14 Mavzu: T
Е
MP
Е
RAM
Е
NT
Reja:
1. Temperament turlari va ularining tasnifi.
2. Temperamentning ilmiy psixologik asoslari va uning
fizioligik mexanizimi.
3. Nerv sistemasi va temperament tiplari.
4. Temperament va uni faoliyat talablariga muvofiqlashtirish.
Insonning ruhiy olami beto`xtov harakatlar majmuasidan iborat bo`lib, biri
ikkinchisini bevosita taqozo etadi va ular uzluksiz zanjir tizimiga o`xshash tarzda
xukm suradi. Xuddi shu bois shaxs ruhiyatida tashqi atrof-muhit to`g`risidagi
taassurotlar, o`tmish xotiralari, kelajak yuzasidan ijodiy xayollar, ezgu niyatlar,
xohish istaklar, maqsad va tilaklar, mulohaza, fikr va muammo, hissiy
kechinmalar, irodaviy sifatlar uzluksiz tarzda o`zaro o`rin almashtirib turiladi.
Ruhiy olam kechishi, xususiyati, xislati, mexanizmi olohida individual tarzda
namoyon bo`lish kuzatiladi. Shuning uchun bo`lsa kerak, insonlar tabiat
hodisalariga, ijtimoiy turmush voqeliklariga, omillariga, ta’sir kuchlariga tez yoki
sekin, yengil yoki mushkulot bilan javob qaytarishga moyillik ko`rsatadilar.
Shuni alohida ta’kidlab o`tish kerakki, psixik faoliyatning dinamikasi
nafaqat temperamentga, balki motivlarga, psixik holatlarga, his-tuyg`ularga ham
bevosita bog`likdir. Misol uchun, inson o`zi temperamentning qaysi tipiga
133
taalluqli bo`lishidan qat’i nazar, o`z faoliyatiga layoqatli, mayli kuchli, intilishi
qat’iy, qiziquvchan bo`lsa, uni tashkillashtirishda va nazorat qilishda
uyushqoklik, harakat sur’ati esa tezkor amalga oshadi, unga loqayd munosabatni
bildirsa, ish sur’ati sekin va sust kechadi. Psixologiyada temperamentga taalluqli
individual dinamik xususiyatlar bilan motivlar va psixologik holatlar, hissiy
kechinmalarning dinamik xususiyatlari o`rtasida muayyan darajasida tafovut
mavjudligi alohida ta’kidlanadi. Ular orasidagi farqlarni ajratib ko`rsatish
maqsadida qo`shimcha belgilar kiritiladi va o`ziga xos tarzda tavsiflab
bsriladi. Ularning ayrimlarini ajratib ko`rsatish maqsadga muvofiq.
1.
Favqulodda temperamentning bir xil xususiyatlari, motiv, psixik holat va
hodisalardan farqli o`laroq, ayian shu shaxsning o`zida, uning turli
faoliyatlarida, xatti-harakatlarida, muomalasida ifodalanadi.
2.
Temperament xususiyatlari tabiiy shartlanganlik omiliga taalluqli
bo`lganligi tufayli inson hayoti va faoliyatining davomida yoki uning muayyan
bir bo`lagida barqaror, o`zgarmas va mustahkamdir.
3.
Temperament xususiyatlari deganda,alohida bir shaxsning psixik
faoliyati dinamikasini belgilovchi psixikaning barqaror, o`zgarmas individual-
tipologik xususiyatlari majmuasi tushuniladi. Mazkur xususiyatlar turli shakl va
mazmunga ega bo`lgan motivlarda, psixik holatlarda, maqsadlarda, faoliyatlarda
nisbatan o`zgarmovchi, temperament tipini tavsiflovchi tuzilmani tashkil qiladi.
Psixologiya fanining ijtimoiy tarixiy-taraqqiyoti davrida temperamentga
nisbatan bildirilgan mulohazalar, uning moddiy asosi to`g`risidagi talqinlar
xilma-xil bo`lib, shaxsning psixologik xususiyatlarini o`ziga xos tarzda
tushuntirish uchun xizmat qilib kelgan. Temperament latincha
“temperamentum” degan so`zdan olingan bo`lib, buning ma’nosi «aralashma»
degan tushunchani anglatadi. Temperament to`g`risidagi dastlabki ta’limotni
yunon olimi Gippokrat yaratgan bo`lib, uning tipologiyasi to hozirgi davrgacha
qo`llanilib kelinmokda.
Temperamentning fiziologik asoslari to`g`risida tushuncha Qadimgi yunon
olimi Gippokrat ta’limotiga binoan, insonlarning temperament xususiyatlari
jihatidan o`zaro bir-biridan tafovutlanishi, ularning tana a’zolaridagi
suyuqliklarning turlicha nisbatda joylashuviga bog`liq ekanligi tasavvur
qilinadi. Gippokrat ta’biricha, inson tanasida to`rt xil suyuqlik mavjud bo`lib,
ular o`t yoki safro, qon, qora o`t, balg`am kabilardan iboratdir. Uning
mulohazasicha;
1) o`tning xususiyati - quruklikdir, uning vazifasi-tana a’zolarida quruqlikni
saqlab turish yoki badanni qurik tutishdir;
2) qonning xususiyati - issiqlikdir, uning vazifasi tanani isitib turishdir;
3) qora o`tning xususiyati-namlikdir, uiing vazifasi-badan namligini saqlab
turishdir;
4)balg`amning xususiyati sovuqlikdir, uning vazifasi - badanni sovutib
turishdan iboratdir.
Gippokrat ta’limotiga muvofiq, har bir insonda shu-to`rt xil suyuqlik mavjud
bo`lib, uning bittasi ustuvorlik kasb etadi. Shunga qarab insonlar temperament
jihatdan farqlanadilar, chunonchi, xolerikda sariq o`t, sangvinikda qon,
134
melanxolikda qora o`t, flegmatikda balg`am ustun bo`lishi ta’kidlanadi.
Temperamentning fiziologik asoslariga ulkan hissasini qo`shgan olimlardan
biri rus fiziologi I. P. Pavlov hisoblanadi.
I.P.Pavlov hayvonlarning oliy nerv faoliyatini tadqiq qilayotganida itlarda
shartli reflekslarning paydo bo`lishi, kechishi, davom etishi xususiyatlari
insonlarnikidan farq qilishi va bu hodisa temperamentda ham uchrashi
mumkinligini kashf etadi. I. P. Pavlov temperament ham shartli reflektor
faoliyatining individual xususiyatlarini keltirib chiqaruvchi omillar bilan bog`liq
bo`lishi mumkin, degan xulosa chiqaradi. I. P. Pavlov ta’limoti bo`yicha, shartli
reflekslar paydo bo`lishining individual xususiyatlari ro`yobga chiqishining
sabablari nerv sistemasi xususiyatlari mohiyatidandir. Muallif nerv
sistemasining uchta asosiy xususiyatiga alohida ahamiyat beradi.
1) qo`zg`alish jarayoni va tormozlanish jarayonining kuchi;
2) qo`zg`alish kuchi bilan tormozlanish kuchi o`rtasidagi muvozanatlik darajasi;
3) qo`zg`alishning tormozlanishi bilan almashinishi tezligi ya
ь
ni nerv
jarayonlarining harakatchanligi.
I.P.Pavlov shartli reflektor faoliyatining individual xususiyatlari bilan
temperamentga aloqador nerv sistemasi xususiyatlarining o`zaro qo`shiluvini
nerv sistemasining tipi deb nomlaydi va uni to`rtta tipga ajratadi: a) kuchli,
muvozanatli, epchil; b) kuchli, muvozanatsiz, epchil; v) kuchli, muvozanatli, sust;
g) kuchsiz tip.
Yirik rus psixologlaridan biri B.M.Teplov va uning shogirdlari I. P.
Pavlovning tadqiqotlarini davom ettirib, inson nerv jarayonlari xususiyatlarining
o`ziga xos tomonlarini ochishga muvaffaq bo`ldilar. B.M.Teplov ma’lumotlarga
qaraganda, insonda hosil qilinadigan shartli reflekslarning ba’zi bir individual
xususiyatlari o`zaro uyg`unlikka egadir. Ularning ta’biricha, o`zaro bog`liq
individual xususiyatlar tizimi nerv sistemasining muayyan xususiyati bilan
tavsiflanadi. Jumladan, o`zaro bog`langan xususiyatlar, birinchidan, shartli
ko`zg`ovchi mustahkamlanishi davom etishidan qat’i nazar, shartli reflekslar
so`nishi darajasiga, ikkinchidan, qo`zg`ovchilarning kuchli yoki kuchsizligi
bilan shartli reaktsiyaning hajmi orasidagi tafovutlarga, uchinchidan, asosiy
qo`zg`ovchi sezgirligiga begona qo`zg`ovchini ijobiy ëki salbiy ta’sir o`tkazish
darajasiga, to`rtinchidan, boshqa ko`rinishdagi yoki kuchlanishdagi qo`zg`alish
jarayonlarining kuchiga bog`liqdir. Ma’lumotlarning taxliliga binoan,
tormozlanishning kuchi bilan nerv jarayonlarining muvozanatlashuviga taalluqli
shartli reflektor faoliyatining individual xususiyatlari turkumlari shunga
o`xshash usul yordami bilan kashf qilingan. Ushbu individual xususiyatlar
mohiyatida ifodalanuvchi nerv sisitemasining xususiyati dinamiklik deb
nomlangan. Bundan tashqari, ular shartli reflektor faoliyatining bir guruh
individual xususiyatlari qo`zg`alish jarayoni to`xtalishining tezligi mahsuli
sifatida taxmin qilingan xususiyatni yangi xislatni labillik ya’ni beqarorlik deb atay
boshlagan. Shuning bilan birga nerv sistemasining boshqa xususiyatlari
mavjudligi to`g`risida ilmiy taxminlar ilgari surilgan, chunonchi: senzitivlik,
reaktivlik va hokazo.
Xuddi shu bois, nerv sistemasining xususiyati to`g`risidagi ilmiy
135
mushohadalar faqat shartli reflektor faoliyati bilan o`zaro bog`liq individual
xususiyatlar turkumiga taalluqli umumiy sabablar bo`yicha talqin qilishni
ifodalaydi.
Nerv sistemasi xususiyatlari bilan tempsramentning bog`liqligi aksariyat
hollarda mana bunday omillarning mohiyatida aks etishi mumkin:
1) insonda shartli refleks shakllangan bo`lsa-da, lekin u tez so`na boshlasa;
2) tashqi qo`zg`ovchi shartli refleksda kuchli tormozlanishni vujudga
keltirsa;
3) shaxs kuchsiz qo`zg`ovchilarga kuchli qo`zg`ovchilar singari shiddat
bilan reaktsiya qaytarsa;
4) odam kuchsiz qo`zg`alish jarayoni bilan uyg`unlashgan xususiyatlarni
aniqlasa;
5) insonda kuchli emotsional qo`zg`alishi hamda diqqatning chalg`ishi
yuzaga keladi.
Yuqorida ta’kidlab o`tilganidek, I. P. Pavlov ta’limotida temperamentning
psixologik ta’siri nerv sistemasining barcha xususiyatlari bilan alokadorligi yoki
uning tipiga tegishli ekanligi tushuntiriladi. Xuddi shu bois, temperamentning u
yoki bu xususiyati nerv sisitemasining birorta xislati bilan emas, balki
xususiyatlarning turkumlari bilan aloqaga kirishadi. Buning ta’sirida nerv
sistemasi xususiyatlarining miqdoriy munosabatlarida temperament
xususiyatlari ham sifat o`zgarishini yasaydi.
Hozirgi davrda nerv sistemasining umumiy tipi irsiyatga bog`liq ekanligi
haqidagi ma’lumotlar, omillar juda ko`p bo`lib, ular qiyosiy psixologiyada
hayvonlarni o`rganishda topilgandir.
Xorijiy psixologik adabiyotlarda ta’kidlanishicha, temperament nerv
sistemasi umumiy tipining nerv-fiziologik xususiyatlariga emas, balki: a) tashqi
ko`rsatkichi badanning jismoniy tuzilishiga, b) uning ba’zi qismlari o`rtasidagi
aloqaga, v) organizm turli tarkiblarining munosabatlaridan tuzilgan
organizmning umumiy tuzilmasiga bog`likdir, degan nazariya jahon
psixologiyasida ustuvor o`rin egallagandir. Bu nazariyaning asoschilari E.
Krechmer va U. Sheldonlari hisoblanib, ularning talqinicha, tana tuzilishi ham,
temperament xususiyatlari ham ichki sekretsiya bezlari faoliyatidagi o`zaro
munosabatlarning nasliy belgilariga bog`liqdir. Ularning fikricha, tana
tuzilishi bilan temperament xususiyatlari orasida muayyan mutanosiblik
mavjuddir.
Temperamentning muayyan xususiyati nerv sistemasi umumiy tipining birorta
xususiyatiga aloqador bo`lmasdan, balki bir turkum xususiyatiga bog`liqdir.
Temperament tipologiyasi mabodo insonlar temperamentlari bo`yicha
qiyoslansa, u holda uning xususiyatlari jihatidan o`zaro o`xshash shaxslarning
guruhi mavjudligi namoyon bo`ladi. Bu asnoda eramizdan oldingi davrda ham
temperament tiplari to`g`risida materiallar to`plangan. Ularda temperament tipi
deyilganda, insonlarning muayyan guruxlarini tavsiflovchi psixik
xususiyatlarnish yig`indisi anglashinilgan. Hozirgi davrda temperamet tipi
136
deganda, ma’lum insonlar guruhi uchun umumiy bo`lgan xususiyatlarning sodda
majmuasi emas, balki mazkur xususiyatlarining qonuniy, zaruriy o`zaro
bog`liqligi tushuniladi. Temperament tipini tavsiflovchi xususiyatlarning
qonuniy tarzda o`zaro bog`liqligi turlicha aks etishi mumkin.
Har qaysi tip uchun o`ziga xos xususiyatlarning o`zaro aloqasi, har bir
alohida xususiyatning sifat tavsifi temperament tipining boshqa xususiyatlari
bilan bog`liqligida ham aks etadi. Masalan; o`zini tuta bilmaslik yoki o`zini tuta
bilish temperamentning bitta tipi uchun: a) ehtiroslik shiddat, b) jazava-yuksak
darajadagi muvozanatsizlikdir; bir xil tip uchun o`zini tuta bilish-emotsional
irodaviy bir me’yorda tutish bo`lsa, boshqasi uchun u ulug`vorlik, vazminlik
namunasidir.
Temperament tiplarining psixologik tavsifi quyidagi
muhim xususiyatlar yordami bilan aniqlanadi.
1.
Senzitivlik (latincha sezish, his qilish degan ma’noni anglatadi). Senzitivlik
yuzasidan insonda bironta psixik reaktsiyani hosil qilish
uchun zarur bo`lgan o`ta kuchsiz tashqi taassurot kuchiga qarab mulohaza yuritiladi,
jumladan, sezgilarning paydo bo`lishi uchun kerak
qo`zg`ovchining ozgina kuchi ya
ь
ni ularning quyi chegarasi, ehtiyojlar
qondirilmasligining sezilar-sezilmas darajasi mujassamlashadi.
2.
Reaktivlik. Bu to`g`rida aynan bir xil kuch bilan ta’sir etuvchi
tashqi va ichki taassurotlarga shaxs qanday kuch bilan emotsional
reaktsiya qilishiga qarab munosabat bildiriladi. Reaktivlikning
yorqin ro`yobga chiqishi -emotsionallik, ta’sirlanuvchanlik ifodalanishidir.
3.
Faollik. Bu borada inson qanday faollik darajasi bilan
tashqi olamga ta’sir etishi va maqsadlarni amalga oshirishda
ob’ektiv hamda sub’ektiv qarama-qarshiliklarni faollik bilan
yengishiga qarab fikr yuritiladi.
4.
Reaktivlik bilan faollikning o`zaro munosabati. Odamning
faoliyati ko`p jihatdan nimaga bog`liqligiga binoan, chunonchi
tasodifiy tarzdagi tashqi va ichki sharoitlarga (kayfiyatga,favquloddagi
hodisalarga) yoki maqsadlarga, ezgu niyatlarga, xohish-intilishlarga ko`ra fikr
bildirish nazarda tutiladi.
5.
Reaktsiya tempi. Turli xususiyatli psixik reaktsiyalar va jarayonlar-
ning kechish tezligiga, binobarin, harakat tezligiga, nutq
sur’atiga, farosatlilikka, aql tezligiga asoslanib xulosa chiqariladi
6.Harakatlarning silliqligi va unga karama-qarshi sifat rigidlik (qotib
kolganlik). shaxsning o`zgaruvchan tashqi taassurotlarga qanchalik yengillik va
chaqqonlik bilan muvofiklashishiga ya
ь
ni silliqlik bilan moslashishga,
shuningdek, uning xatti-harakatlari kanchalik sust va zaifligiga nisbatan baho
berishdan iboratdir.
7.Ekstravertirovanlik va introvertirovanlik. Shaxsning faoliyati
va reaktsiya ko`p jihatdan nimalarga bog`likligiga, chunonchi
favquloddagi tashqi taassurotlarga va ichki timsollarga,
tasavvurlarga, mulohazalarga taalluqligiga asoslangan holdagi munosabatdir.
Sangvinik-juda faol, har bir narsaga ham qattiq kulaveradi;
137
yolg`on dalillarga jaxli chiqadi. Atrofdagi narsalar, ma’ruzalar
diqqatini tez jalb etadi. Imo-ishoralarni ko`p ishlatadi, chehrasiga
qarab kayfiyatini anglab olish kiyin emas. Juda sezgir bo`lishiga qaramay, kuchsiz
ta’sirni seza olmaydi, serg`ayrat, ishchan, toliqmas. Faollik bilan reaktivlik
munosabati muvozanatda, intizomli, o`zini tiya biladi,
boshqara oladi. Xatti-harakati jo`shqin, nutq sur’ati tez, yangilikni tez payqaydi, aql
idroki tiyrak, topqir, kiziqishlari, kayfiyati,
intilishlari o`zgaruvchan. Ko`nikma va malakalarni tez egallaydi. Ko`ngli ochiq,
dilkash, muloqotga tez kirishadi. Xayolati yuksak darajada
rivojlangan, tashki ta’sirlarga hozirjavob va hokazo.
Xolerik-sust senzitivlik xususiyatiga ega. Juda faol va
reaktiv. Ko`pincha reaktivligi faollikdan ustun keladi. Betoqat, serzarda,
tinimsiz.Sangvinikka karaganda silliqrok, lekin ko`proq qotib kolgan. Qiziqishlari,
intilishlari barkaror, xatti-harakatlarida qat’iylik mavjud. Biroq dikkatni bir joyga
to`plashda qiynaladi. Nutq sur’ati tez
va hokazo.
Flegmatik-senzitivligi sust, his-tuyg`usi kam o`zgaruvchan, shunga
ko`ra bunday shaxsni kuldirish, jahlini chiqarish, kayfiyatini buzish qiyin. Ko`ngilsiz
hodisa xavf-xatar haqidagi xabarga xotirjamlik bilan munosabatda bo`ladi. Vazmin,
kam harakat. Imo-ishorasi, mimikasi ko`zga
yakkol tashlanmaydi. Lekin, serg`ayrat, ishchan, faol, chidamli, matonatli.
Nutq va harakat sur’ati sust. Diqkatni to`plashi osoyishta. Diqqatni
ko`chirish kiyin. Introvert, kam gap, ichimdan top. Yangilikni kabul qilishi murakkab.
Tashki taassurotlarga sustlik bilan javob beradi.
Melanxolik-senzitivligi yuksak. Tortinchoq, g`ayratsiz. Arazchi, xafaxon.
Jimgina yig`laydi, kam kuladi. Qat’iyligi va mustaqilligi zaif. Tez toladi. Ortiqcha
ishchan emas. Diqqati beqaror. His-tuyg`usi sust o`zgaradi, rigid va introvert.
Psixologik ma’lumotlar e’tirof etilishicha, irsiyat va turmush sharoitlari
temperament tiplari o`rtasidagi tafovutlarning sababchisidir. Shuning uchun irsiy
fiziologik xususiyatlari bir xil va bitta tuxumdan yaralgan (gomozigot)
egizaklarning temperament xususiyatlarini ikkita tuxumdan vujudga kelgan
(geterozigot) egizaklarning temperament xususiyatlari bilan qiyoslansa, bu omil
tasdiqlanishi mumkin. Ma’lumotlarga qaraganda geterozigot egizaklardan farqli
o`laroq, gomozigot egizaklar temperament xususiyatlari shunchalik o`xshashki,
hatto ular irsiyat yo`li bilan berilish omilini 85% tasdiqdash imkoniyatiga ega.
Tarbiyaviy muhit turlicha bo`lishiga qaramay, o`xshashlik saqlanib qolishi
tajribalarda ko`p marta tekshirilgan. Lekin temperamentning ayrim xususiyatlari
o`zgarishi to`g`risidagi ma’lumotlar inkor etilmaydi, unga favkuloddagi
tashqi hamda ichki sharoitlar keskin ta’sir o`tkazadi.
Shuni esda saqlash joizki, temperament ayrim xususiyatlarning turmush
sharoiti bilan tarbiyaviy ta’sirida o`zgarish jarayoni temperament tiplarining
takomilashuvidan farqlay olish shart. Ma’lumki, temperament tipi unga
mutanosib xususiyatlari birdaniga paydo bo`lgan narsa emas, chunki nerv
sistemasining takomillashuvi umumiy qonuniyatlari temperamentga ham ta’sir
o`tkazib, o`z izmini koldiradi. Shaxsning kamolotiga binoan, temperament
138
xususiyatlari nerv sistemasining takomillashuvi bilan bog`liq tarzda ro`yobga
chiqa boradi va mazkur jarayon temperament rivojini uzil-kesil hal qiladi.
Shuni ta’kidlash o`rinliki, temperamentni faoliyat talablariga moslashtirish
imkoniyati mavjuddir. Chunki har qanday faoliyat psixik jarayonlari
dinamikasiga muayyan talablar tizimini qo`yadi. Chunonchi: 1)kasb-hunarlarning
insonlar temperamentiga mos turini tanlash kerak, chunki ularning psixik
xususiyatlariga mutanosib kasbni tanlash professional tanlash deyiladi;
2)shaxslarning individual xususiyatlarinihisobga olish joiz;
3) temperamentga xos kamchiliklarni ya
ь
ni salbiy illatlarni bartaraf etish lozim;
4) insonlarda individual uslubni shakllantirish zarur. Shaxsning faoliyatiga ongli,
faol va ijodiy bo`lishidir.
Faoliyatning individual uslubi insonda o`zidan o`zi vujudga kelmaydi, u
shaxs kamolotining barcha bosqichlarida ya
ь
ni bog`cha yoshidan e’tiboran to
kasbiy mahorat egallangunga qadar shakllanib boradi. Insonning
temperamentini faoliyatning zarur talablariga moslashtirish orqali unda
individual uslub tarkib toptiriladi. Xuddi shu boisdan, faoliyatning individual
uslubi deyilganda shaxs uchun o`ziga xos va muvaffaqiyatga erishishning
maqsadga muvofiq yo`llari individual tizimi tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |