Òeri kuyganda birinchi yordam. Òerining kuygan joyiga tezlik
bilan toza sovuq suv quyiladi. Qo‘l yoki oyoq terisi kuygan bo‘lsa,
oqar suv tagida tutib turiladi (2—3 minut); agar teri faqat qizargan
bo‘lsa , shu joyga odekolon surtiladi (bog‘lash shart emas). Terining
kuygan joyida pufakchalar paydo bo‘lsa, sovuq suv bilan yuvil-
gandan keyin yorilmagan pufakchalar atrofiga spirt yoki odeko-
93
lon surtilgach, sterillangan bint yoxud dazmollangan oddiy bint
(ro‘mol) bilan bo‘shgina bog‘lanadi va tezlikda travmatolog shifo-
korga yuboriladi.