Mavzu №15. Korxona ichki imkoniyatlari va raqobatbardoshligi
tahlili……………………………………………….................................................122
Atamalar lug‟ati.......................................................................................................128
Foydalanilgan adabiyotlar ro„yxati……………………………………………..138
Kirish.
Bozor munosabatlarining ravnaq topishida, erkin raqobat va aholining turmush
farovonligini ta`minlashda marketing faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Korxona va tashkilotlar
zaminida marketing faoliyatini tashkil etish, avvalambor, marketing sohasidagi izlanishlarning
mohiyatiga, mazmuniga va yo„nalishiga asoslanadi. Marketing tadqiqotlarining yalpi marketing
faoliyatini tashkil etishda, uni boshqarishda, rejalashtirishda va nazorat qilishda muhim ahamiyatga
ega bo‟lishi – zamonaviy marketing nazariyasining asosiy xususiyatlaridan biri sifatida namoyon
bo„lmoqda.
Marketing tadqiqotlarining yuqori darajada tashkil etilishi, ularning ko„lami, tahliliy va
qayta ishlash jarayonlarida foydalaniladigan uslublar yig‟indisi, bevosita korxona va tashkilotning
marketing strategiyasini belgilashda, amalga oshirishda, dastlabki bosqich, «tayanch nuqta»
hisoblanadi. Iste`mol bozori tobora yangi tovarlar va xizmatlar bilan boyib borayotgan bugungi
4
sharoitda yangi imkoniyatlarni aniqlash va ulardan oqilona foydalanishda marketing
tadqiqotlarining ahamiyati kun sayin ortib bormoqda.
Bozordagi mavqeni saqlab turish, raqobatchilarga nisbatan doimiy ustuvorlikka ega bo„lish
garovi sifatidagi marketing tadqiqoti yaxlit tizim sifatida shakllanadi. Ko„pgina yirik va hozirgi
kunda o„ta nufuzli va mashhur kompaniyalar izchil va davomiy marketing tadqiqotlarining
natijalari o„z muvaffakiyatlarining garovi deb e`tirof etmoqdalar.
O„zbekistonda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish jarayonining asosiy shartlari ishlab
chiqarilayotgan mahsulotlar raqobatbardoshligini ta`minlash, ishlab chiqaruvchi va xaridorlar
o„rtasidagi munosabatlarni samarali shakl va uslublarda tashkil etishdan iborat. Bu xususda
yurtboshimiz I. Karimov bunday fikrni olg‟a surgan edilar: «Ishlab chiqaruvchilarning ham,
iste`molchilarning ruxiyatini o„zgartirish lozim. Biz o„zimizda ishlab chiqaradigan, xarid qiladigan
narsalar bilan farxlanishimiz kerak. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot o„z xaridorini topmasa,
o„zimizda tayyorlanayotgan mollarning sifati odamlarga yoqmasa, bu milliy sha`nimizga dog‟
bo„lib tushadi... Biz «O„zbekistonda ishlab chiqarilgan» tamg‟a qo„yilgan mahsulot dunyoning
xamma tomonlarida mamnuniyat bilan xarid qilinadigan, ortiqcha reklamaga muhtoj bo„lmagan
mahsulotga aylanishiga erishmog‟imiz darkor».
Marketing tadqiqotlarining amaliy zaruratga aylana borishiga yana bir sabab, bu
mamlakatimizda barcha mulkchilik shakllariga asoslangan iqtisodiyotning shakllanishi va uni
tobora jadal sur`atlar bilan rivojlanishidir. Iste`mol bozorida erkin raqobatni imkon boricha keng
shakllantirish va savdoda yakka xokimlikka chek kuyish borasida bir kator amaliy chora – tadbirlar
belgilandi.
Shu boisdan, xar bir tashkilot, korxona, muassasa oldida turgan asosiy vazifalardan biri bu
potentsial xaridorni aniqlash, uni shakllantirish va bozorda «o„suvchan o„ringa va mavqega» ega
bo„lish hisoblanadi. Bu vazifani xal etishda muntazam va samarali marketing tadqiqotlarini tashkil
etish, uyushtirish, tashkilot va korxonalarning ravnaqini belgilashda ushbu tadqiqotlar natijalariga
tayanish muhim ahamiyatga ega.
Iqtisodiy jihatdan rivojlangan ilg‟or davlatlarning yirik firmalari tajribasi shuni ko„rsatadiki,
marketing nazariyasi va amaliyotining ravnaqi bevosita marketing izlanishlari va tadqiqotlari
yo„nalishlariga bog‟liq. AQSH, Germaniya, Yaponiya, Frantsiya, Angliya kabi davlatlarda yuqori
darajada shakllangan ijtimoiy - etik marketing birinchi o„ringa xaridor, jamiyat farovonligini, ular
oldidagi ijtimoiy mas`uliyatni qo„yadi.
Mazkur ma`ruza matnlarining asosiy maqsadi talabalarning marketing tadqiqotlaring asosiy
uslublari, yo„nalishlari, ushbu jarayonni tashkil etish xususiyatlari bilan tanishtirish va muayyan
korxona va tashkilot mikyosida faoliyatni amalga oshirish borasidagi ko„nikma hosil qilish
5
hisoblanadi. Ushbu maqsadga erishish maqsadida ma`ruza matnlarida amaliyotda keng tarqalgan
marketing tadqiqoti uslublarining tafsiloti, ularning ijobiy va salbiy jihatlari, tadqiqotni tashkil
etish xususiyatlari keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |