3.
Suvda chiniqtirish qoidalarini ayting.
4.
Teri gigiyenasi deganda nimani tushunasiz?
33- §. Òeri shikastlanganda birinchi yordam
Òerining timdalanishi, qirilishi, tilinishi.
Bunda jarohat toza sovuq
suv bilan yuviladi; so‘ngra atrofiga yod eritmasi yoki yashil dori
surtib, sterillangan bint bilan bog‘lab qo‘yiladi. Agar jarohat
kattaroq bo‘lsa, yuqoridagi birinchi yordam berilgandan so‘ng
jarroh yoki travmatolog shifokorga murojaat qilinishi kerak.
Òerining turli sohalaridan qon ketganda birinchi yordam.
Ilgari
aytilganidek, tana terisining bosh, peshana, chakka, yuz, gavda
sohalari jarohatlanganda qon ketishini to‘xtatish uchun qon oqayotgan
tomirni topib, uni barmoq bilan qattiq bosib turiladi (10—15 minut);
bosib turgan barmoq ustidan sovuq suvga ho‘llangan sochiq yoki
ro‘mol qo‘yiladi; qon oqishi to‘xtagandan keyin, jarohat yuqorida
ko‘rsatilgan tartibda tozalanadi va bog‘lab qo‘yiladi.
Agar qon ketishi 10—15 minut davomida to‘xtamasa, tez
yordam chaqiriladi yoki tomirni barmoq bilan bosgan holda jaro-
hatlangan odam jarroh yoki travmatologga yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |