holatning ikki turi mavjudligi keltirilgan.
qobiliyatlarini saqlagan paytda ham sodir bo‘lishi mumkin. Masalan,
balkalarida tebranishlar hosil bo‘ladi. Natijada kranlar harakati xavfli
379
Yuqorida bayon qilinganlarga asoslanib
chekli holatlar usuli bilan
hisobni quyidagicha ta’riflash mumkin:
Hisobni shunday olib borish kerakki, konstruksiyani ishlatish
jarayonida chekli holatlarning birortasi sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik
kerak.
Chekli holatlar usuli bilan hisobda bitta (umumiy) me’yoriy
(normativ) ehtiyot koeffitsientni o‘rniga bir necha koeffitsientlardan
foydalaniladi.
a) Ortiqcha yuklanish koeffitsienti «n» – haqiqiy nagruzka
ortishini (yoki kamayishi, bu bilan konstruksiyaning ishlash sharoiti
yomonlashadi) hisobga oluvchi qoidalar bilan belgilangan koeffitsient.
Turli yuklanishlar uchun ortiqcha yuklanish koeffitsienti har xil
bo‘ladi. Konstruksiya xususiy og‘irligi uchun ortiqcha yuklanish
koeffitsienti katta emas (0,9 yoki 1,1), chunki bu yukni konstruksiyaning
loyiha o‘lchamlari bo‘yicha aniqlanadi va materialning mustahkamligi
yetarli darajada aniq.
Vaqtinchalik yuklar uchun ortiqcha yuklanish koeffitsienti katta
ahamiyatga ega, chunki turar joy binolarining oraliq tom yopmalari
uchun bu miqdor 1,4 ga teng.
Hisobiy nagruzkaning miqdori me’yoriy (normativ) nagruzkaning
ortiqcha yuklanish koeffitsientiga ko‘paytmasigi teng.
b) Bir jinslilik koeffitsienti «K
0
», material mustahkamligining
haqiqiy qiymatlarini normativ qiymatlardan og‘ishini hisobga oladi. Bu
koeffitsientning miqdori birga yaqin bo‘lgan materiallarda (po‘lat uchun
bir jinslilik koeffitsienti 0,9 ga teng), boshqa materiallarda (masalan
beton uchun 0,6).
Hisobiy mustahkamlik (hisobiy qarshilik) materiallar uchun
me’yoriy qarshilikni (mustahkamlikning me’yoriy ko‘rsatmalar bo‘yicha
aniqlanadi) bir jinslilik koeffitsientiga ko‘paytirish bilan aniqlanadi.
d) Ishlash sharoiti koeffitsienti ishlash sharoitining o‘ziga xos
tomonlarini (masalan tashqi muhit ta’sirini, kuchlanishlar
konsentratsiyasini) e’tiborga oladi. Bu koeffitsient miqdori birdan katta
yoki kichik bo‘lishi mumkin. Koeffitsientning kichrayishi bilan
konstruksiyaning umumiy mustahkamligi ortib boradi.
Mustahkamlik sharti (bikrligi chekli holat yuk ko‘tarish qobiliyati
bo‘yicha) konstruksiya elementidagi eng katta zo‘riqish (hisobiy
nagruzkalardan, ya’ni mumkin bo‘lgan yukdan ortig‘ni hisobga oladi),
bu elementning material mustahkamligi o‘zgarishi yoki inshootning
380
ishlash sharoitini hisobga oluvchi minimal yuk ko‘tarish qobiliyatidan
kichik (yoki teng) bo‘lishi kerak.
Qarshilik R < R
N
;
2
/
2400
Do'stlaringiz bilan baham: