Marketing tadqiqotlari


 Mahsulot harakatini tadqiq qilish



Download 1,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/207
Sana01.01.2022
Hajmi1,63 Mb.
#295862
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   207
Bog'liq
marketing tadqiqotlari

4. Mahsulot harakatini tadqiq qilish: 
a) reklama faoliyati samaradorligini tadqiq qilish; 
b) turli ommaviy axborot vositalari samaradorligini tadqiq qilish; 
v) reklamaning turli variantlarini sinab kurish; 
g) mahsulot harakati turli usullari va vositalarini kompleks solishtirma tahlil qilish. 
5. Mahsulotni xaridorlarga yetkazish: 
a) omborlar joylashishini tadqiq qilish; 
b) chakana savdo nuqtalari joylashishini tadqiq qilish; 
v) servis xizmati joylashishini tadqiq qilish. 
Marketing tadqiqotlari utkazishda chet el firma va kompaniyalari katta mablaglar sarflaydi. 
Masalan,  AQSHda  yillik  sotish  xajmi  25  mln.  dollar  bo„lgan  kompaniyalar  uz  marketing 
byudjetlarining  3,5  foizga  yakinini  marketing  tadqiqotlariga  sarflaydi.  Iste`mol  tovarlari  ishlab 
chiqaruvchi  korxonalar  ishlab  chiqarish  vositalari  yetkazib  beruvchi  korxonalarga  nisbatan  bu 
sohaga ko„proq mablag‟ sarflaydilar. 
Bozorni  tadqiq  qilish    -  marketing  tadqiqotlarining  ma`lum  bir  qismidir,  xolos.  Faqatgina 
shartli  ravishdagina  ularni  marketing  tadqiqotlarining  asosi  deb  kabul  qilish  mumkin.  Bozorni 
tadqiq qilish jarayonida quyidagilar aniqlanadi: 

 
bozorga  kiritilayotgan  yoki  unda  mavjud  bo„lgan  mahsulotning  mumkin  bo„lgan  sotish 
miqdori; 

 
tovarning 
iste`mol 
xususiyatidagi 
va 
boshqa  xarakteristikalarining  o„zgarishi 
tendentsiyasi; 

 
yoshi,  jinsi,  xududiy,  ijtimoiy,  oilasidagi  kishilar  soni,  uzini  tutishi,  daromadi  darajasi 
bo„yicha iste`molchilar guruhini aniqlash; 

 
assortimentni rejalashtirishda, sotish va reklamani tashkil qilishda xaridorlarning  istagini 
aniqlash; 

 
mahsulotning  sotilishi  miqdori,  uning  umumbozor  sigimidagi  ulushi  (xududlar  va 
segmentlar bo„yicha xam); 

 
firmaning raqobatdoshligini va uning bozordagi o‟rni. 


 

 
Ko„rinib  turibdiki,  bozor  to„g‟risidagi  ma`lumotlar  miqdori  katta  va  turli  xarakterga  ega. 
Shuning uchun bozorni tadqiq qilishda turli  bilim sohalarining  mutaxassislari  qatnashadilar va  bu 
tadqiqotlar  ancha  qimmatga  tushadi,  lekin  firmalar  bozorni  iloji  boricha  tezroq  uzlashtirish 
maqsadida  xarajatlardan  qochmaydilar,  chunki  raqobatchilar  bozorda  yangi  raqobatchi  paydo 
bo‟lishini  oldini  olish  uchun  qarshi  choralar  ko‟radilar.  Shuning  tadqiqotlar  jarayoni,  ayniqsa, 
uning natijalari olinganidan keyin va firma ularni marketing kontseptsiyasini asoslash uchun qabul 
qilingandan so‟ng tovarni sinovli sotishni tashkil qilish boshlanadi. Bu jarayonning asosiy vazifasi, 
firmaning bozordagi samarali o‟rnini aniqlovchi o‟ziga xos omillarni o„rganishdir. 
Bozorni  marketing  nuqtai  nazaridan  o„rganish  uz  oldiga  kompaniyalar,  firma  (korxona) 
tovarlarini samarali sotish  imkonini, uning kengayish uchun  yangi segmentlar, sifatini  yaxshilash, 
zaxiralar  va  yangi  tovarlar  yaratishni,  iste`molchilar  talabini  qondirish  va  yuqori  foyda  olishni 
maqsad  qilib  kuyadi.  Bu  maqsadni  amalga  oshirish  uchun  chukur  marketing  tadqiqotlari  amalga 
oshiriladi. Bozorni marketing nuqtai nazaridan tadqiq qilishning vazifasi, ishlab chiqarish va unda 
chikadigan  tovarlarning  bozor  va  iste`molchining    yuqori  talablariga  moslashtirishdan  iborat.  Bu 
narsa firmaning yuqori rentabelli, raqobatga bardoshli faoliyati asosida amalga oshirish kerak. 
 

Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish