6
hisoblanadi. Davlat jamiyatning rivojlanish ehtiyojlariga asoslanib, marketing elementlari orkali
tovarlarni xar xil bosqichda aniqlab taqsimlaydi, sotadi, yetkazib beradi va ishlab chiqarish
tarmoqlarining rivojlanishiga katta ta`sir ko„rsatadi.
Bozor iqtisodiyotiga o„tishning barcha bosqichlarida takror ishlab chiqarishni kengaytirish
va uning samaradorligini oshirish masalasi muhim urin egallab keldi. Korxonalar tegishli miqdor,
assortiment va sifatli moddiy resurslar bilan qanchalik o„z vaqtida ta`minlab turilsa, ishlab
chiqarish jarayonining bir maromda davom etish uchun shart – sharoit yaratildi. Bu mahsulot
ishlab chiqarishni ko‟paytiruvchi muhim omillardan biridir.
Marketing mahsulot sifatini oshirishdga ham juda katta ta`sir ko„rsatadi. Marketing
iste`molchilarni sifati yuqori tovarlar yaratish orkali rejada ko„rsatilgan sifatlardagi mahsulotni
ishlab chiqarishga yordam beradi. Mahsulotning sifati uning ishlab chiqaruvchi korxonaning
uzigagina emas, shu bilan birga unga xom-ashyo va material sotuvchi yondosh korxonalarga xam
bog‟liq. Iste`molchiga yetkazib berilgan sifatsiz mahsulot ishlab chiqaruvchiga qaytarib yuboriladi
yoki past sortga utkaziladi. Bu narsa mahsulotni qaytadan o‟rash yoki qoplash, tuzatish, tashish
xarajatlarini ko‟paytirib yuboradi. Bundan tashqari, mahsulot yuboruvchilar iste`molchiga
yetkazilgan zarar uchun xam moddiy javobgardirlar. Me`yoriga yetkazilmagan xom – ashyo ishni
kiyinlashtiradi, bir material o‟rniga majburan boshqa material ishlatishiga, ishlab chiqarish
ritmining buzilishiga, mahsulot xilini o„zgarishiga, korxonalarda normativdan ortiqcha materiallar
to„planib qolishiga sabab bo„ladi.
Moddiy resurslardan foydalanish darajasiga marketing ta`sirining ahamiyatini xam
ta`kidlab utmok zarur. Uzbekiston sanoat mahsuloti tannarxida barcha xarajatlarning 85 foizidan
ortikrogi marketing elementlari orkali utadigan moddiy resurslarning xarajatlari tashkil qiladi.
Moddiy resurslarni tejab teragb foydalanishda ishlatilmayotgan imkoniyatlar juda ko„p.
Chunonchi, tovarlarni ishlab chiqaruvchi korxonalardan iste`molchilarga yetkazib berilguncha
bo„ladigan davrdagi sinish, to„qilish, qurib kolish kabi nobudgarchiliklar shular jumlasidandir.
Iqtisodiyotni rivojlantirishda marketingning roli va ahamiyati va uning asosiy vazifasi
bo‟lib – xalq xo‟jaligidagi aholiining turmushini moddiy va madaniy darajasini yuksaltirishga
karatilgan ijtimoiy ishlab chiqarishni rivojlantirish, xamda uning samaradorligini oshirish, fan-
texnika tarakkiyotini jadallashirish, mexnat unumdorligini oshirish, xalq xo„jaligini barcha
tarmoqlarida ish sifatini butun choralar bilan yaxshilash asosida izchillik bilan amalga oshirishdan
iborat. Buning uchun marketing tadqiqot izlanishlarini kuchaytirish kerak.
Bozor munosabatlarining ravnaqi, erkin raqobat muhitining yaratilishi sharoitida marketing
tadqiqotlariga bo„lgan talabning ortib borishi tabiy jarayondir. Xaridor ishtiyoki, dididagi
tovarlarni va xizmatlarni shakllantirishda, raqobat kurashida muhim va xal kiluvchi ahamiyatga
molik bo„lgan marketing tadqiqotlarini samarali tashkil etish, amalga oshirish, xozirgi kunda eng
dolzarb ahamiyat kasb etadi. Marketing tadqiqotlari uchun kerakli va zururiy bo„lgan axborot va
ma`lumotlar kulamini muayyan tartibga solish vazzifasini xal qilish bilan mamlakatimizda
madaniy tarzda bozor tizimi, uning infrastrukturasi barpo etiladi. Ayni vaktda amalga
oshirilayotgan isloxotlar bu urinda uz samarasini bermokda va bu xozirgi kunda qaror topayotgan
marketing axborot tizimida namoyon bo„lmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: