O’zb е kiston r е spublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshk



Download 1,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/72
Sana01.01.2022
Hajmi1,6 Mb.
#292718
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   72
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Mavzu yuzsidan savollar 
1.Temperament turlari va ularining tasnifi. 
2.Temperamentning ilmiy psixologik asoslari va uning fizioligik mexanizimi. 
3.Nerv sistemasi tiplari va temperament. 
4. Temperament va uni faoliyat talablariga muvofiqlashtirish. 
 
 
Tayanch iboralar 
Temperament, sangvinik, xolerik,  flegmatik, melanxolik, emotsionallik, 
matorika, dinamiklik, labillik, faollik, inert va sust   
 
 
15 Mavzu: Qobiliyat 
 
Reja; 
1Qobiliyat tushunchasi va turlari 
2.Qobiliyatlarning miqdor va sifat xaraktikasi. 
3.Qobiliyat va talantlarning tabiy shartlari.  
4.Qobiliyatlarining rivojlanishi. 
 
Qobiliyat,
  birinchidan  odamning  individual  xususiyatlari, ikkinchidan  
odamning  biror  bir faoliyatga  loyiqligini  aniqlaydi,  uchunchidan  shu 
faoliyatni  muvafoqiyatli   bajarishdir. Qobiliyat  to`g`risida  umumiy  
 
139


tushunchani  vujudga keltirish  uchun  ularga  aloqadar  omillar, tarkiblar  
bo`yicha ayrim  ma
ь
lumotlar  keltirish  maqsadga  muvofiq: a) qobiliyatlar 
shaxsning  psixologik  xususiyatlar  ekanligi; b) mazkur  xususiyatlarga  bilim, 
ko`nikma malaka  ortirish  bog`liq; v) ushbu xususiyatlarning  o`zi  bilim,  
ko`nikma va  malakalarga  taaulliqli  emasdir. Ta
ь
lim  va  ijtimoiy  turmushda  
uquvsiz  deb  baholangan  insonlar  keyinchalik  biron  bir  sohaning yetakchi  
mutaxassisi  sifatida   elga  tanilinishi, yuqori  lavozim egallashi, tadbirkor  
shaxs  sifatida  kamol topishi  hodisasi  tajribada  ko`p uchraydi.  Shuning  
uchun  bilim, ko`nikma    va   malakalarni  egallash  jarayonida  qobiliyatlar  
namoyon  bo`lsa-da, lekin  ular  bilim  ko`nikma,  malakalarga  bevosita 
taalluqli  emasdir. malakalarga  bevosita taalluqli  emasdir.   Ushbu  psixologik  
hodisa   obrazliroq  qilib  tushuntirilganida, bilim  ko`nikma,  malaka  
mashqlanish  tufayli  egallaniladigan  aniq voqelik  deb  tasavvur  qilinsa  
qobiliyatlar  shaxsning  ruxiy  olamidagi  hali  ro`yobga  chiqmagan  
imkoniyatidir.  Masalan, talabaning  o`qishga  kirishi  u mutaxassis sifatida  
kasbiy  kamolat uchun  imkoniyat  tariqasida  namoyon  bo`ladi.  Psixologining  
metodologik  asosining  ko`rsatishicha  qobiliyatlar-imkoniyatlar  tizimidan  
tashkil  topgan  bo`ladi. Insonda  namoyon  bo`layotgan  tasviriy  san
ь
at  
qobiliyati  uning   rassom  sifatida  shakillanishiga  kafolat  bera  olmaydi.  
Rassomlikni  egallash  uchun  maxsus  ta
ь
lim  berilishi, tabiatga  o`zgacha  
munosabat,  idrok  qilish  xususiyati,  shaxsiy  fazilati va  shart-sharoitlar   
muhayyo   bo`lishi  lozim.  Ta
ь
kidlab  o`tilgan  vositalar,  shart-sharoitlarsiz  
tasviriy  san
ь
at  qobiliyatlari  taraqqiy  etmay  turiboq,  ilk   ko`rinishidayoq   
so`na  borishi  mumkin. 
Psixologiya  fani qobiliyatlar  bilan  faoliyatning  muxim jabhalari  bo`lmish  
bilim, ko`nikma  va  malakalarning  aynan bir  narsa   ekanligini  rad  etar ekan,  
ularning  birligini  e
ь
tirof  qiladi. Shuning  uchun  qobiliyatlar  faqat  faoliyatda  
ro`yobga  chiqadi,  shunda  ham  aynan  shu  qobiliyatlarsiz  amalga 
oshirilmaydi.  Agar   shaxs  rasm  solishga  hali  o`rganmagan  bo`lsa, maboda 
u tasviriy  san
ь
atga  nisbatan  qobiliyatlari  yuzasidan  mulohaza  yuritishga  
o`rin  ham   yo`q.  Bolalik  davrida  u  yoki  bu  qobiliyatlarning  atrof   
muhitdagi  odamlar  tomonidan  tan  olinmaganligi,  keyinchalik   ana   shu  
qobiliyatlari  tufayli  jahonda  munosib  mavqiyga  ega  bo`lgan  allomalarni  
aytib  o`tish   mumkin.  Masalan, A.Eynshteyn,  N.Lobachevskiy  va  boshqalar  
o`qishda  genial  olim  bo`lib  voyaga yetishishi    takidlab  o`tilmagan.      
Demak,   shaxsning  faoliyatini  muvaffaqiyatli  amalga  oshirish  sharti  
hisoblangan,  bilim  ko`nikma  va  malakalarni  egallash  dinamikasida  
yuzagachiqadigan   farqlarda   namoyon  bo`ladigan  individual  psixologik  
xususiyati   qobiliyatlar  deyiladi. 
 Psixologiyada  qobiliyatlar  individual psixologik xususiyat sifatida 
tavsiflanadi va buning asosida bir insonning boshqa insondan tafovutlanadigan 
xislatlari, fazilatlari yotadi. Shuning uchun har bir shaxsdan bir xil natija, bir xil 
sifat kutish mumkin emas, chunki insonlar o`z qobiliyatlari bo`yicha bir-
birlaridan muayyan darajada farq qiladilar, binobarin, ular o`rtasida farqlar sifat 
va miqdor jihatidan bir talay bo`lish mumkin. Qobiliyatlarning sifat tavsifi 
 
140


shaxsning qaysi individual psixologik xususiyatlari faoliyat muvaffaqiyatining 
majburiy sharti tariqasida xizmat qilishini anglatadi. Ularning miqdor tavsifi 
faoliyatga qo`yiladigan talablarni shaxs tomonidan qay yo`sinda bajarish 
imkoniyati mavjudligini bildiradi, ya’ni mazkur inson boshqa odamlarga 
qaraganda malaka, bilimlardan nechog`lik tez, yengil, puxta foydalana olishini 
namoyish qiladi. 
Keltirilgan misollardan ko`rinib turibdiki, u yoki bu faoliyatni amalga 
oshirishda o`zaro o`xshash yoki bir-biri bilan farqlanuvchi turlicha qobiliyatlar 
turkumi  ishtirok etishi mumkin ekan. Bu psixologik hodisa tahlili orqali shaxs 
qobiliyatlarining muxim jabhalari yaqqol ko`zga tashlanadi, jumladan, shaxsdagi 
bir xislatning o`rnini boshqasi bosishi  vujudga keladi, buning uchun inson o`zi 
ustida sabr-toqat, chidam bilan mehnat qilishi tufayli yuksak 
ko`rsatkichlarga erisha oladi. 
Shaxsning qobiliyatida mavjud bo`lgan o`rnini bosishlik imkoniyati ko`rish 
va eshitishdan mahrum insonlarni maxsus o`qitish orqali ro`yobga chiqadi. 
Hayotda ko`r musiqachi, artist, shoir, rassom, muhandis va boshqa shu kabi kasb 
egalari yetishib chiqqanligi ko`p uchraydi. Hatto eshitish qobiliyati past yoki 
umuman yo`qligi ham kasbiy musiqaviy qobiliyatining rivojlanishiga keskin 
xalaqit bermasligi mumkin. Bu psixologik hodisa ya
ь
ni  bir qobiliyatning  
boshqa qobiliyat yordami bilan o`stirish, ya
ь
ni kompensatorlik xususiyati  har bir 
shaxs uchun kasb tanlash va qayta kasb tanlash sohasida mislsiz keng ko`lamdagi 
imkoniyatlarni ochadi. Ushbu voqelikni tasdiqlovchi kator misollar mavjuddir, 
chunonchi o`qituvchi bir davrning o`zida silliq duradgor, mohir tikuvchi bo`lishi; 
yirik fan allomasi yirik san’atkor, yetuk sportchi ekanligi uchrab turadi. 
Qobiliyatli shaxslar ijtimoiy turmushning turli sohalari hamda jabhalarida o`z 
o`rnini topa oladilar hamda yuksak yutuqdarga erishadilar, hatto bir necha 
faoliyat turida tekis muvaffaqiyatlar qozonishlari ham mumkin. 
Shaxs  egallashi  shart  hisoblangan  faoliyat,  u  xoh  ta
ь
lim,  xoh mehnat,  
xoh sport  bo`lishidan  qat
ь
i  nazar  uning  bilish  jarayonlariga,  aqliy  xislatlariga,  
hissiy-irodaviy  jabhalariga,  xarakterologik  xususiyatlariga  muayyan  talablar  
qo`yadi  va  ularning  hamkorlikdagi  sa
ь
i-harakati  tufayli  muvaffaqiyatlarga  
erishiladi.   Psixologik  ma
ь
lumotlarga  qaraganda,  insondagi  yuksak  
ko`rsatgichga  erishgan  sifat  harchand  ustuvorlikka ega bo`lmasin,  utalablarni  
qondirish  imkoniyatiga  ega    bo`lmaydi. 
Shuning  uchun  qobiliyatlar murakkab  tuzilishga  ega  bo`lgan  psixik  sifatlar  
majmuasidir  deyish  juda  o`rinlidir. 
Qobiliyatlar  sifatida  psixik  xislatlar  majmuasining  tuzilishi   yaqqol   va  
alohida  faolit  alohida  faoliyat  talabi  bilan  belgilanganligi  tufayli  har  qaysi  
turdagi  faoliyatlar  uchun  o`ziga  xos  tarzda   qo`yiladi. 
 Yaqqol  qobiliyatlar  tuzilishini  tashkil  qiluvchi  shaxsning  xislatlari ,  
fazilatlari  orasida  ma
ь
lum  turkimi  yetakchilik, ustuvorlik  qilsa,  ayrimlari  
yordamchilik  vazifasini  bajaradi. 
Ma
ь
lumki  pedagogik  qobiliyatlar  tuzilishida  yetakchi  xislatlar  sifatida  
pedagogik  odob,  bolalarni  sevish,  o`quvchilar  jamoasini  tashkil  qilish  va  uni  
boshqarish,  kuzatuvchanlik, talabchanlik  va  shunga o`xshashlar  kiradi.  
 
141


Pedagogik  qobiliyatlarning  yetakchi va  yordamchi tarkiblari  ta
ь
lim  jarayoni  
muvaffaqiyatini  ta
ь
minlaydigan  birlikni  yuzaga  keltiradi.  Shaxsning  umumiy  
qobiliyatlari  ularni  hosil  qiluvchi   omillar  yaqqol  psixologik  xodisa  yoki  
voqelikdir.  Maxsus   qobiliyatlar  ko`lam  jihatdan  torroq  bo`lishiga  qaramay,  
chuqrroq  mohiyatni  o`zlarida  mujassamlashtiriladi. 
Talantaning ijtimoiy tarixiy tabiiy nuqtai nazardan talqini qobiliyatlar 
taraqkiyotining yuksak bosqichi ekanligidan dalolat beradi. Talant (yunoncha  
irsiy, tabiiy xislat degan ma’no anglatadi) muayyan faoliyatning muvaffaqiyatli 
va ijodiy ravishda bajarilishshsh ta’minlaydigan qobiliyat iste’dodlar 
majmuasidan  iborat individual xususiyatdir. Psixologik adabiyotlarda unga 
turlicha ta’rif berilishiga  qaramay, ularda asosiy belgilar ta’kidlab o`tiladi, 
chunonchi, shaxsga qandaydir murakkab mehnat faoliyatining muvaffaqiyatli, 
mustaqil va originap tarzda bajarish imkonini beradigan qobiliyatlar 
majmuasiga talant deyiladi. Talantning asosiy belgilari: 
 a) muvaffaqiyatni ta’minlash; 
 b) faoliyatni mustaqil bajarish; 
 v) originallik   unsurining   mavjudligi; 
 g)  qobiliyat   hamda   iste’dodlar yig`indisidan iborat ekanligi; 
 d) individual psixologak xislatligi; 
      ye) 
ijtimoiy 
turmushni o`zgartiruvchi, yaratuvchi imkoniyatligi  
          
kabilar. 
Talant ham qobiliyatlarga o`xshash ijodiyotda yuksak mahoratga, 
muvaffaqiyatga erishish imkoniyati hisoblanib, ijodiy kutilmasi insonlarning 
ijtimoiy tarixiy turmush shart-sharoitlariga bog`liqdir. Jamiyatda tapantli 
shaxslarga nisbatan muhtojlik sezilsa, bunday insonlarning kamol topishi uchun 
zarur ob’ektiv va sub’ektiv shart-sharoitlar yaratilsa, bunday vaziyatda barkamol 
odamlarning  shakllanishiga imkoniyat tug`iladi. 
Shuninguchun jahon tsivilizatsiyasi, fan va texnikasi, san’at va adabiyot, 
moddiy va ma’naviy madaniyatini yaratishning ichki imkoniyati hisoblanmish 
talant progressning harakatlantiruvchi omilidir.Insoniyatning ijtimoiy-tarixiy 
taraqqiyot bosqichlarida ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarning yetishmasligi tufayli 
ko`pchilik talant sohiblari o`z imkoniyatlarini ro`yobga chiqarish imkoniyatlaridan 
mahrum bo`lganlar. Mamlakatimizning yaqin o`tmishida chorizm 
 
mustamlakachilik siyosatida, qatag`on yillarida qanchalab talantli davlat va jamoat 
arboblari, betakror fan, madaniyat, adabiyot namoyandalari o`z imkoniyatlarini 
ro`yobga chiqarishga erisha olmay dunyodan ko`z yumdilar. Ma’lumki, shaxsning 
yaratuvchanlik faoliyatida aqlning epchilligi, boy fantaziya, kuchli iroda, 
barqaror xarakter, turg`un qiziqishlar, sermahsul bilish jarayonlari, motivatsiya, 
yuksak his-tuyg`ular va boshqa psixologik sifatlar ustuvor ahamiyat kasb etadi.  
Psixologik ma’lumotlarni umumlashtirilgan holda ikki xususiyatli fikrni 
alohida ta’kidlab o`tish talant tuzilishini yengilroq tushunish imkoniyatini 
yaratadi: 
1)
 
talant - bu shaxs psixik xislatlarining shunday murakkab 
birikmasidirki,  uni:  a) alohida,  yagona maxsus qobiliyat 
bilan;b)xotiraning yuksak mahsuldorligi orqali; v) hatto noyob sifat 
 
142


tariqasida o`lchab bo`lmaydi; 
2)
 
shaxsda u yoki bu qobiliyatning mavjud emasligi hamda yetarli 
darajada taraqqiy etmaganligi talantning murakkab tarkibiga 
kiruvchi boshqa qobiliyatlarning jadal takomillashuvi orqali 
ularning o`rnini bosib yuborishi mumkin. 
Talant-katta, ijodiy va zo`r mehnat mahsulasidir, Mehnat esa hayotiy tajriba, 
ko`nikmalarning zaruriy majmuasi man-baidir. Ijodiyotning sharti-bu hayotiy 
tajriba, zaruriy ko`nikma va malakalar yig`indisining mavjudligidir. Ijodiy 
faoliyat talant-ning ajralmas qismi hisoblanib, bunda ruhlanish deb nomlangan 
psixologik holat alohida ahamiyat kasb etadi. Ruhlanish esa faoliyat 
 
mahsuldorligi ortishiga qaratilgan ijodiy lahzadan iboratdir. Talant imkoniyat 
tariqasida psixologik hodisa hisoblansa, u holda mahorat-haqiqatga aylangan 
imkoniyat gavdalanishidir. Psixologik  nuqtai nazardan hakiqiy maxorat-bu 
shaxs talantining faoliyatda namoyon bo`lishidir. 
Odatda qobiliyatlar insonga shaxsniig barcha individual psiologik 
xususiyatlari kabi tabiat tomonidan tug`ma ravishda tayyor xolda berilmaydi, 
balki hayot davomida va faoliyat   jarayonida shakllanadi.  
Shuni uqtirish joizki, qobiliyatning tug`maligini inkor etish mutlaq 
xususiyatga ega emas, albatta. Lekin qobiliyatning tug`ma ekanligini tan 
olmaslik, miya tuzilishi bilan bog`liq differentsial xususiyatlarning tug`maligini 
inkor qiladi degan so`z emasdir. Layoqat esa qobiliyatning tabiiy zamini sifatida 
faoliyatda muhim rol
ь
 o`ynaydi. Layoqat deb qobiliyatlar tarakqiy etishining 
dastlabki tabiiy sharti sifatida namoyon bo`ladigan miya tuzilishining, sezgi 
a’zolari va harakatlarning morfologik hamda funktsional xususiyatlari aytiladi. 
Tug`ma layokat jumlasiga nozik hid sezish, binobarin, bilish analizatorlarining 
alohida yuksak sezgirligi muvofiqdir. Alohida yakka shaxs ma’lum tabiiy 
layoqatga ega bo`lsa, u holda o`ziga taalluqli qobiliyatlarni rivojlantirish 
nisbatan yengil kechadi. Insonlarning kasbiy qobiliyati ular layoqatlarining 
rivojlanishi mahsulasidir. Layoqat ko`pqirrali psixik hodisa bo`lganligi tufayli 
faoliyat talablarining xususiyatiga bog`liq ravishda bir xil layoqatlar, negizida 
har xil qobiliyatlar rivojlanishi kuzatiladi. 
Rus psixologi B.M.Teplov va uning shogirdlari ishlarida oliy nerv faoliyati 
tiplarining xislatlari ta’siri tufayli shaxs qobiliyatlarining tuzilishida qandaydir 
sifat xususiyatlari paydo bo`lishini aniqlashga urinishgan. Jumladan, nerv 
sistemasining alohida sezgirligi ma’lum qobiliyat nishonasi sifatida vujudga 
kelishi mumkin. Shuning uchun qobiliyat tabiatini biologik irsiyatdan emas, 
balki turmush muhitining nasldan-naslga o`tishidan qidirish maqsadga 
muvofiqdir.  
Yuqoridagi mulohazalarga asoslangan holda qobiliyat va layoqatlar 
muayyan tabiiy zaminga bog`liq bo`lsa-da, lekin ular faqat tabiatning in’omi 
emas, balki insoniyat tarixiy taraqqiyotining bebaho mahsulidir. Xuddi ana bois 
qobiliyatlarning namoyon bo`lishi shaxslar tomonidan ijtimoiy ehtiyojlarini 
qondirish davomida ijtimoiy shartlangan bilimlar va ko`nikmalarni tarkib 
toptirishning yaqqol usullariga bevosita bog`liqdir. Shuning uchun qobiliyatlar 
taraqqiyotining uzluksiz ta’lim tizimiga bog`liq ekanligi ta’kidlab o`tish muhim 
 
143


ahamiyatga ega. 
Shaxs qobiliyatlarini rivojlantirishda barqaror, turg`un, kasbiy maxsus 
qiziqishlar muhim omillar, vositalar tariqasida xizmat qiladi. Maxsus qiziqishlar 
inson faoliyatidagi. u yoki bu sohaning mazmuniga nisbatan intilishidan iborat 
shaxsiy fazilat, ichki turtki, harakatlantiruvchi kuchdir. Bunday maxsus 
qiziqishlar turlicha faoliyat bilan kasbiy tayyorgarlik sifatida shug`ullanish 
moyilligiga o`sib o`tadi. Bilishga oid qiziqish  faoliyat usullarini amaliy jihatdan 
o`zlashtirib olishni va yangi vaziyat, sharoitga ko`chirishii taqozo qiladi, 
rag`batlantiradi hamda shaxsda o`zini o`zi boshqarishni ta’minlashga yordam 
beradi.   Qobiliyatning rivojlanishi shaxsniig tarkib topishi bilan 
uzviyuyg`unlikka ega bo`lib, inson kamoloti har ikkala omilning birikuvini talab 
qiladi.  
Rus psixologi A. G. Kovalev o`z tadqiqotlarida qobiliyatning tabiati va 
tashxis qilish yo`llarini tekshirishga muvaffaq bo`lgan. Muallifning ta’rificha, 
qobiliyat deganda birorta xususiyatning o`zini emas, balki inson shaxsining 
faoliyat talablariga javob bera oladigan va shu faoliyatda yuqori ko`rsatkichlarga 
erishishni ta’minlay oladigan xususiyatlar yoki sintezini tushunish kerak. Uning 
ta’kidlashicha, qobiliyatning tuzilishida tayanch va yetakchi xususiyatlarni va 
nihoyat, muayyan fanni yoki yordamchi xususiyatlarni farq qilish kerak. Hamma 
qobiliyatlar uchun asosiy, tayanch xususiyati kuzatuvchanlik- ko`ra bilish 
ko`nikmasidir. Uning yetakchi xususiyati ijodiy tasavvur qilishdir. A. G. 
Kovalyov yordamchi xususiyatlar qatoriga xotira, emotsionallik, ya’ni his-
tuyg`uga beriluvchanlikdir.   
Qobiliyatning rivojlanishi va shakllanishi, birinchidan, ma
ь
lum bir 
faoliyatga moyillik yoki intilish borligiga va faoliyat natijalarining sifatiga 
qarab, tegishli tabiiy zehn nishonalarini aniqlash yo`li bilan, ikkinchidan, 
mutaxassis rahbarligida sistemali faoliyatga jalb etish orqali shaxsning tabiiy 
xususiyatlarini chiniqtirish va rivojlantirish yo`li bilan, uchinchidan, 
umumlashgan aqliy operatsiyalarni shakllantirish yo`li bilan, to`rtinchidan, 
o`quvchining maxsus qobiliyatini kamol toptirishni jadallashtirishni 
ta’minlovchi shaxsni har tomonlama rivojlantirish yo`li bilan, beshinchidan, 
shaxsning faollik alomatlarini tarbiyalash yo`li bilan, oltinchidan, o`quvchilarga 
nisbatan individual munosabatda bo`lishni umumiy talablar bilan to`g`ri qo`shib 
olib borishdir. 
A. G. Kovalyovning ta’rificha, adabiy ijodga qobiliyat shaxs iste’dodining 
badiiy tipiga tegishli bo`lib, badiiy tipdagi qobiliyatning hamma 
ko`rinishlaridan uni ajratib turadigap o`ziga xos sifatlarga ham egadir. Uning 
ta’kidlashicha, umuman qobiliyat va xususan adabiy ijodga xos qobiliyat 
murakkab bo`lib, uning tuzilishida har xil xususiyatlar yoki tarkiblar mavjud. 
Bu tarkiblarning biri yetakchi, boshqalari tayanch xususiyatlar, uchinchilari esa 
sermahsul faoliyat uchun zarur bo`lgan muayyan bir fonni tashkil qiladi. Adabiy 
qobiliyatda uch tomonni mujassamlashtirish muhim ahamiyatga ega: o`tkir 
kuzatuvchanlik, kuchli ijodiy tasavvur, til vositasida ko`rgan va ravshan 
tasavvur etgan narsalarni tasvirlay olish. 
Muallif mulohazasiga qaraganda, adabiy qobiliyatning tayanch xususiyati 
 
144


yumshoq ko`ngillilik va ta’sirchanlikdir. Ta’sirchanlik deganda idrokning 
jonliligi va o`tkirligini, emotsional iltifotgo`ylikning naqadar kuchliligini 
tushunish kerak. Ijod uchun yolg`iz ko`ra bilish qobiliyatining o`zi kamlik 
qiladi, ko`rganlarni kayta o`zgartira bilish, kuzatilayotgan narsani boshqa 
hayotiy taassurotlar bilan fikran bog`lay olish ham muhimdir. Kuzatilayotgan 
narsalar  va ayniqsa yaratilayotgan obrazlarni aniq va ravshan ko`z oldiga 
keltirish qobiliyatida namoyon bo`ladi hamda bu adabiyotda ko`pincha ichdan 
ko`rish qobiliyati deb ataladi. 
 

Download 1,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish