobur goho och odamlarning tom bo‘g‘otlariga in qurgan musichalarni ovlab 
yurganini ko‘radi. Qanotli qushlar sillasi qurigan ochlarga tutqich bermaydi. Shahar 
ichida qushlar yeydigan don-dun, ovqat qoldiqlari ham topilmaydi. Shuning uchun bu 
yerdan qushlar ham o‘zini olib qochadi. Goho atrof ko‘chalarda biror kishi it yoki mushuk 
tutib olsa, ochlar shuni ham talashib, g‘ijillashib qolishadi. 
Madrasaning orqa tomonida podshohning katta otxonasi bor. Ilgari bu yerda saroyning 
yetmish-saksonta oti boqilar edi. Hozir shulardan to‘rttaginasi qolgan. Bir qismi 
Saripulda qo‘ldan ketdi. Ko‘pchiligi so‘yib yeyildi. Biroq shu to‘rtta otga ham yemish 
topilmaydi. Don yuzini ko‘rmaganlariga bir oydan oshdi. Pichanu bedalar allaqachon 
tugagan. Atrofdagi daraxtlarning barglarini ham yulib, qoqib, ot va tuyalarga 
yedirishgan. Hozir bargsiz daraxtlar yozda ham xuddi qishdagiday yalang‘ochlanib, 
ko‘zga juda xunuk ko‘rinadi. 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   328




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish